O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Shartli-patogen 
bakteriyalar 
tomonidan 
qo‘zg‘atiladigan 
oziq-ovqat 
toksikoinfeksiyalari.
Odamning terisi, ichagi, nafas olish yo‘llarida yashovchi 
mikroorganizmlar 
odam 
yashashining 
normal 
fiziologik 
sharoitlarida 
kasallik 
qo‘zg‘atmaydilar. Lekin organizm kuchsizlanganida ular kasallik qo‘zg‘ata oladilar. 
Shuning uchun bunday mikroorganizmlar shartli-patogenlar deyiladi. Ayrim shartli-


95 
patogen mikroorganizmlar endotoksinlar ishlab chiqaradi. Bu mikroorganizmlar bilan 
kuchli infeksiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. 
Shartli-patogen 
bakteriyalar 
qo‘zg‘atadigan 
zaharlanish 
salmonellyoz 
toksikoinfeksiyasi singari kechadi.
Toksikoinfeksiya yuzaga kelishi uchun mahsulotda yuqori titrli (1gr mahsulotda 10
5
-
10

ta hujayra) toksigen bakteriyalar bo‘lishi kerak.
Shartli-patogen bakteriyalar ichidan oziq-ovqat toksiko-infeksiyasini chaqiradigan 
ichak tayoqchasi, protey, perfringes, enterokokkilar va batsilla sereus muhim ahamiyatga 
ega. 
Ichak tayoqchasi Escherichia coli odam yo‘g‘on ichagi mikroflorasining doimiy 
normal yashovchisi bo‘lib hisoblanadi. Ichak tayoqchasi uning uchun tabiiy bo‘lgan muhit 
- odam yo‘g‘on ichagida yashab, inson hayotiga ijobiy rol o‘ynaydi. Ular odamga zarur 
bo‘lgan vitaminlar («V» guruhi, «K» va boshqalar)ni, ayrim ichak infeksiyalari 
(dizenteriya, qorin bo‘shlii tifi)ni qo‘zg‘atuvchilarga antibiotik ta‘sir etuvchi modda – 
kolitsinlarni sintez qiladilar. 
E. coli ning ayrim turlari ma‘lum sharoitlarda patogenlik xususiyatini namoyon 
qiladilar. Organizmning mudofaa funksiyasi zaiflashganda ular ichakdan boshqa 
organlarga o‘tib turli xil yallig‘lanish jarayonlari (peritonit, sistit va boshqalar)ni 
qo‘zg‘atadilar. Escherichia coli ning bunday shartli-patogen varianti bilan birgalikda 
odamlarda o‘tkir ichak kasallik (gastroenterit, kolienterit)lari va oziq-ovqat 
toksikoinfeksiyasini qo‘zg‘atuvchilari ham mavjud. Oziq-ovqatga bu mikroblarning 
tushishiga kasal (yoki batsilla tashuvchi) odam yoki issiq qonli hayvonlar sababchi bo‘ladi. 
Escherichia coli bakteriyasi Enterobacteriaceae oilasiga kiradi. Bular harakatlana 
oladigan, gramsalbiy, spora hosil qilmaydigan fakultativ anaerob tayoqchalar. 
Hujayrasining shakli va o‘lchami sharoitga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgaradi. 
Escherichia coli glyukozani kislotalar va gazlar hosil qilib bijitadi. Ko‘pgina 
shtammlari laktozani ham bijg‘ita oladi. Rivojlanishi uchun optimal harorat 37 
o
C, lekin 
40-45 
o
C haroratda ham yaxshi rivojlana oladi. 60 
o
C haroratgacha qizdirilganida 15-20 
min da, 75 
o
C da – 4-5 min da halok bo‘ladi. Rivojlanishining minimal harorati 5-10
o
C, 
lekin 0
o
C da ham rivojlana oluvchi shtammlari mavjud. 
Rroteus (protey) Enterobacteriaceae oilasi vakili. Tabiatda (tuproq, suv, oziq-ovqat 
mahsulotlari) va odam ichagida uchraydi. 
Protey shartli-patogen mikroorganizmlarga taalluqli bo‘lsada, ayrim vakillari 
patogen xususiyatlariga ega bo‘lib, yallig‘lanish jarayonida ishtirok etadi. Shu bilan birga 
enterotoksinlar hosil qiluvchi vakillari ham mavjud. Protey faol rivojlangan oziq-ovqat 
mahsuloti toksikoinfeksiya turidagi zaharlanishga olib keladi. Ko‘proq go‘sht va baliq 
mahsulotlar bunday zaharlanishga sababchi bo‘ladilar. 


96 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish