O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


-rasm. O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni



Download 1,14 Mb.
bet29/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

4-rasm. O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni.
Mintaqada eng ko`plari xorijiy kapital ishtirokidagi birlikda Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida - 251 ta, Xitoy Xalq Respublikasi - 289 ta, va Koreya Respublikasi - 115 ta ro`yxatdan o`tgan. Shuningdek, Afg`oniston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarbayjon Respublikasi va boshqa davlatlar rezidentlari qo`shma faoliyatga qiziqish bildirdilar va yangi loyihalar bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yishga dastlabki qadamlarni qo`ymoqda.
«Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ko`rib chiqiladigan bo`lsa, 2019 yilning birinchi yarimida asosan sanoat (527 ta), savdo (501 ta), qurilish (195 ta), qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi (144 ta) faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi. Eng kamlari esa sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (29 ta), axborot va aloqada (38 ta) hamda tashish va saqlashda (42 ta) tashkil etmoqda.
Integratsiya jarayonlarini rivojlanishida kapital qo`yilmalarning ko`payishi, ya`ni kapital kirishi va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon sobiq Ittifoq tanazzulga yuz tutgandan so`ng tez sur`atlarda ijobiy tomonga o`zgardi. Masalan, XX asrning 90-yillari boshida to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning o`sish sur`atlari 4-5 baravarga oshib, jahon YaIM qiymatiga nisbatan tezlashdi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda yaxshi investitsiyaviy muhit yaratildi. Natijada oxirgi 25 yil mobaynida iqtisodiyotga 200 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritildi. Shundan 70 milliard dollari xorijiy investitsiyalardan iborat bo`ldi.
O`zbekistonning investitsiya qonunchiligi MDX mamlakatlarinikiga nisbatan ancha pozitivdir. Chunki unda xalqaro investitsiyaviy huquqning barcha jihatlari e`tiborga olingan. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlari huquqiy jihatdan «Investitsiya faoliyati to`g`risida»gi, «Chet el investitsiyalari to`g`risida»gi , «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida»gi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni kiritish va ularni sarflash uchun qulay sharoitlar mavjudligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
1. Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik.
2. Me`yoriy-huquqiy baza yaratilgani.
3. Biznesga soliq va bojxona preferentsiyalari to`g`ri tashkil etilgani.
4. Tadbirkorlik bilan shug`ullanish qoidalarining liberallashuvi.
5. Erkin iqtisodiy zonalar yaratilishi.
Hozir bizda xorijiy investitsiyalar uchun, kiritilgan sarmoyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha bo`lgan muddat uchun imtiyozlar belgilangan. Jumladan:
– 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 3 yil muddatga;
– 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 5 yil muddatga;
– 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 7 yil muddatga;
– 10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so`nggi 5 yildagi joriy stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i to`lovi stavkalari qo`llanilgan holda 10 yil muddatga beriladi.
Integratsiya jarayonini amalga oshirishda, avvalo, yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, mahsulotlar jahon standartlariga javob berishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlantirilishi muhim mezonlar hisoblanadi.
Integratsiyani kuchaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri erkin industrial iqtisodiy va kichik maxsus sanoatlashgan industrial zonalar barpo etib, zamonaviy ishlab chiqarishini kengaytirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, oxirgi 1,5-2 yil ichida diyorimizda ishlab chiqarishni va logistikani kengaytirish ishlari shitob bilan rivojlandi. Hozir turli shahar-viloyatlarimizda 15 taga yaqin iqtisodiy, 60 tadan ziyod industrial zonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadlaridan biri xorijiy investitsiyalardan foydalangan holda, erkin zonalar va logistik markazlar faoliyati samaradorligini oshirishdir.
Darvoqe, mahsulot ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish mehnat unumdorligi o`sishiga, yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ko`payishiga, yirik bozorlarda foydali ishlarga qo`l urishga, sirasini aytganda, integratsiya jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish