O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Immunitet haqida tushuncha. 
Tirik organizmlar kasallik qo‘zqatuvchi mikroblar 
ta‘siriga turlicha chalinadilar. Kasallik qo‘zqatuvchi mikroorganizm ta‘siriga organizmning 
qarshi tura olish qobiliyatiga kasalikka chalinmaslik yoki immunitet deyiladi.
Immunitet organizmning irsiy va orttirilgan xususiyatlari majmuidan iborat. 
Patogen mikrob va makroorganizmlarning o‘zaro munosabatlari murakkab va 
turlicha bo‘ladi. Odam va hayvonlar organizmlari mikrob va ularning toksinlariga qarshi 
kurashuvchi mudofaa xususiyatiga ega. Bunday mudofaa vazifasini shikastlanmagan teri, 
shilimshiq qavat, og‘iz, burun, nafas olish yo‘li, ichak kabi organlar bajaradi. Bular nafaqat 
mikroorganizmlarni ushlab qolib ularning organizm va to‘qimalarga tushish oldini oladi, 
balki o‘zlaridan mikroblarga halok etish darajasigacha ta‘sir ko‘rsatadigan maxsus 
moddalar ishlab chiqaradi. Teri bakteritsidlik xususiyati uning tozalilik darajasiga bog‘liq. 
Makroorganizm chiqaradigan ayrim suyuqliklar (so‘lak, ko‘z yoshi, ichak suyuqligi) ham 
bakteritsidlik xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar ularda maxsus lizotsim fermenti 
mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi. Lizotsim mikroorganizm hujayrasi lizisiga olib keladi. 
Oshqozon suyuqligi kislotali muhitga ega bo‘lgani sababli ko‘pgina mikroblarga halok 
etuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Patogen mikroblarga qarshi kurashishda organizmning eng effektiv vositalaridan biri 
uning ayrim hujayralari faoliyatidir. Organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi 
bardoshliligini yaratishda hujayra roli haqidagi ta‘limot I.I. Mechnikov tomonidan 
yaratilgan. U qonning ayrim hujayralari mikroblarni ushlab olish va hazm qilishga 
qodirligini isbotlagan. (Bunda organizm mikroblardan xalos bo‘ladi.) Bunday hujayralar 
fagotsitlar, hodisaning o‘zi esa fagotsitoz deyiladi. 
Patogen mikroblardan organizmning mudofaasida qon zardobi muhim o‘ringa ega. 
Kasalning qon plazmasida tabiatda mavjud antimikrob moddalardan tashqari organizmga 
tushgan kasallik qo‘zqatuvchi mikrob va uning toksinlarini inaktivatsiya qiluvchi oqsil 
tabiatli spetsifik moddalar hosil bo‘ladi. Bunday mudofaa moddalari antitanalar deb 
ataladilar. Antitanalar turli xil to‘qima va organlar (so‘lak, limfatik bez, ilik)da ham ishlab 
chiqariladi. Antitanalar faqat patogen yoki uning toksini organizmga tushgandagina ishlab 
chiqarilmaydi, balki ular organizmga boshqa moddalar, masalan, begona tabiatli oqsil 
moddasi, begona organizmning qon zardobi va sh.boshqalar tushganda ham ishlab 


91 
chiqariladi. Antitana ishlab chiqarilishini keltirib chiqaradigan hamma moddalar antigenlar 
deyiladi. 
Antitananing mikrob va antigenlar bilan o‘zaro ta‘sirlanish reaksiyasi turli xil sodir 
bo‘lishi mumkin. Masalan, bakteriolizin bakteriyalar lizisini, agglyatininlar mikrob 
hujayrasining bir-biriga yopishib qolishini, antitoksinlar toksinlarning neytrallashini 
keltirib chiqaradi. 
Antitana va antigen orasidagi reaksiya yuqori sezgirlikka va spetsifik xarakterga ega, 
ya‘ni ma‘lum antitana faqat uni organizm tomonidan ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atgan 
antigen bilan ta‘sirlashadi. 
Makroorganizm mudofaasida tananing doimiy va normal mikroflorasi ham katta 
ahamiyatga ega. Mikrofloraning ko‘pgina vakillari patogen mikroorganizmlarga nisbatan 
antagonistik va antibiotik xususiyatga ega. Markaziy nerv sistemasi ham juda katta o‘rin 
tutadi. U organizm fiziologik funksiyalarining kordinatori va boshqaruvchisi (shu 
jumladan, fagotsitoz jarayonini boshqaruvchi va antitanalar ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yuvchi) bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan organizm xususiyatlari mudofaaning nospetsifik 
chidamliligini belgilaydi. 
Immunitet tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma immunitet – organizmning ma‘lum 
patogenlarga chalinmaslik qobiliyati bo‘lib, u avloddan avlodga ko‘chiriladi va ma‘lum bir 
turlarga xos bo‘ladi. Masalan, odamlarning hayvonlar ayrim kasalliklariga chalinmasligi va 
aksincha. 
Orttirilgan immunitet yuqumli kasallik bilan kasallanib sog‘aygandan so‘ng hosil 
bo‘lgan tabiiy va organizmga spetsifik biopreparatlar – vaksina va zardoblar – kiritilishi 
natijasida hosil bo‘lgan sun‘iy immunitetlarga bo‘linadi. 
Sun‘iy immunizatsiya organizmga saqlovchi emlash deb nomlanuvchi virulentligi 
susaytirilgan tirik mikrob yoki o‘ldirilgan patogen mikrob va zararsizlantirilgan toksin 
anatoksin)dan iborat preparat kiritish bilan amalga oshiriladi. Makroorganizmda sun‘iy 
ravishda chalinmaslikni keltirib chiqaruvchi turli emlash materiallari vaksinalar deyiladi. 
Vaksina bilan organizmga ishlov berish vaksinatsiya (immunizatsiya) deyiladi. Bu 
tibbiyotda va veterenariyada kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga kurashda qo‘llaniladigan 
eng asosiy usullardan biridir. 
Vaksinalar qo‘llash natijasida yuzaga kelgan orttirilgan sun‘iy immunitet faol 
immunitet deyiladi. Chunki vaksina kiritilganda patogen mikroorganizm va uning 
toksinlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan organizmning mudofaa kuchi va funksiyasi faol 
ravishda qayta quriladi, ko‘p miqdorda antitana ishlab chiqariladi, fagotsitar faolligi 
kuchayadi. 
Organizmga mudofaa qilish tayyor moddalari (antitana) zardob shaklida 
kiritilishidan hosil bo‘lgan orttirilgan immunitet passiv immunitet deyiladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish