46
haqorat qilishda aybladilar. Natijada Fidiy qamoqqa hukm qilindi va u yerda vafot etdi.
Fidiyning ikki munosib shogirdi Alkmen va Agorakrit Parfenon ibodatxonasi peshtog‗i
tasvirini ishladilar.
V
Mashhur haykaltarosh Miron «Diskobol», «Afina va Marsiy» haykallari bilan
o‗zining nomini abadiylashtirdi. Uning shogirdi haykaltarosh Dimetriy an‘anaviylik va
klassikadan uzoqlashib hayotiy asarlar yaratdi. Haykaltarosh
Poliklet esa uni teskarisi
bo‗lib, o‗z asarlarida sof go‗zallikni izladi. U tanlovlarda Fidiy bilan raqobatlashdi va
uni yengdi. Uning Zevsning rafiqasi «Gera», «Nayza ushlagan o‗smir» haykallari
mukammal san‘at asarlari bo‗ldi.
V
Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri argoslik Poliklet edi.
Uning «Diodumen» asari noyob san‘at na- munasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson
gavdasining uyg‗un- ligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet ham bu nuqtani izladi.
Poliklet qonuniga ko‗ra, haykal tovonining uzunligi gavdaning 1/6 qismini, boshining
uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi kerak edi. Bu va
boshqa nisbatlarga Dorifor
haykalida qat‘iy rioya qilingan. Poliklet qonuniga keyingi yuz yil davomida haykalta-
roshlik san‘atida amal qilib keldi. Haykaltarosh Peoniyning «Ma‘buda Rika» haykali
mil.avv. V asrning noyob san‘at asar- laridan biri edi.
V
Mil.avv. IV asrda haykaltarosh Praksitelning (mil.avv. 370-340-yillar) «Germes
chaqaloq Dionis bilan», «Knidlik Afro- dita», «Kaltakesakni o‗ldirayotgan Apollon»
haykallarida nafis- lik, go‗zallik yaqqol aks etadi. Uning «Erot», «Vino quyayotgan
satir», «Dam olayotgan satir»
haykallari sevgi, bazmga bag‗ish- langan. Praksitel
barcha haykallarini marmardan ishladi. Uning «Knidlik Afrodita» haykali ayol
go‗zalligining timsoli sifatida shuhrat qozondi. Praksitelning haykallarida sokinlik
motivlari ko‗rinadi. Uning mashhur «Knidlik Afrodita» haykali bizgacha
V
yetib kelmagan. Praksitelning «Dam olayotgan Satir» haykalining yuzdan ortiq
nusxalari bizgacha yetib kelgan. Buyuk haykaltaroshning ikki o‗g‗li va nevarasi uning
ishini davom et- tirdilar. Uning o‗zi ham haykaltaroshning o‗g‗li edi.
V
Mil.avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi
davrida haykaltaroshlikda
qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, inson- ning ichki ruhiy dunyosini ko‗rsatish
asosiy yo‗nalish bo‗ldi. Shu davrning mashhur haykaltaroshlari sifatida Skopas,
Praksitel va Lisipp (makedoniyalik Aleksandrning saroy haykaltaroshi) larni aytish
mumkin. Paroslik Skopas (mil.avv. 420-355-yillar) Attika, Peloponnes va Kichik
Osiyodagi yunon shaharlarida ishladi. O‗zi me‘mor bo‗lgan
Gegeyadagi Afina
ibodatxonasi- ni haykallar bilan bezadi. Skopasning «Sevib qolgan Arey» va «Afrodita»
haykallarida inson ruhining harakati va uning eng nozik va yashirin tuyg‗ularini
ifodalashga harakat ko‗rinadi.
V
Mashhur haykaltaroshlarning orasida eng so‗nggisi va mahsuldori mil.avv. IV
asrda yashagan Lisipp edi. U marmar va metalldan ilohlar, qahramonlar, yarim
ilohlarning 1500 haykallarini yaratdi. Lisippning «To‗rt ot qo‗shilgan aravada- gi
Gelios» va «Tlet» haykallari mashur bo‗ldi. Uning «Istmiyalik poseydon», «Agiy»,
«Gerakl» haykallarida kurash ruhi singdiril- gan. U
Makedoniyalik Aleksandrning
buyurtmasi bilan «Granik yonidagi jang» haykallar guruhini yaratdi. Guruh 35
figuradan tashkil topib, ulardan 26 tasi otliq edi. Makedoniyalik Alek - sandrni marmar
va bronzada tasvirlash faqat Lisippga ruxsat berilgan edi. Lisipp Aleksandni turli
ko‗rinishda: o‗smir, erkak, jangda, taxtda o‗tirgan holda, ovda, otda tasvirladi. Mashhur
haykaltarosh
Makedoniyalik
Aleksandrning
buyustini
ham
yaratdi.
Lisipp
haykaltaroshlik san‘atida Poliklet qonunining o‗rniga yangi qonunni tadbiq qildi.
Lisippning zamondoshi afi- nalik Leoxar yunon haykaltaroshligida mumtoz usulni
tiklash- ga harakat qildi. «Belvederlik Apollon», «Gaimed!» haykallari uning asari deb
taxmin qilinadi.
47
V
Rodos orolida Agezandr, Afenodor va Polidor mashhur «La- okoon va uning
o‗g‗illari» asarini yaratdilar. Sofoklning hi- koyasiga ko‗ra,
iloh Apollon muqaddas
tepalikni oyoqosti qil- gani uchun ilohlarni Laokoonni o‗ldirishga yuboradi. Laokoon
noqonuniy tug‗ilgan o‗g‗illari bilan birga o‗ldiriladi. Lisippning shogirdi rodoslik Xares
Rodos orolida qadimgi dunyoning yetti mo‗jizasidan biri bo‗lgan xudo Geliosning 36
metrlik ulkan haykalini yaratdi (mil.avv. 216-yil). Rodosdagi kuchli zilzila
paytida bu haykal buzilib ketdi. Uning «Gerakl sher bilan» va «Apoksiomen» haykallari, bazm
qilayotgan Gerakl haykalchasi haykaltaroshlik san‘atining eng noyob namunalari hisoblanadi.
Tasviriy san‘at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Bu san‘at
janrida Sikion maktabi va Afina maktabi shakllangan edi. Tasviriy san‘atda kundalik ha - yot
va mifologiyadan olingan tasvirlar ko‗plab uchraydi. Birinchi bo‗lib mashhur yunon rassomi
tasoslik Poliklet faqat to‗rt rang: oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. Klassik davrda yunon tas -
viriy san‘atining eng mashhur namoyandalaridan biri Polignot ulkan ko‗p shaklli
kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor tasviriy san‘atda yorug‗lik soyasini kashf qildi.
U bo‗yoq bilan chizgan ko‗pgina vazalar bizgacha yetib kelgan.
Bu davrdagi Zevksid va
Parrasiy, Apelles (Aleksandrning saroy rassomi) va Nikiylar tasviriy san‘at janrida yorqin iz
qoldirdilar. Rassomlar tarixiy, harbiy, peyzaj va portret janrlarida ijod qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: