2.2. AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI
amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondoshishi zarur. Shuningdek, «Talabaning kalendar ish rejasi» aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
№
|
Mavzular nomlanishi
|
Muddati
|
izox
|
|
Korxonani umumiy tavsifini o‘rganish. Korxonaning boshqaruv tuzilmasi va bo‘limlari faoliyati bilan tanishish
|
5.04 - 6.04.
(2 kun)
|
|
|
Ishlab chiqarish bo‘limi faoliyatini o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish rejalarining bajarilishini tahlil qilish
|
7.04-8.04
(2 kun)
|
|
|
Marketing bo‘limi faoliyatini o‘rganish
|
9.04-10.04
(2 kun)
|
|
|
Mehnat va ish haqi bo‘limi faoliyatini o‘rganish
|
12.04-14.04
(3 kun)
|
|
|
Korxona personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish
|
15.04-16.04
(2 kun)
|
|
|
Korxona buxgalteriyasi faoliyatini o‘rganish
|
17.04-22.04
(5 kun)
|
|
|
Aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasini o‘rganish
|
23.04-24.04
(2 kun)
|
|
|
Korxonaning moliyaviy holatini o‘rganish
|
26.04-28.04
(3 kun)
|
|
|
Korxonaning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘limlari faoliyatini o‘rganish
|
29.04-30.04
(2 kun)
|
|
|
Amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash
|
1.05
(1 kun)
|
|
Y. Amaliyotga rahbarlik va uni nazorat qilish
Talabaning amaliyotini o‘tish jarayonida bajarayotgan ishini nazorat qilib borish uchun unga korxona tomonidan rahbar tayinlanadi. Rahbar korxona boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini yoki iqtisodiy bo‘limlarning boshliqlari bo‘lishi mumkin.
Kafedra tomonidan tayinlagan amaliyot rahbari talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlikni tashkil etish uchun amaliyot ob’ektlariga amaliyot boshlanishidan oldin boradi, amaliyotni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy tadbirlar (amaliyotga yuborish buyrug‘i, amaliyotni o‘tkazish tartiblari, xavfsizlikka rioya etish qoidalari haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazilishini ta’minlaydi, talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi, amaliyot ob’ektlarida talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini, talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi, amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlarida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi, talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning amaliyot o‘tish davridagi bajargan ishlari haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar o‘tagan amaliyot natijalari hisobotini, amaliyotni tashkil qilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi. Amaliyotni tashkil etishda uchragan barcha muammolarni amaliyot ob’ekti rahbariyati tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |