UCH FAZALI TRANSFORMATOR CHULG‘AMLARINI
JIMJIMA ULASH
Bu ulash usulining mohiyati shundaki, quyi kuchlanish tarafidagi har bir faza chulg‘ami ikki (aksariyat teng) bo‘laklarga ajratib, har bir bo‘laklarni har xil o‘zaklarga joylashtiriladi. Natijada har bir bo‘lake.yu.k.lari geometrik ayrilib faza e.yu.k.ni hosil etadilar; bunday ulanishni hosil qilish uchun faza chulg‘amining har bir bo‘lagining keti boshqa o‘zakka joylashtirilgan ikkinchi bo‘lak keti bilan ulanadi (3.7, a rasm). Agar faza chulg‘amlari ikki teng bo‘lakka ajratilgan bo‘lsa, natijaviy faza e.yu.k. lari har bir bo‘lim e.yu.k.ning qiymatidan 3 marta katta bo‘ladi (3.7, v rasm). CHulg‘amlarni jimjima ulash usuli maxsus transformatorlarda, masalan avtomatik boshqarish sxemalarining to‘g‘rilagichlari transformatorlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |