45
mablag‗larga ega bo‗ldi. Mil.avv. 449-444-yillarda Afinaning xalq yig‗inlari va bozor
maydoni Agorada olov va temirchilik xudosi Gefestga bag‗ishlangan ibo- datxona qurilib,
ibodatxona ichida Gefestning bronza haykali qo‗yilgan.
Ayniqsa, Afina Akropolida Perikl davrida Afinada yigirma yil ichida ulugVor inshootlar
barpo qilindi. Akropoldagi Parfenon ibodatxonasi, Propiley (Akropolga kirishdagi marmar
darvo- za), G‗olib Afina ibodatxonasi, Parfenon qarshisida mil.avv. 421-406-yillarda me‘mor
Filokl bunyod qilgan, mahalliy ilohlar- ga bag‗ishlangan Erexteyon ibodatxonasi Afinaning
mashhur inshootlari bo‗ldi. Ioniy, korinf va doriy uslublarida qurilgan bu inshootlar
me‘morchilik san‘atining ajoyib namunalari bo‗ldi. Parfenonning quruvchilari Iktin va
Kallikrat nafislik va ulug‗vorlikni uyg‗unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozala- rini
qurishda me‘mor Mnesikl (mil.avv. 438-432-yillar) ioniy va doriy ustunlarini yonma-yon
qo‗lladi. Ibodatxonaning janubi- da ustun qizlarning figuralari (Kariatid) bilan almashtirildi.
At-
tikaning Pentelikoni konlarida marmar qazib olish boshlandi va bu me‘morchilik san‘atining
ravnaqiga yo‗l ochdi. Mil.avv.
V
asrning ikkinchi yarmida Afinadan tashqari Yunonistonning boshqa viloyatlarida, Janubiy
Italiya va Sitsiliyada (Agrigentda- gi Zevs ibodatxonasi, Pestdagi olti ustunlik Poseydon
ibodatxonasi) me‘morchilik inshootlari barpo qilindi.
Dastlab shaharlar rejasiz qurilgan. Faqat mil.avv. V asrdan shaharlar rejali asosda qurila
boshladi. Miletlik Gippodam shahar qurilishining rejali tizimini yaratdi. U Miletni qayta
tikladi. Afinada Pirey portini, o‗zi asoschisi bo‗lgan janubiy Italiyada Furiya koloniyasini
qurdi. Har bir shaharda akropol (mustah- kamlangan qal‘a), markaziy maydon,
hunarmandchilik ma- hallalari va minorali mudofaa devorlari bunyod qilindi. Teatr va
odeonlar (musiqali chiqishlar uchun yopiq inshoot), stadi- on va ippodrom, gimnasiy va
palestrlar (sport mashqlari o‗tka- ziladigan inshoot), pritaniya va bulevteriylar (ma‘muriy
bino) qurila boshlandi. Me‘morchilik san‘atida yangi bosqich bosh- landi. Hashamat,
ulugVorlik, yengillik va dekorativ nafislikka intilish sezildi. Yunon badiiy an‘analari Sharq
an‘analari bilan qo‗shilib ketdi. An‘anaviy doriy va ioniy uslublari bilan keyin - chalik paydo
bo‗lgan korinf uslubi ko‗proq qo‗llanila boshlandi. Kichik Osiyoda Ahmoniylarning Kariy
viloyati satrapi Mavsol sharafiga Galikarnas shahrida qurilgan maqbara ulkan yodgor - lik
hisoblanadi. Mavzoley so‗zi shundan kelib chiqqan. Galikar- nas mavzoleyida uch uslub o‗z
aksini topdi. Mavzoleyni me‘mor Satir va Pifiylar bunyod qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: