O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


-MA’RUZA. RELE VA KOMMUTASIYA QURILMALAR ISHONCHLILIGI



Download 0,91 Mb.
bet27/46
Sana12.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#937254
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

13-MA’RUZA.


RELE VA KOMMUTASIYA QURILMALAR ISHONCHLILIGI.


Reja:
1. Rele va kommutasiya qurilmalar ishonchliligi.
2.Transformatorlar, drosselar va induktiv g‘altaklar
ishonchliligi.


Tayanch so‘z va iboralar: rele va kommutasiya qurilmalari, reledagi buzilishlari, rele ishonchligini baholash, buzilishlar xavfi, birlamchi chulg‘am kuchlanishi, buzilishlar, xususiyat, yuqori stabellik.



  1. Rele va kommutasiya qurilmalar ishonchliligi .

Rele va kommutasion qurilmalar elektron texnikada qo‘llaniladi ularni doimiy buzilishlar xarakterli bo‘lgan elektromexanik elementlarga kirgizishadi. Bu elementlarni buzilish intensivligini baxolashda ushbu intensivlik taalluqli bo‘lgan vaqt davri ko‘rsatilishi shart. Rele, kontaktlar va turli xildagi ulash vositalaridagi buzilishlarning 25% ga yaqini xizmat muddatini oxirida kelib chiqadi va faqatgina 2,5% xizmat muddatini 70% ga mos bo‘lgan davrda kelib chiqadi. Bundan rele, kontaktlar va o‘chirgichlar uchun buzilishlar intensivligini ulanishning bir sikliga taalluqli bo‘ladi, ulagichlar uchun esa – bitta kotaktga.


Rele ishonchliligi yuqori bo‘ladi. Rele uchun quyidagi buzilishlar odatiy hisoblanadi.
a) kontakt tizimlardagi buzilishlar (buzilishlarning 56% ga yaqini)
b) rele cho‘lg‘amlarida (buzilishlarning 20% ga yaqini)
v) paykalarni buzilishi
g) mexanik buzilishlar
Eng ko‘p uchrovchi buzilishlar quyidagilar hisoblanadi:
a) kuyish, kontaktlardagi tutashuvlar va ifloslanishlar.
b) kontakt prujinalarini sinishi va bo‘shab qolishi, moslashishni yo‘qolishi
v) cho‘lg‘am izolyasiyasini teshilishi va korpusga tegishi.
Cho‘lg‘amlarni o‘ramlar orasidagi tutashuvlar va uzilishlar, ruxsat etilgan chegaralardan parametrlarni og‘ishi kontaktlarni yomon markazlanishi va prujinalardagi buzilishlar kam uchrovchi buzilishlar hisoblanadi.
Barcha bu buzilishlarni ishlab chiqarish va foydalanishda qisman bartaraf etish mumkin.
Kontaktlardagi buzilishlar ulashlardagi katta tok, o‘rnatilgan tok kattaligini yuqoriligi bilan yoki intuktiv zanjir uzilishida kuchlanishni sakrashi bilan kelib chiqishi mumkin. Rele va uzib ulovgich kontaktlari ba’zi hollarda qisqa vaqtli yuklanishlarga uchraydi, bular kommutasion zanjirlarni o‘tish jarayonlari natijasida kelib chiqadi. Misol uchun, elektrodvigatellarni ozuqa manbalarida ko‘ruvchi kontakti katta ishga tushiruvchi toklar tufayli 10 barobarli yuklamalarga uchraydilar. Metall erish temperaturasi qancha kam bo‘lsa, chegaraviy qarshiligi va qattiqligi qancha katta bo‘lsa, kontaktlarni payvandlash xususiyatlari shuncha katta bo‘ladi. Releni yolg‘on ishlashi kontakt bosimi yetarli bo‘lmaganda, silkinishlarda yoki material charchaganda kelib chiqadi. Rele o‘zaklari qiziganda uchuvchi buyoq maxsulotlari kontakt yuzalariga kelib tushadi. Bu kichik toklar o‘tuvchi kontaktlarni buzulishiga olib keladi. Rele chulg‘amlari xaroratlarini oshishi ularni qarshiliklarini oshishiga olib keladi, va rele chulg‘amlaridagi tok, releni ishga tushirish uchun yetarli bo‘lmagan kattalikgacha kamayib ketishi mumkin. Rele, kontaktlar, uzub o‘lovgichlar va boshqa elektro mexanik elementlarni nam atmosferada uzoq muddat bo‘lishi tok toshuvchi qismlari orasidagi izolyasiya qarshiligi kamayishiga olib keladi, bu ularni buzulish sababi bo‘lishi mumkin.
Rele, uzib ulagichlar va boshqa kommutasiya qurilmalarini ishonchliligini baxolashda yuqorida ko‘rsatilganidek, ularni ish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar o‘rniga, ishlash soniga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu xolatda buzilishgacha ishlash bitta buzilishgacha keluvchi ishlashlarning o‘rtacha soni bilan, buzilishlar xavfi bitta ishlashgacha buzilishlar soni bilan, buzulmay ishlash extimolligi esa ishlashlarning ma’lum soni sifatida baxolanadi. Qurilmani ishlashini ma’lum bo‘lgan o‘rtacha tezligi vaqt parametrlariga osonlikcha o‘tish imkoniyatlarini yaratadi. Misol uchun, buzilishgacha ishlashi 120 000 ming siklda iborat va qayta ulash o‘rtacha tezligi 15 sikl soat bo‘lgan rele uchun buzilishgacha ishlash 120 000/15=8000 soatga teng.
Rele va kommutasion qurilmalar ishonchliligi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi.

    1. kontaktlar soniga;

    2. tok zichligiga;

    3. ishlashlar soniga;

Buzilishlar intensivligini ko‘rsatilgan tavsiflarga bog‘liqligini =0+ΔkήkNk

ko‘rinishda yozish mumkin.


Bu yerda 0 berilgan tuzilmali releni buzilishlar intensivligi; Δk – bir juft kontaktlarni buzilshlar intensivligini qo‘shimcha qismi, u soatda ishlash soni va ishlashlar sonini chegarasiga bog‘liq; ήk - kontakt tok zichligini hisobga oluvchi koeffisent; Nk – ishlovchi kontaktlar soni.
Rele va kommutasion qurilmalar ishonchliligi tebranishlar katta ta’sir ko‘rsatadilar. Tebranishlari ma’lum amplitudasi va chastotasida kontaktlarni tartibsiz uzib ulanishi natijasida ishda vaqtli buzilishlar kelib chiqadi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish