O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “elektronika va avtomatika” fakulteti


Masala 22. 6 masalani yeching shunday sharoitdaki chiqish kuchlanishi rasm 14 da o’zgargani kabi o’zgarsin. Masala 23



Download 3,32 Mb.
bet17/19
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#801320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
999 УЗОҚОВ (2)

Masala 22. 6 masalani yeching shunday sharoitdaki chiqish kuchlanishi rasm 14 da o’zgargani kabi o’zgarsin.
Masala 23. Tanlovchi kuchaytirgich ( rasm 8 ga qarang) S kondensator va Ros rezistorini qarshiligini hisoblang maksimal kuchaytirish koeffisientini KU=100 bo’lsin signal chastotasi 500 kgs bo’lganida, agar R1=10 kOm L=100 mGn.
Masala 24. Komparator chiqishida kuchlanish qanday o’zgaradi 9 masalada ko’rib chiqilgandagi tayanch kuchlanish manbayini qutibi o’zgarganida

Rasm 14
Masala 25. Ishlab ketish va boshatish kuchlanishini hisoblang shuningdek komparatorning gisterezis zonasini kengligini ham masala 10 da keltirilgan parametrlar bilan, Uop=0 bo’lganda uzatish haraktiristikasini uvix (uvx) keltiring.
Nazorat masalalariga javoblar.
11. R1 = 10 кОм, RОС = 110 кОм, R2 = 10 кОм, Rвх = 10 кОм, Rвых = 3,27 Ом, Iн = 0,7 мА, Iвых = 0,732 мА. 12. а) KU = – 100, Rвх = 10 кОм, Rвых = 0; б) KU = = – 99, Rвх = 10,1 кОм; Rвых = 7 Ом. 13. Сигнал ограничится; Uвых = KU Uвх = = ± 10 В > Uвых max = ± 8 В. 14. Uвых = –190 мВ, R4 = 5 кОм. 15. RОС = = 50 кОм, R2 = 4,55 кОм. 16. Uвых =1 В. 17. R2 = R1, R3= RОС, KU == RОС/R1 = R3 / R2. 18. Iвых = 1,1 мА. 19. Uвых = − 8 В. 20. |Uвх max| ≤ ≤ 0,5 В. 21. RОС = 100 кОм. 22. C = 0,1 мкФ, Uвых max = 50 мВ. 23. C = 1 пФ, RОС = 1000 кОм. 25. Uср = + 0,47 В, Uотп = − 0,47 В, Uг = 0,94 В.


Hayot faoliyati xavfsizligi
Bitiruv ishining bu qismida ishlash jarayonida hayot faoliyatining xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari kurib chiqiladi.
.Hayot faoliyati deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga aytiladi.
Insonlarni texnosferadagi faoliyatining xavfsizligini asoslarini o'rganishga kirishishni avvalo tirik mavjudotlarning o'zaro va atrof-muhit bilan bir-biriga munosabati to'g'risidagi umumiy bilimlarda HFXni o'rnini bilishdan boshlash kerak.
XIX va XX asrlarda olimlarni atrof-muhitni o'zgarishiga insonlarni ta'siri xavotirga keltira boshladi. Biosfera o'zining xokimligini asta-sekin yo'qota boshlab, insonlar yashaydigan joylarda ishlab chiqarish rivojlanishi va tabiatga ta'siri natijasida texnosferaga aylana boshladi. Tirik va tirik bo'lmagan materiyadagi o'zaro biologik munosabatlar, fizik va kimyoviy jarayonlarga o'z o'rnini bo'shata boshladi, jamiyatda tabiatni va insonlarni texnosferaning negativ faktorlaridan muxofazalash talabi yuzaga keldi.
Jamiyatda va tabiatda yuzaga kelgan ko'pgina negativ faktorlarning avvalam bosh sababi insonlarni anropogen faoliyati bo'lib, xozirgi paytda ushbu muammolarni yechish uchun insoniyat texnosferani mukammallashtirib, odamlarga va tabiatga salbiy ta'sirini yo'l qo'yilgan darajagacha pasaytirish hisoblanadi.
HFXning fan sifatidagi asosiy maqsadi- insonlarni texnosferadagi negativ antropogen va tabiiy ta'sirlardan himoyalash hamda hayot faoliyati uchun (qulay) komfort sharoitlar yaratishdan iborat.
YAshash siklida inson va atrof-muhit doimo harakatdagi «inson-yashash muhiti» tizimini hosil qiladi.
YAshash muhiti deb –hozirgi paytda inson faoliyatiga, uning sog'lig'iga va avlodiga bevosita yoki bilvosita ,shu zahotiyoq yoki chetdan ta'sir ko'rsatuvchi shartlab qo'yilgan fizik, kimyoviy, biologik, sosial faktorlar yihindisi bo'lgan o'rab turgan muhitga aytiladi.
Bu tizimda faoliyat ko'rsatib, inson uzluksiz eng kamida ikkita masalani yechadi:
– ovqatga, havoga va suvga bo'lgan extiyojini qondiradi;
– yashash muhitidagi hamda o'ziga o'xshaganlar tomonidan salbiy ta'sirlarni yo'qotadi va muxofaza qilishni yaratadi.
Mexnat faoliyatini tavsifi va uni tashkil etish inson organizmining funksional faoliyatini o'zgarishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Mehnat faoliyatinin turli shakllari aqliy va jismoniy mehnatga bo'linadi.
Jismoniy mehnat birinchi navbatda tayanch-harakatlanuvchi, asabiy-muskul, yurakka kuchaytirilgan og'irlik berish bilan tavsiflanadi.
Aqliy mehnat ko'pgina axborot qabul qilish-uzatish ishlarni diqqatni, eslab qolish tizimini, iikrlash tizimini aktivlashishini talab qiladi, natijada uzoq aqliy yuklama insonning asab tizimiga, yurak-tomir tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu mehnat turiga gipokineziya ya'ni insonni harakatlanish aktivligi pasayishi natijasida emosional kuchlanishga qarshi organizmning reaksiyasining yomonlashuvi kuzatiladi.uzoq aqliy mehnat bilan shug'ullanish asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi: diqqat bilan ishlashi (bir ishdan ikkinchisiga o'tishi, fikrni bir yerga jamlash), xotirasi (qisqa muddatni va uzoq davrni eslash), axborotni qabul qilishida ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi
Hozirgi zamonda toza fizikaviy mehnat aytarli rol o'ynamaydi. Fiziologik klassifikasiyaga ko'ra ishlarni muskullarni sezilarli harakati bilan amalga oshadigan turiga, mehnatni mexaniIHasiyalashgan shakliga, avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan ishlab chiqarishga, konveerda ishlaydigan shakliga, uzoqdan turib boshqaradigan va intellekual mehnat turlariga bo'linadi.
Operator ishi yuqori darajadagi asabiy- emosional kuchlanishni va javobgarlikni talab qiladigan ish bo'lib, qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni qayta ishlashiga to'g'ri keladi.
Inson energiyasining sarfi muskulli ishlarning intensivligiga, axborot bilan to'yinganligiga, emosional kuchlanishga bog'liq bo'ladi. Kunlik znergiya sarfi aqliy mehnat qiluvchilarniki 10,5... 11,7 MDj; jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilarniki esa –12,5...15,5 MDj ni, o'rtacha og'irlikdagi mehnat bian shug'ullanuvchi xirurglar,. stanokda ishlovchilarning energiya sarfi –12,5...15,5 MDj; og'ir mehnat bilan band odamlar- metallurglar, kon ishchilari, shaxterlarning kunlik energiya sarfi 16,3...18 MDj ni tashkil etadi.
Mehnatning jismoniy og'irligi deb, odamdan mehnat qilayotganda asosan muskullarining zo'riqishini hamda kerekli energiyani talab qiluvchi yuklamaga aytiladi. Ular statik va dinamik ishlarga bo'linadi.
Statik ishda mehnat qurollari va predmetlari bir yerda qo'zg'almas xolatda bo'lib, ishchi ham bir xil ishchi xolatda mehnat qiladi.
Dinamik ish muskullar qisqarishi bilan kechadigan jarayon bo'lib, bunda inson mehnat qilish jarayonida o'zi harakatlanishi va ma'lum miqdordagi yuklarni tashishi bilan kechadi, energiya sarfi muskullarni kuchaygan xolda ushlab turishga hamda mexanik effekt uchun sarflanadi. Qo'lda ko'taradigan yukning maksimal og'irligi ayollar uchun 10kg dan, erkaklar uchun 30 kg dan oshiq ishlar og'ir ish hisoblanadi.
Mehnat zo'riqishi deganda axborotni qabul qilish va qayta ishlash uchun inson miyasining zo'r berib ishlashi natijasida organizmning emosional yuklamasiga aytiladi. Bundan tashqari, zo'riqish darajasini baholashda quyidagi ergonomik ko'rsatkichlar nazarda tutiladi: ishning smenaligi, ishchining ish xolati, harakatlanish soni va x.k.
Mehnatni gigienik klassifikasiyasi bo'yicha 4 sinfga bo'lish mumkin:
1. Optimal ish sharoitida mehnat samaradorligining maksimal, odam organizmining minimal zo'riqishi ta'minlanadi.
2. Yo'l qo'yilgan mehnat sharoitida atrof-muhitning va ish jarayonining shunday darajasi bilan tavsiflanadiki, u ish joylari uchun o'rnatilgan gigienik meyorlaridan oshib ketmasligi ta'minlanadi.
3. Zararli ish sharoitida inson organizmiga ko'ngilsiz ta'sir etuvchi zararli faktorlar gigienik meyorlardan oshib ketgan xola tushuniladi.
4. Ekstremal ish sharoitida ish smenasi yoki uning bir qismida ishchining hayotiga, kuchli kasbiy jaroxatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish faktorlarining darajasi bilan tavsiflanadi.
Insonni ish faoliyatini samaradorligi ko'p jixatdan ish qurollariga, organizmning ishlash qobiliyatiga, ish joyini tashkil etish va ishlab chiqarish muxitining gigienik faktorlariga bog'liqdir. Ish faoliyatining samaradorligini oshiruvchi eng muhim faktorlardan biri mehnat faoliyatida ko'nikma va mohirlikning takomillashuvi hisoblanadi.
YUqori darajadagi turg'un ish samaradorligi doimiy mehnat qilish bilan dam olishni uzluksizligi ta'minlanishi natijasida yuzaga keladi.
Ishlash qobiliyati deganda ma'lum muddatda ishning soni va sifati bilan tavsiflanadigan inson organizmining funksional imkoniyatlarining kattaligiga aytiladi. Mehnat faoliyatida organizmning ishlash qobiliyati vaqt bo'yicha o'zgaradi. Mehnat qilish jarayonida insonning xolatini bir-birini almashtiruvchi uch fazaga ajratish mumkin:
-ishlash qobiliyatini oshish faIHasi, bu vaqtda ishlash qobiliyati boshlang'ich davrdan ish xarakteriga va insonnning individual xususiyatiga qarab sekin asta ko'tarilish davri bir necha minutdan 1.5-2 soatgacha davom etadi;
-yuqori turg'un ishlash qobiliyati faIHasi, bu fazaga yuqori mehnat ko'rsatkichlariga kam eneriya sarfi bilan erishish xosdir, uning davomiyligi ishning og'irligiga qarab 2-2.5 saot davom etadi.
- ishchining asosiy ishchi organlarining charchash xissi bilan kechadigan ish qobiliyatining pasayish faIHasi.
Ish joyini, ish qurollarini to'g'ri loyixalash, erkin mehnat sharoitini yaratish ish samaradorligini oshiradi, charchashni kamaytiradi va kasbiy kasalliklar kelib chiqish xavfini oldini oladi.
Ish jarayonini tashkil etishda ishlovchining antropometrik va psixofiziologik xususiyatini e'tiborga olish kerak, tik turib ishlash chog'ida ishchi uskunalarni joylashtirishda ayollar bilan erkaklarning bo'yi o'rtacha 11,1 sm ga, yonga cho'zilgan qo'llarn 6,2 sm ga, to'g'riga cho'zilgan qo'llar farqi 5,7 sm ga, o'tirib ishlash chog'ida esa ayollarning tanasi erkaklarnikidan 9,8 sm ga past ekanligini nazarda tutish kerak.
Ish yuIHasining balandligini bajarilayotgan ishning og'irligiga, xarakteriga va aniqligiga qarab 12.2.032–78 va 21998–76 DAVST da beriladi.
Operatorning ishlash qobiliyatiga mashina va mexanizm pultlarini to'g'ri tanlash va joylashtirish salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Pultlarni o'rnatishda shuni yaxshi bilish kerakki, boshini burmay ko'rish zonasi120° ni, boshini burib ko'rishi – 225°, tepaga 30° va pastga esa 40°ni tashkil etadi.
Ish va dam olishni navbatma-navbat amalga oshirish ishlash qobiliyatini yuqori turg'unligini ta'minlaydi. Bundan tashqari ish davomidagi zaruriy mikropauzalar butun ish vaqtining 9...10 % ni tashkil etishi kerak.
Insonning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shartlardan biri xonada o'zining normal tana xarorati 36,5 °Sni ta'minlovchi meteorologik sharoitni yaratishdan iboratdir .unday ta'minlanish jismoniy ish qilganda tanadagi issiqlik balansini va energiya ta'minoti darajasini qay darajada buzilishiga bog'liq.. o'rtacha og'irlikdagi va og'ir jismoniy ishni bajarganda tana harorati o'zgarib turadi. Inson ichki organlari +43 °S dan minimal +25 °S bo'lgan haroratni ko'tara oladi.
Jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish ilmiy texnikaviy potensialni tubdan o'zgartirishni talab etadi. Nanotexnologiyalar – bu “eng yuqori” texnologiyalar bo'lib, uning rivojlanishiga iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan davlatlar hozirgi paytda milliardlab dollar sarf qilishmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, nanotexnologiyalar XXI asrda materiya bilan shunday harakatlar qiladiki, uni XX asrda axborotlarni kompyuterlar yordamidagi harakatiga taqqoslash mumkin.
«Nanotexnologiya — obyektlarni xossasini o'rganuvchi va nanometr darajasida qurilmalar yaratuvchi amaliy ilm va texnika soxasidir. Nanometr – millimetrni millionga bo'lingan qismidir.
Ko'pgina manbalarga e'tibor berilsa, birinchi uslublar, keyinchalik nanotexnologiya deb yuritiladi, Richard Feynmanning 1959 yili Amerika fizika jamiyatidagi “U yerda joy ko'p” «There’s Plenty of Room at the Bottom» deb atalgan maqolasida yakka atomlarni maxsus o'lchamga ega bo'lgan manipupulyator yordamida joyini o'zgartirish hozirda mavjud bo'lgan fizika qonunlariga zid kelmasligini ta'kidladi. Ushbu manipulyatorni quyidagi uslubda yaratishni taklif etdi, ya'ni shunday mexanizm qurish kerakki, u o'zining bir daraja past nusxasini yaratsin, kichraygan nusxa yana bir pog'ona kichik nusxa yarata olsin, shu tariqa kichrayish mexanizm o'lchami bir atom o'lchamiga teng bo'lgunga qadar davom etishi lozim.
Ilk bor «nanotexnologiya» terminini 1974 yili Norio Taniguti qo'lladi. Ushbu termin bilan bir necha nanometrga teng bo'lgan mahsulotni atadi.
Elektrotexnika va elektronika asoslari oquv fanining maqsad va vazifalari, ozlashtirish natijasiga qo`yiladigan talablar.
Elektrotexnika va elektronika asoslarining asosiy maqsadi elektrotexnik ilmiy va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq tahlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda vujudga kelayotgan turli elektronik-elektrotexnik, ijtimoiy jamiyatdagi va iqtisodiy-elektrotexnik masala va muammolarni hal qilishning konstruktiv negizlarini ilmiy asoslashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi vazifalarni hal qilish zarur bo'ladi:
Jamiyat bilan elektronika o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni optimallashtirish va zamonaviylashtirish;
2) Zamonaviy elektronika va kompyuterlarni o'rganishning ilmiy va amaliy ahamiyatini tushuntirish;
Elektrotexnik-elektronik jarayon va hodisalarni tadqiq qilishning amaliy ahamiyatini bilish;
Tabiiy sharoit va resurslarni xo'jalik maqsadlarda foydalanish uchun ularni baholash;
Texnikaviy va dasturlashtirilayotgan sharoitda fanning axamiyatini tushuntirish;
Rivojlangan davlat va yirik korxonalarini boshqarish tizimlarida va amalga oshiriladigan injenerlik loyihalarida elektrotexnikaning axamiyatini bilish;
Ishlab chiqarishni tashkil qilish muammolari va ishlab chiqarish xajmini oshirishdagi muammolar yechimining oqilona yo'llarini tushuntirish;
Elektron boshqaruv siyosati va uning nazariy asoslarini bilish;
O'zbekistonda shunday boshqaruv tizimining o'rni va kelajagini baholay olish;
Ishlab-chiqarishning texnik-iqsodiy asoslarini tushunishi;
Tabiiy va inson resurslarini iqsodiy-texnologik nuqtai nazardan baholashni uddalashi lozim.
Amaliy elektrotexnika tabiiy resurslaridan foydalanishni op­timallashtirish, bu jarayonda tarkib topishi mumkin bo'lgan hodisalarning oldini olish loyihalarini asoslash, xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida texnologiyani baholash, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va taraqqiyoti natijasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan muhitdagi o'zgarishlarning bashoratlarini ishlab chiqish, tabiiy muhit-xo'jalik-aholi tizimida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy-antropogen jarayonlar va umuman elektron boshqaruvni maromini boshqarishdagi ahamiyati katta. Mazkur fan texnologiya bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish negizida tarkib topadigan jiddiy muammolar, aholi joyiashuvi, mehnat resuslardan optimal foydalanish va shunga o'xshash bir-biri bilan bog'liq ijtimoiy va iqtisodiy-texnik majmuali ishlanmalarini yechishda ustivorlik qiladi. Amaliy elektrotexnikaning tadqiqot tamoyillari va usullari bilan o'quvchilarning bilimlarini boyitish ularning hayotiy va mehnat amaliyotida doimo asqotadi; ularda tabiat muammolari yechimiga nisbatan qiziqish, hozirjavoblik eng muhim tabiat-texnika-inson tizimidagi faoliyati rivojlanadi.
Amaliy elektrotexnika o'quv fani bo’yicha bilimlarga, malaka va ko'nikmalarga qo'yiladigan talablar o'quvchilar mazkur o'quv kursini to'liq va atroflicha o'zlashlirishlari davlat standartiga tayangan holda ma'lum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishlarini taqazo etadi. Bu borada bilish, uddalay olish va tasavvurga ega bo'lish yo'nalishida o'quvchilarning mavzularni o'zlashtirganlik darajalari nazorat qilinadi. Shuningdek, mavzularni o'rganishga tayanch bo'ladigan bilim va ko'nikmalar, atama hamda tushunchalarni to'liq o'zlashtirishlari kundalik nazoratda bo'lishi maqsadga muvofiq. Nazoratning usullari bisyor, masalan, test o'tkazish, yozma ish, oddiy so'rash, atama va tushunchalarga izoh berish kabi yo'llar bilan bilimlari va ko'nikmalarini tekshirish, ma'lum mavzu bo'yicha erkin referat yozish ham o'quvchilarning mav­zularni o'zlashtirganlik darajalarini aniqlashga imkon beradi. Bizningcha, bilimlarni o'zlashtirishda bilish lozim bo'lgan jihatlar (nazariy va metodologik rnasalalar), uddalay olish ya'ni nazariy bilim asosida amaliy vazifani bajarish asosiy mavzudan tashqari unga yaqin bo'lgan boshqa mavzular mazmunidan tasavvurga ega bo'lish ham o'quvchilarning bilimini yuqori bo'lishiga olib keladi.


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish