8-rasm. Virus va bakteriofagning elektron tasviri: a) oddiy virionning sxematik tasviri: 1-nuklein kislota; 2-kapsid; 3- kapsomer; b) bakteriofag; v) fag to’zilishining sxemasi: 1-boshcha; 2-DNK; 3- o’simta; 4-sterjen; 5-o’simta plastinkasi; 6-ipcha. Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi . Viruslarning fiziologiyasi va kimyoviy
tarkibini o‘rganish ularning hujayralari tozalash va ularning konsentratsiyasini oshirish
metodlarini yaratilgandan keyin imkoniyati yaratildi. Hozirga paytda viruslarni tozalash
differensial sentrifugalash uslubi yordamida amalga oshiriladi. Bunda virusni ajratib olish
uchun o‘rganilayotgan to‘qima va alohida hujayrani parchalanadi va virus hujayrasi
sentrifugada 15000-200000 ayl/min da cho‘ktiriladi. Cho‘kmaning ustida joylashgan virus
zarrachalari tutuvchi suyuqlik sentrifugada 60000-105000 ayl/min cho‘ktiriladi. Natijada
oqsillardan 90 % gacha tozalangan virus preparati olinadi. Bundan tashqari viruslarni
tozalash uchun ultrafiltratsiya, turli xil adsorbentlarni qo‘llash uslublari qo‘llanilmoqda.
Adsorbentlar sifatida kaolin, hayvon ko‘miri, eritrotsitlar va ionalmashinuvchi smolalardan
foydalaniladi.