YII. amaliyotining mazmuni
amaliyotining mazmuni uning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, tashabbuskor, tadbirkor va yuqori malakali mutaxassis, ya’ni iqtisodchi bo‘lib etishishiga ko‘maklashishdan iboratdir. CHunki talaba amaliyoti davrida universitet auditoriyalarida egallagan nazariy bilimlarini amaliy ish bilan to‘ldirib va mustahkamlab mustaqil ishlashga o‘rganadi. Talaba amaliyoti davrida amaliyot o‘tish grafigiga asosan quyidagilarni o‘rganishi shart:
YII.1. Korxonaning umumiy tavsifi. Korxonaning boshqaruv tuzilmasi va bo‘limlari faoliyati bilan tanishish
Korxona Nizomi bilan to‘la tanishish, uning nizom jamg‘armasi, bajaradigan ishlari, O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi, boshqaruv tuzilishi, tarkibi, ishlab chiqarish va yordamchi maydonlari, korxonaning maqsadi va vazifalari.
Bo‘lg‘usi iqtisodchi korxona boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muoviniga asosiy rezerv kadr hisoblanganligi uchun talabalar bu sohani chuqur o‘rganishlari zarur.
Korxonaning mulkchilik shakllarini o‘rganadi, ularni rivojlantirish yo‘llarini tahlil qiladi. Korxonani boshqarish tarkibini tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |