O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi


 Bazidiomitsetlar (Qav1yoyushuse1ev)



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

5. Bazidiomitsetlar (Qav1yoyushuse1ev). 
Bazidiomitsetlar zamburug‘larning yuqori 
taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. Ko‘p hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinsiy ko‘payishda 
bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta 
o‘simtalar - sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo‘ladi. Ularning 
zigotasi kattalashib, tog‘nog‘ichsimon hujayra bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyalarning 
yuqori uchida ingichka o‘simtalar-sterigmalar paydo bo‘lib, yadrolar esa ularga o‘tadi. 
Voyaga etgan bazidiya ichida 4 ta bazidiospora mavjud. Bazidiomitsetlardagi sporalarning 
ajralishi juda ajoyib kechadi. Bazidiospora yetilganidan keyin bazidiyaga o‘rnashgan 
nuqtada kichik suyuqlik tomchisi hosil bo‘ladi bu tomchi juda tez kattalashadi va 
sporaning 1/5 o‘lchamiga yetgach to‘xtaydi, so‘ngra birdaniga spora tomchisi bilan birga 
bazidiyadan otilib ketadi. Ularning keng tarqalgan vakillari shlyapali zamburug‘lardir. 
Yerning ustida shlyapali zamburug‘larning uncha katta bo‘lmagan qismi bazidiyadan 
iborat meva tanasi ko‘rinadi xolos. Zamburug‘larning vegetativ qismi to‘la tuproqqa 
yashiringan yumshoq mitseliydan iborat bo‘lib, bir necha metrgacha tarqalgan bo‘ladi. 
Plastinkali zamburug‘larning meva tanasi oyoqchada joylashgan shlyapadan iborat, u esa 
zich taxlangan gifalardan tashkil topgan. Shlyapaning ostki tomonida radial plastinkalardan 
iborat va ularning har biri minglab bazidiya tutadi. Bazidiyalar havo bo‘shlotiga chiqariladi 
va 
shamol 
yordamida 
yerga 
tushadi. 
Shlyapali 
zamburug‘lar 
yetilganda 
bazidiyasporalarning juda katta miqdori ajraladi. 
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida iste‘mol qilinadigan shampinyonlar, 
veshenoklar va boshqa zamburug‘larni sanoat miqyosida ko‘paytirish avj olmoqda. 
Fermentlarning chuqur sharoitida zamburug‘lar mitseliysini olish usullari ishlab 
chiqilmoqda. 
Bazidiomitsetlarga bo‘qoq (trutovqe) zamburug‘lar ham kiradi. Bu zamburug‘lar 
asosan daraxtlarda o‘sadi va yog‘ochni parchalaydi. Daraxtlarda bo‘qoq zamburug‘larining 
mitseliysi ularning asos qismida o‘sadi, daraxt tashqarisiga zamburug‘larning meva tanasi 
chiqadi. Bunday meva tanalarining ostida bazidiosporalardan iborat bazidiyalar joylashgan. 
Ko‘pchilik bo‘qoq zamburug‘lar binolarning yog‘ochli qismini tuproqqa yakin 
joylashgan yerlarini, omborlarni, bino yerto‘lalarini yog‘och qismlarini, bochkalarni va 
boshqa predmetlarni zararlaganligi uchun uy zamburug‘lari deb ham ataladi. Ularning 
orasida kuchli zarar yetkazgani uy zamburug‘idir. Yog‘och tez yumshaydi va chiriydi. 
Yuqori namlikda bu jarayon tez o‘tadi, chunki zamburug‘ mitseliysini daraxtning 
zararlanmagan qismiga o‘tkazishga amalga oshiradigan uzun qayishlar hosil qiladi. Uy 
zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Ayrim bazidiomitsetlar ko‘p hujayrali bazidiyalar hosil qiladi. Ko‘p hujayrali 
bazidiya tutuvchi bazidiyali zamburug‘larga dala, poliz va bog‘
ekinlariga zarar 
yetkazuvchi tekinxo‘r zamburug‘lar kiradi. Ular meva tanalari hosil qilmaydi. Iqtisodiy 
jihatdan katta zarar yetkazganlari qorakuya va zang zamburug‘laridir. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish