O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mintaqa iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish omillari. Qo`shma korxonalarni rivojlanishi



Download 1,14 Mb.
bet28/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

Mintaqa iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish omillari. Qo`shma korxonalarni rivojlanishi.
Bugungi kunda O`zbekiston iqtisodiyotini yanada yuksaltirish ko`p jihatdan integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga bog`liq. Chunki ishlab chiqarish samarasi bevosita bir qator ichki va tashqi omillar hamda holatlarga uyqashib ketadi.
Sir emas, endilikda korxonalar yakka tartibdagi ishlab chiqarishni rivojlantirsalar, bozor sharoitida bu jarayon uzoq davom etmaydi. Masalan, Yaponiyada «Toyota» avtomobilini tayyorlash hamda butlash uchun o`n uchta davlatdan zarur detallaru butlovchi qismlar olinadi. Bu mamlakat va korxona iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti uchun o`zaro integratsiyani rivojlantirish darkorligini ko`rsatadi.
Iqtisodiy integratsiya hozirga qadar atroflicha o`rganilgan va ilmiy adabiyotlarda u haqda talay tushunchalar bayon etilgan. Shunday esa-da, biz ham ushbu muammoga nisbatan o`z yondashuvimizni va fikrimizni bildirishni lozim topdik.
«Integratsiya» aslida lotincha so`z bo`lib, keng ma`noda qo`llaniladi. Jumladan, davlatlar, regionlar, kompaniya va korxonalar o`rtasida tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa yo`nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashni ifodalaydi. Ma`no-mohiyatiga ko`ra, bir necha turga bo`linadi. Ular orasida iqtisodiy integratsiya ayni jabhada davlatlararo aloqalarni o`rnatishi, har bir mamlakatda sturukturaviy o`zgarishlar negizida milliy xo`jalikni texnologik modernizatsiyalash va uning raqobatbardoshligini ta`minlanishi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, hozirgi davrda jahon xo`jaligini va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda ekzogen omil ta`siri ostida milliy iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyoti hamda barqarorligini ta`minlab, samaradorligini oshirish uchun puxta zamin yaratadi.
Ma`lumki, yurtimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi hamda Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi [1]. Ularda mamlakatdagi integratsiya jarayonlarini va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratilgan.
Harakatlar strategiyasi dasturi doirasida tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan kontseptsiya O`zbekiston iqtisodiyotini, chunonchi, vertikal integratsiyani tashkil etish va rivojlantirish borasida dasturilamal hujjat vazifasini o`taydi. Kontseptsiyada integratsiyaning yangi modeli taklif etilgan. U iqtisodiy adabiyotlarda «savdo» yoki «kon`yunktura» deb nomlanadi.
Yangi kontseptsiyaning asosiy maqsadi tashqi iqtisodiy siyosatda markaziy o`rin egallash uchun o`zbek eksportini yangi bosqichga ko`tarishdan, ya`ni xalqaro ishlab chiqarishning progressiv shakllarini va ilmiy-texnik kooperatsiyani rivojlantirish uchun investitsion hamkorlik hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan iboratdir.
Hozir integratsiya jarayonlari erkinligini iqtisodiy adabiyotlarda umum qabul qilingan qoidaga tayangan holda ta`minlash iqtisodiy o`sishga va millatning turmush darajasi farovonlashishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ayon bo`lishicha, ular turli sharoitlarda integratsiya jarayonlarini liberallashtirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borganlar. Shu bois iqtisodiy ziddiyatlarni kamaytirishga erishganlar va iqtisodiy rivojlanish sur`atlarini ko`targanlar.
O`zbekistonda Istiqlol yillari integratsiya jarayonlarini erkinlashtirish eksport va import sturukturasini o`zgartirdi. Masalan, 2017 yili eksport tarkibida tayyor mahsulotlar 72 foizni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi esa 26907,6 million AQSh dollariga etdi. Integratsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad esa uning faoliyati samaradorligini ta`minlash uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Davlat bu jarayonning strategik maqsadlarini belgilab borishi lozim. Ayniqsa, eksportni rivojlantirish, o`zbek eksporti tuzilishini takomillashtirish, eksport qilinayotgan mahsulotlar turini ko`paytirish va sifatini oshirish, eksportning tovar va geografik tuzilishini rivojlantirish, xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlikning ilg`or shakllaridan foydalanish, boshqa ishlarni tashkillashtirish va kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalariga jiddiy e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, integratsiya jarayonida eksport-import operatsiyalari ishlab chiqarishni kooperatsiyalash, investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish rejalari bilan boyitilishi lozim. Bundan tashqari, xorijiy kapital, yangi texnologiyalar, lizing bo`yicha jihozlar va hokazolardan qayta ishlab chiqarishning barcha pog`onalarida unumli foydalanish zarur.
O`zbekiston integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun xalqaro amaliyotga bog`liq muayyan masalalarni ijobiy hal etishi lozim. Birinchidan, Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi, ikkinchidan, o`zga davlatlar bilan integratsiya kelishuvlarini amalga oshirishda savdo oqimlari tuzilishi va dinamikasi huquqlararo komissiyalarda hal qilinishiga erishishi, uchinchidan, ikkilamchi soliqqa tortish va investitsiyalar himoyalanishi masalalarini chuqur o`rganib chiqishi kerak.
Baralla aytish mumkinki, yaqin va qo`shni davlatlar bilan integratsiyani tezlashtirish kelgusida Vatanimiz iqtisodiyotini ko`tarish uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi. Hozir O`zbekiston Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi savdo-siyosiy aloqalar o`rnatgan. Shuning sharofati o`laroq, yurtimizda ko`plab qo`shma korxonalar ishlab turibdi. Biz kelgusida MDH mamlakatlari bilan bir qator muammolarni, jumladan, davlatlararo o`zaro majburiyatlarni bajarish, tovarlarni sotish bo`yicha qarzdorlikni bartaraf etish, diyorimizda ishlab chiqarilgan tovarlar hamdo`st davlatlar hududida erkin sotilishini ta`minlash masalalarini ijobiy hal etish choralarini ko`rishimiz shart.
Xususan, mamlakatda asosan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Koreya Respublikasi hissalariga to`g`ri keladi.
2019-yilning 1-iyul holatiga xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar 9 014 tani tashkil etdi. O`tgan yilning shu davriga nisbatan 2 720 taga yoki 43,2 %ga o`sgan. Shundan mintaqa kesimida eng yuqorisi Toshkent shahrida (5 427 ta), Samarqand (465 ta), Farg`ona (348 ta) viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi. Nisbatan kamroq ko`rsatkichlar bilan Xorazm (111 ta), Sirdaryo (129 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida (125 ta)ni tashkil qiladi (13.1-rasm).


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish