2.UMUMIY QOIDALAR
2.1. AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Talabalar amaliyoti bakalavrlarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
amaliyotning asosiy maqsadi - talabani bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash hisoblanadi.
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalarining amaliyotini tashkil etishda talabalarning Korxonalarning turlari va shakllari. Korxonanin tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari. Korxonada mehnatni tashkil etish asoslari. Korxona faoliyatida boshqaruv tizimi va tashkiliy strukturasi. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi to‘g‘risidagi olimlarning fikri va tadqiqotlari va, shuningdek, ish o‘rinlarini tashkil etish va rejalashtirish to‘g‘risida fikrlar umumlashtiriladi. Korxona missiyasi. Korxona etikasi. Korxona tanlab olgan qadriyatlar yo‘nalishi. Biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsadning biznes tizimidagi beshta funksiyasi. Maqsadlarning mazmuni va shakliga qo‘yiladigan talablar. Biznes-rejaning axborotlar manbai. Biznes-reja tuzilmasini tanlash. Mehnat faoliyatini tashkil etishning asoslarini, mehnatni tashkil etish va uni inson faoliyatidagi o‘rnini o‘z ichiga oladi. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi to‘g‘risidagi olimlarning fikri va tadqiqotlari va, shuningdek,ish o‘rinlarini tashkil etish va rejalashtirish to‘g‘risida fikrlar umumlashtiriladi. Rejalashtirish va bashorat qilish tushunchalari. Korxona (firma)da rejalashtirish tizimi. Nima ishlab chiqarish, kimga va qancha ishlab chiqarish. Ekstrapolyasiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy matematika, ekspertli baholash, korrelyasion va boshqa rejalashtirish usullari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va prognozlashning ob’ektiv zaruriyati. Rejalashtirish va prognozlashning maqsadi, funksiyalari va vazifalari. Iqtisodiy tahlilning vazifalari. Bir maqsadli prognozning vazifasi. Rejalashtirish va prognozlashningt normativ asosi. Norma va normativ tushunchalari, asosiy guruhlari va xo‘jalik boshqaruvida tutgan o‘rni. Normativ asosning tasniflanishi va maqsadlari. agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari va tarkibi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlari. Agrosanoat majmuasini mamlakatni oziq-ovqat xafsiziligini ta’minlashdagi o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasini boshqarish tizimi. Agrofirma faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari. Dehqon xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari. Fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.
amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Talaba tomonidan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rgatish.
5. amaliyot davomida mustaqil qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rgatish.
6. amaliyot davomida o‘rganilayotgan yo‘nalish bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish.
7. Ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash.
8. Amaliyot hisobotini tayyorlash uchun kerakli materiallarni to‘plash va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |