122
tuya tovoni, xo‗roz toji, tovus va bulbullar tilini yedi. Baliq va tryufelning ustiga tuz o‗rniga
mar- varid sepdi. Uning bir tushlik ovqati 100 ming sestersiydan kam turmas edi .
Imperator-kohin jamoa g‗ashini keltirib, oltin iplar bilan tikil- gan, qimmatbaho toshlar bilan
bezalgan ipak tunika kiyar edi.
U aktyor, aravakash va turli firibgarlarni oliy davlat
mansablariga tayinlab, qullar va ozod bo‗lgan qullarni provinsiya noiblari etib tayinladi.
Barchaning nafratiga sazovor bo‗lgan Geliogabal 222- yil mart oyida onasi bilan harbiylar
tomonidan o‗ldirildi. Aql siz hukmdorning jasadi Rim ko‗chalarida ilmoq bilan sudralib, keyin
axlatga cho‗miltirilib, Emiliy ko‗prigidan Tibr daryosiga tashlandi.
Severlar sulolasining so‗nggi imperatori Aleksandr Sever (222-235-yillar) 235-yil
o‗ldirilganidan so‗ng qo‗shin davlat nazoratidan chiqdi. Legionerlar birin-ketin
tarixshunoslikda «askar imperatorlari» deb atalgan hukmdorlarni taxtga chiqar- dilar. Ular
davlatni uzoq boshqara olmadilar.
Imperator Filipp Arab (244-249-yillar) davrida 248-yil apre- lida abadiy shahar Rimning
1000 yilligi hashamatli bayram qilindi. Publiy Lisiniy Valeriyan (253-260-yillar) va uning
o‗g‗li 35 yoshli Gallien (253-268-yillar) davrida parokandalik eng yuqori cho‗qqiga chiqib,
imperiya amalda bir necha qismlarga parchalandi. Galliya, Ispaniya va Britaniyada hokimiyatni
Kassian Postum (258-268-yillar)
bosib olib, Gall imperiyasi- ni, Sharqda Septimey Odinat
(261-267-yillar) qudratli Palmira podsholigini tuzdi. Dunay provinsiyalari, Bolqon va Misrda
ham markazga bo‗ysunmagan hukmdorlar paydo bo‗ldi.
Faqat illiriyalik 49 yoshli Mark Avreliy Klavdiy (268-270-yil- lar) imperator bo‗lganidan
so‗ng imperiyani qayta tiklash boshlandi. U alleman va gotlarning hujumlarini qaytardi. Dunay
provinsiyalarini qayta tuzdi. Tez orada Klavdiy vabo kasalligidan vafot etdi. Uning o‗rniga
yana bir illiriyalik 55 yoshli harbiy boshliq Lusiy Domisiy Avrelian (270 -275-yillar) taxtga
o‗tirdi. Avrelian uzoqni ko‗ra oladigan g‗ayratli siyosat- chi bo‗lib, 271-yil u Shimoliy
Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari hujumini qaytardi va Rim atrofida 18 -18
km uzun-
likdagi mustahkam mudofaa istehkomlarini qurishga buyruq berdi. Shu yilda imper ator Dakiya
provinsiyasiga safar qilib, imperiyaning Dunay chegaralarini barqaror qilishga harakat qildi.
Palmirada Odinatning bevasi Zinoviya hukmronlik qilar edi. Zinoviya qo‗shinlari Suriya,
Falastin, Kichik Osiyo va Misrni nazorat qilar edi. Avrelian 272-273-yillarda Zinoviya qo‗shin-
larini tor-mor qilib, sharqiy provinsiyalarda Rim hokimi- yatini tikladi. U Gal imperiyasini ham
nisbatan qiynalmay bo‗ysundirdi. Shundan so‗ng Rim imperiyasining yaxlitligi tiklan- di.
Hukmdor davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun pul islohotini o‗tkazdi va o‗zining
ilohiy homiysi sifatida «yengil- mas quyosh» xudosini joriy qilib, unga e‘tiqod qilishga buyruq
berdi (274-yil). Avrelianning hokimiyati mutlaq edi. U «janob va xudo» deb ulug‗lanib,
«davlatni qayta tiklovchi» unvoniga ega edi. Qattiqqo‗l imperator forslarga qarshi yurish
vaqtida uyushtirilgan fitna natijasida 275-yil o‗ldirildi.
Imperiyada yana siyosiy beqarorlik, tartibsizliklar boshlandi. Davlat tizimining yemirilishi,
ichki o‗zaro nizolar, german qabilalari hujumi va III asrda sharqda tashkil topgan qudratli So-
soniylar davlati bilan uzoq olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar Rim imperiyasining
parokanda bo‗lishiga sabab bo‗ldi.
Ishlab chiqarish hajmlari keskin kamayib ketdi. Provinsiyalar o‗rtasidagi savdo aloqalari
buzildi. Imperiyaning turli hududlari o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar zaiflashdi. Xojalik tobora
natural xususiyat kasb eta boshladi. Markaziy hokimiyat boshqaruv apparati va qo‗shinni
saqlab turish uchun juda katta sarf-hara- jatlar qilinib, davlat xazinasi barbod qilindi.
Davlat hokimiyati moliyaviy qiyinchilikni tugatish uchun pulni qadrsizlantira boshladi.
Pulning qadrsizlanishi yer-mulkni sotib olishda katta miqdorda pul
sarflashga ma- jbur qilar
edi. Denariyda kumush miqdori 50% ga kamaytiril- di. III asr oxiriga kelib kumush denariy mis
tanga qiymatiga teng bo‗lib qoldi. Pulning qadrsizlanishi iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Savdo-hunarmandchilik tushkunlikka uchra- di. Yerga ijara haqi keskin oshdi. Bu kolonlarning
xonavayron bo‗lishiga olib keldi. Qarz majburiyati oshdi. Qullarning soni kamayib, ishchi
123
kuchiga bo‗lgan ehtiyoj ortdi. Provinsiyalar- da quyi tabaqa vakillarining qo‗zg‗olonlari
ko‗tarildi. Jumladan, III asrning 50-yillarida Galliyada dehqonlar va qullar qo‗zg‗oloni,
Shimoliy Afrikada dehqonlarning qurolli chiqish- lari yuz berdi.
III
asrning 70-80-yillarida german qabilalarining imperiya- ga hujumi kuchaydi. Dakiyani
got, sarmat va markomann- lar bosib oldi. Imperiyaning shaharlariga tegishli bo‗lgan juda ko‗p
yerlar qarovsiz qoldi. Shaharlar savdo-hunarmandchilik markazlari sifatida o‗z ahamiyatini
yo‗qotdi. Imperator buyrug‗i bilan bo‗sh yotgan yerlar qo‗shni shahar yoki magnatlar mulkiga
qo‗shib berildi. Davlat hokimiyati g‗arbiy provinsiyalarning magnatlariga urushda olingan
asirlarni ishchi kuchi sifatida ishlatish uchun taqsimlab berdi. Bu
asirlar kolonlarga aylan -
tirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: