«Ishlab chiqildi»
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
___________ dots. O.Sattorqulov
Kafedra yig‘ilishining 202_ yil ___ avgustdagi __-sonli bayonnomasi
Tuzuvchilar:
A.Burxanov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
S.Mamajanova - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi
SH.Maxmudov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi
K.Raxmatov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi: i.f.n., dotsent Sattorkulov O.T.
1. KIRISH
Ushbu amaliyot dastur O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyot haqida Nizom»ning (OO‘MTV ning 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3. bandiga muvofiq 5230100 – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.
Hozirgi kunda respublikada ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda amaliyotning o‘rni beqiyos.
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalarining amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalari amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblandi.
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalarining amaliyoti IV – semestrda, ya’ni 2021 yil 5 apreldan boshlanib, 2021 yil 1 maygacha davom etadi, umumiy amaliyot davri - 4 hafta (24 ish kuni) bo‘ladi. Mazkur ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejasiga binoan amaliyot uchun ajratilgan 4 hafta davomida jami 144 soat, ya’ni haftasiga 36 soatdan amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga kun, har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan vaqtda talaba o‘z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |