107
plenkaning fotoqatlami yoki matritsa bo‗lgan holda FOTOGRAFIK ravshanlik
to‗g‗risida aytiladi.
Yuqorida qayd qilingan qabul qilgichlarning rangga bo‗lgan reaksiyalari tabiati
bo‗yicha har xil turli bo‗lishligiga qaramasdan – bitta holda bu his etish,
boshqa
holda galvanometrning strelkasini og‗diradigan fototok, uchinchi holda
fotoqatlamning qorayishi yoki matritsaning ta‘sirlanishi – har doim ularni o‗lchash
usullari topiladi. Bu bilan vizual va fotometrik baholash bo‗yicha ob‘ektning
ravshanlikni fotografik qayd qilish bilan boshqarish imkoniyatini beradigan
EKSPONOMETRIYa shug‗ullanadi. Agar fotoelementga fotoqatlamning spektral
sezgirligi berilsa, u rangning fotografik ravshanligini o‗lchaydi.
Rangning foografik ravshanligi analitik shaklda quyidagicha ifodalanadi:
B = B
eλ
· S
λ
bu yerda: B
eλ
–
rangning energetik ravshanligi, S
λ
– plenkaning yoki matritsaning
spektral sezgirligi.
Rangli sirtning energetik ravshanligining yoritilganlikka va qaytarish
qobiliyatiga bog‗liqligi ifodalanadigan formulani bilgan holda
B
eλ
= E
λ
· ρ
λ
bu yerda: E
λ
– ob‘ektni yoritayotgan yorug‗likning spektral tavsifi (yoritishning
spektral tarkibi), ρ
λ
– jismning kaytarish qobiliyatining spektral tavsifi (qaytarish egri
chizig‗i), B
eλ
kattalikni E
λ
·ρ
λ
ko‗paytma bilan almashtirib,
fotografik ravshanlikning
formulasining yoyilganroq ko‗rinishini hosil qilamiz:
B = E
λ
·ρ
λ
·S
λ
U holda rangning fotografik ravshanligi formulasi to‗liqroq ko‗rinishni oladi:
B = E
λ
·ρ
λ
·S
λ
· T
λ
,
bu yerda T
λ
– yorug‗lik filtrining spektral o‗tkazishi.
Tasvirga olish yorug‗lik filtri qo‗llanilganda, plenkaning nominal spektral
sezgirligini (pasporti bo‗yicha) yorug‗lik filtrining spektral o‗tkazishiga
ko‗paytmasiga teng bo‗lgan plenkaning effektiv spektral sezgirligini hisobga olish
kerak.
S
efλ
=S
λ
· T
λ
108
Shunday qilib, rangning fotografik ravshanligini aniqlaydigan to‗rtta asosiy
omil hisobga olinadi: ob‘ekt yorug‗ligining spektral tarkibi (yorug‗lik
manbasining
rang haroratiga bog‗liq bo‗ladi), ob‘ektning spektral qaytarish qobiliyati, optikaning
spektral o‗tkazishi va plenkaning (matritsaning) spektral sezgirligi. Fotografik
ravshanlikning formulasi «rangning fotografik ravshanligi» tushunchasining fizik
ma‘nosini tushuntirish uchun keltirilgan edi. Formulaga kirgan matematik simvollar
kinoteleoperator o‗zining kundalik amaliyotida eksponometriyada to‗qnash keladigan
tasvirga olish jarayonining omillarni aks ettiradi. Rangning fotografik ravshanligini
grafik holda uni spektr bo‗yicha zonali ajratib ham tasvirlash mumkin. Uning
zonali
kattaliklari tashkil etuvchilarning manzarasini hosil qilish uchun tasvirga olish
jarayonining to‗rtta asosiy omillari – tasvirga olish ob‘ekti, yoritish, optika va
plenkaning (matritsaning) zonali grafiklarini bir biriga ko‗paytirish kifoya qiladi.
Hosil bo‗lgan grafikaning umumiy yuzasi ob‘ekt rangining fotografik ravshanligining
kattaligiga proporsional bo‗ladi. Mana shunday yo‗l
bilan tasvirga olish
sharoitlarining ma‘lum tavsiflarida ob‘ektning fotografik tasvirida ob‘ekt tuslarining
kontrastlari
osongina
hisoblaniщi
mumkin.
Bunday
hisoblash
dastlabki
yaqinlashishda yetarlicha aniq bo‗ladi. Bu usul tasvirga olishning ma‘lum
sharoitlarida negativning zichligini oldindan ko‗ra bilish imkoniyatini beradi,
fotoqatlamning qorayishining ma‘lum zichligi bo‗yicha esa tasvirga olish obektining
hossalari haqida muhokama qilish mumkin bo‗ladi. Xususan astrofizika bunday
usuldan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: