Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad.
Agarli muhitda o‗sgan bakteriyalar koloniyasini
kattaligini, cheti va yon tomondan ko‗rinishini o‗rganish va ularga ta‘rif berish; bakteriya
preparatini tayyorlash, hujayra shaklini, harakatchanligini, sporasi borligini aniqlash.
Asbob va uskunalar:
biologik mikroskop, spirt lampasi yoki gaz gorelkasi, buyum
oynasi, bakterial ilmoq, bo‗yoqlar, suvli idish, bakteriya koloniyasi bor Petri likopchasi.
Laboratoriya ishini bajarish usuli:
1.
Quyuq ozuqa muhitli Petri likobchasida
o‗stirilgan bakteriyalar koloniyasini o‗rganish va ta‘rif berish; natijalarni 1-jadvalga yozib
qo‗yish.
Bakteriyalarning qattiq muhitda o‗sishi
. Mikroorganizmlarni tasniflash maqsadida
Petri likopchasidagi quyuq muhitga va probirkadagi qiya agarga toza kultura ekiladi. Petri
likopchasida bakteriyalar yuzada, chuqurda va tubida o‗sayotgani farq qilinadi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |