O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Ellinistik davrda Yunoniston va Old Osiyo. Aleksandr Makedonskiy



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
2.1.8. Ellinistik davrda Yunoniston va Old Osiyo. Aleksandr Makedonskiy 
saltanatining vujudga kelishi va parchalanishi. (2 soat) 


48 
 
 
2.
 
Aleksandrning Sharqqa yurishlari. 
Filipp II Eron bilan urushga jiddiy tayyorgarlik 
ko‗ra boshladi. Bu davrda Ahmoniylar imperiyasi ancha zaiflashgan edi. Mil.avv. 360-yillarda 
sat- raplarning isyonlari, Finikiya shaharlarining qo‗zg‗olonlari yuz berib, Misrning 
mustaqillikka intilishi kuchaydi. Eronning so‗nggi qudratli podshosi Artakserks III Ox 20 yil 
davomida yemirilayotgan davlatni bir qadar mustahkamladi. Ammo shi - joatli hukmdor o‗z 
a‘yonlari tomonidan zaharlab o‗ldirildi. Podsho Artakserksni zaharlab o‗ldirgan qudratli 
Bagoy amalda hokimiyatni qo‗lga oldi. Miloddan avvalgi 338-yilda Artakserks- ning o‗g‗ li 
Aresni taxtga o‗tqazdi. Lekin ikki yildan keyin Ares ham o‗ldirildi. U mamlakatni 
boshqarishda o‗zining mavqey- iga putur yetkazmaydigan zaif bir shaxsni taxtga o‗tqazishni 
niyat qildi. Bagoy qo‗g‗irchoq hukmdor sifatida ko‗plarga tanish bo‗lmagan Armaniston 
satrapi Qodomonni Doro III nomi bilan taxtga o‗tqazdi. Yangi podsho Bagoyni hokimiyatdan 
chet- lashtirib, o‗z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi. 
Makedoniya esa bu davrda yunon dunyosida o‗z mavqeyi- ni mustahkamlab, Sharqqa 
yurishga faol tayyorgarlik ko‗ra boshladi. Filipp II mil.avv. 336-yil Kichik Osiyoning g‗arbiy 
qirg‗og‗ini bosib olish uchun 10000 makedon qo‗shinini jo‗nat- di. Ammo Sharqqa yurish 
g‗oyasini amalga oshirish Filipp II ga nasib etmadi. Bu g‗oyani uning o‗g‗li Aleksandr amalga 
oshirdi. Aleksandr taxt vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga munosib bo‗lgan ta‘lim -
tarbiyani oldi. O‗sha davrda hali mashhur bo‗lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning 
o‗qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo‗ldi. Filipp II o‗g‗lini davlat boshqaruv ishlariga asta -
sekin torta boshladi. Aleksandr mil.avv. 340-yil- da Shimoliy Yunonistonning tog‗li 
hududlaridagi qabilalardan birining qo‗zg‗olonini bostirib, birinchi bor o‗zini kuchli sarkar - 
da ekanligini ko‗rsatdi. 
Mil.avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to‗yi bo‗lgan kuni o‗ldirildi. Zodagon Pavsaniyning 
tansoqchisi makedon a‘yoni Attal uni haqorat qilganda, Filipp uning shikoyatini e‘tiborsiz 
qoldirgani uchun Filipp soqchisiz teatrga kirayotganda xanjar sanchib o‗ldirdi. Demosfen 
Filipp II ning o‗limini eshitib, xalq yig‗iniga ajoyib kiyim va boshida gulchambar kiyib keldi. 
Filipp- ning 20 yoshli o‗g‗li Aleksandr podsho hokimiyatini egalladi. Aleksandr otasining 
o‗limidan so‗ng barcha yunon davlatlari vakillari to‗plangan Korinf shahrida otasi kabi 
o‗zining forslar- ga qarshi barcha ellinlarning yo‗lboshchisi vakolatini majbu
 
ran tan oldirdi. 
Faqat Sparta bundan bosh tortdi. Filipp II ning o‗limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva 
shahri bosh- chiligida Makedoniyaga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Yunonlar uchun 
kutilmagan holda Aleksandr bu qo‗zg‗olonni shafqat- siz bostirdi. Fiva shahri buzib tashlandi 
va uning tirik qolgan 30 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Aleksandr Eron bi lan bo‗lg‗usi 
urush katta tayyorgarlikni talab qilishini bilar edi. U forslarning hushyorligini yo‗qotish uchun 
Kichik Osiyodagi makedon qo‗shinini chaqirib oldi. Ammo Fors davlati mavjud makedon 
bosqiniga qarshi hech qanday tayyorgarlik ko‗rmadi. Ikki yildan so‗ng, mil.avv. 334 -yilda 
nihoyatda puxta tayyogar- likdan keyin makedon qo‗shinlari Gellespont bo‗g‗ozidan o‗tib, 
Osiyo hududiga kirdi. Qo‗shin 30 ming piyoda, 5 ming otliq, 160 harbiy kemadan iborat edi. 
Urush e‘lon qilish uchun mil. avv. V asr o‗rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibo- 
datxonalarining forslar tomonidan oyoq-osti qilinishi bahona bo‗ldi. Bu mafkuraviy shiordan 
Aleksandr yunon-makedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi. 
Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo‗yida bo‗ldi (mil.avv. 334 -
yil). Bu jangda yunon-makedonlar Eronning Kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma askar - 
lari qo‗shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va uning muntazam qo‗shini Granik 
jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan so‗ng Aleksandr Kichik Osiyo qirg‗og‗idagi yunon 
shaharlarini forslardan ozod qildi va Kichik Osiyoning katta qismini bo‗ysundirdi. Sard va 
Gordiy shaharlari ishg‗ol qilindi. Galikarnas shahri forslarga sodiq qolib, makedonlarga qattiq 
qarshilik ko‗rsatdi. 


49 
Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Aleksandr Kilikiya orqali Shimoliy Suriyaga o‗tdi. 
Mil.avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida yunon-makedonlar Doro III qo‗shinlari bilan 
to‗qnashdilar. Har ikki tomon uchun bu jang og‗ir bo‗lib, katta qurbonliklar berildi. Fors 
qo‗shinlari son jihatidan yunon-makedonlardan ko‗ra ko‗p edi. Doro III jangda o‗zini yo‗qotib 
qo‗ydi va jang natijasini kut- may, maydonni tashlab ketdi. Hattoki Doro III qarorgohdagi o‗z 
oilasini ham tashlab ketdi. Aleksandr juda katta qiyinchilik bi lan g‗alaba qozondi. Bu jang 
Suriya va Falastin qirg‗og‗ini bosib olish uchun yo‗l ochdi. Doro III g‗olibga tinchlik bitimini 
taklif qilib, Aleksandrga Kichik Osiyoni berishni, katta Kontribunisiya va katta qizi Statirani 
Aleksandrga rafiqalikka berishni taklif qil- di. Lekin Aleksandr bu foydali shartlarni rad qildi. 
Damashq shahrida Doro III ning xazinasi bosib olindi. Bu Aleksandr qo‗shinlarining 
moddiy ta‘minotini ancha yaxshiladi. Tir va G‗azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik 
ko‗rsat- di. G‗azoning bosib olinishi yunon-makedonlarga Misr tomon yo‗l ochdi. Doro III 
yordamidan mahrum bo‗lgan fors satrapi g‗oliblarga taslim bo‗ldi. Misrliklar fors z ulmidan 
Aleksandrni xaloskor sifatida kutib oldilar. O‗rtayer dengizi qirg‗og‗ida, Nil daryosi bo‗yida 
mil.avv. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatning 
markazi, muhim savdo porti bo‗lib xizmat qildi. Misr hududida bu shaharga asos solinishi 
Sharqda shaharlar qurilishi siyosatining boshlanishi edi. Aleksandr Memfis shahrida toj kiydi 
va bu bilan Misrda o‗z hokimiyati qonuniyligini ta‘kidladi. 
Mil.avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Dajla 
daryosidan uzoqda bo‗lmagan Gav- gamela qishlog‗i yaqinida 1-oktabr kuni Aleksandr va fors 
qo‗shini o‗rtasida hal qiluvchi jang bo‗ldi. Jang boshlanishida fors qo‗shini makedonlarning 
o‗ng qanotini yanchib tashladi. Markazda Aleksandr fors qo‗shinining o‗rtasiga o‗z otliqlari 
bilan kirib oldi. Forslar jang aravalari va fillarni jangga tashladi - lar. Ammo Doro III Issa 
yonidagi jangda bo‗lganidek, davom eta- yotgan jangni yutqazilgan deb hisoblab, yana jang 
maydonini tashlab qochdi. Aleksandr qo‗shinlari hech qanday qarshiliksiz jadallik bilan butun 
Mesopotamiyani bosib o‗tib, Suza shahri va Ahmoniylar davlatining markaziy hududlariga 
kirib bordi- lar. Aleksandr Suza shahridagi Ahmoniylar saroyi xazinasidan 50 ming talant tilla 
va kumush quymaga ega bo‗ldi. Bobil va boy Suza shahri, Eronning muqaddas markazi 
Persepol jang- siz bosib olindi. Suza va Persopol shaharlaridagi Ahmoniylar - ning boy 
xazinalari Aleksandrning qo‗liga o‗tdi. Mil.avv. 330-yil Persepol saroyini yondirish bilan 
Aleksandr Fors davlati us- tidan g‗alabasini ramziy belgiladi. Fors podsholarining asosiy 
xazinasi Pasargadda edi. Aleksandr afsonaviy o‗ljaga ega bo‗ldi. Forslarga qarshi urushning 
maqsadi ham ahmoniylarning afsonaviy boyliklarini qo‗lga kiritish edi. Plutarxning ma‘lumoti 
bo‗yicha Persepoldagi xazinani olib ketish uchun 10 ming ara- va, 5 ming tuya kerak bo‗lgan. 
Faqat quyma tillaning o‗zi 120 ming talant (3144 tonna) bo‗lgan. Haqiqatan ham kichkina bir 
tog‗li Makedoniya davlatchasi cho‗pon va dehqonlari uchun bu quloq eshitmagan boylik edi. 
Bu vaqtda Baqtriya satrapligiga chekingan Doro III o‗z yaqinlari tomonidan o‗ldirildi.
Aleksandr forslarni o‗zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda qoldirdi. Bu makedon 
qo‗shinida norozilik tug‗dirdi. Doro III ning halokati urush tugashini bildirar edi. 
Girkaniyaning markazi Gekatompl shahrida ittifoqchi yunon polislarining qo‗shinlari rasmiy 
tarqatildi. Shu bilan birga, yunonlarga Aleksandrning yollanma askarlari sifatida yurishni 
davom ettirish taklif qilindi. Aleksandr o‗zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifatida 
urushni davom ettirishga ahd qildi. Aleksandr qiyinchilik bilan yurishni davom ettirishni 
istamagan qo‗shin qarshiligini yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech 
qanday qarshilik ko‗rsatmay, uning satrapi o‗z obro‗sini saqlab qoldi. 
Aleksandr mil.avv. 329-yilda Amudaryodan o‗tib, O‗rta Osiyoga kirdi. Bu yerda u mahalliy 
aholining qattiq qarshiligiga uchra- di. Spitamen boshchigida sak-massagetlar uch yil 
davomida Aleksandr qo‗shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan Aleksandr mahalliy 
zodagonlarni sovg‗a-salom bilan o‗z tomoniga og‗di- rib olishga urindi. U So‗g‗d hokimi 
Oksiartning qizi Roksanaga uylandi. Rivoyatlarga ko‗ra, Aleksandr O‗rta Osiyoda o‗z tayanch 
nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Ammo bu shaharlarning xaro- balari topilgani yo‗q. Bu 


50 
afsona bo‗lishi mumkin. Tarixda ma‘lum bo‗lganlari hozirgi Xojand shahri yaqinida 
Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) shahri, Afg‗onistonda Hirot shahri ya - qinida 
Aleksandriya Ariya shaharlaridir. 
Mil.avv. 327-yilda Aleksandr Hindukush tog‗lari orqa 
li
Hindistonga o‗tdi. Shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi bo‗yida Aleksandr qo‗shinlari 
Panjob hukmdori Por qo‗shin- lari bilan to‗qnashib, o‗zining oxirgi g‗alabasiga erishdi (mil. 
avv. 326-yil). Aleksandrning qo‗shini yurishni davom ettirishni istamay, uning buyruqlarini 
bajarmay qo‗ydi. Aleksandr qo‗shinni yurishni davom ettirishga ko‗ndirishga urindi, ammo 
qo‗shin ko‗nmadi. Ikki kunlik muzokaralardan so‗ng Aleksandr yon berishga majbur bo‗ldi. 
Vatanga qaytish to‗g‗risida buyruq berildi. Aleksandr qo‗shinlarining qaytishi ikki yilga 
cho‗zildi. Qo‗shinning bir qismi dengiz orqali, bir qismi quruqlik yo‗li orqali ortga qaytdi. 
Qo‗shinning har ik- kala qismi mil.avv. 324-yil Bobilda uchrashdi. 
Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Aleksandr makedon va forslarni 
murosaga keltirish belgisi sifatida o‗zining 10 ming askarini mahalliy aholining qizlari bilan 
ni- koh to‗yini katta tantana bilan o‗tkazdi. O‗z qo‗shini tarkibiga 30 ming fors yigitla rini 
qabul qildi. U bosib olingan hududlar- 
da o‗nlab koloniya va harbiy qo‗rg‗onlarni o‗z hokimiyatining tayanch nuqtasi sifatida barpo 
qildi. 
Makedoniyaning qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istama- gan Aleksandr o‗z davlatining 
poytaxti qilib qadimgi shahar Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini o‗rganish uchun tekshiruv- 
chi ekspeditsiya tashkil qildi. Arabiston yarim oroli qirg‗oqlarini tekshirishga buyruq berdi.
Aleksandr yurishlari natijasida g‗arbda Adriatika den- gizidan sharqda Hindistongacha, 
shimolda Kavkaz tog‗laridan janubda Nil daryosining o‗rta oqimigacha cho‗zilgan hududda 
yunon-makedonlarning yurishi sodir bo‗ldi. Aleksandr bu be- poyon hududlarni o‗z ichiga 
olgan davlat tuzmoqchi bo‗ldi. U ij- timoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi Ahmoniylar 
davla- tini eslatar edi. U mil.avv. 323-yil 32 yoshida bezgak kasalidan Bobil shahrida vafot 
etdi. Aleksandrning o‗limidan so‗ng uning lashkarboshilari o‗rtasida hokimiyat uchun kurash 
boshlandi. Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda katta-kichik davlatlar paydo bo‗ldi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish