Bu oilaga Limono’t-
Melissa, Jambil-
SatuAsosiy savollar, Tog’jambil-
Thymus,
Issop –
Hyssopus, Tog’rayhon-
Origanum, Devortagio’t-
Marrubium, Arslonquloq –
Leonurus, Bozulbarg-
Lagochilus ham kiradi.
Mavrak-Salvia. Ko’p yillik o’t yoki chala buta. O’rta Osiyo tog’larida keng
tarqalgan. Gullari ikki labli, changchilari ikkita. O’zbekistonda 15 turi o’sadi.
Rayhon-
Osimum basilicum. Bir yillik o’t o’simlik bo’lib, oq rayhon, qora
rayhon, osh rayhon turlari juda mashqurdir. Rayhon manzarali va zirovar o’simlik
sifatida ekiladi.
Qo’ziquloq-
Phlomis. Ko’p yillik o’simlik bo’lib, tog’ va tog’ etaklarida keng
tarqalgan.
Kiyik o’t –
Ziziphora. O’zbekistonda 7 xil turi tarqalgan. Ular ko’p yillik va bir
yillik o’tlardan iborat. Kiyik o’t tarkibida efir moylari ko’p bo’lgani uchun, ulardan
dorivor va zirovar o’simlik sifatida foydalaniladi.
Turkum.
Yalpiz - Mentha L.
Tur.
Dala yalpiz - Mentha arvensis L.
Dala yalpiz - Mentha arvensis L. O’zbekistonda 45 turi o’sadi. Yalpiz ko’p
yillik o’t o’simlik. Poyalari tik o’suvchi, to’rt qirrali, shoxlangan, balandligi 30-100
sm. Barglari lantsetsimon yoki cho’ziq-tuxumsimon, o’tkir uchli, arrasimon yoki
tishsimon qirrali bo’lib, poya va shoxlarida qisqa bandi yordamida qarama-qarshi
(shoxlari ham) o’rnashgan. Gullari poya uchida xalqasimon to’pgulni tashkil etgan.
Mevasi tuxumsimon sillik, to’rtta yong’oqcha. Iyun - avgust (qalapir yalpiz avgust -
oktyabr)
oylarida gullaydi, mevasi iyul - sentyabrda etiladi.
Tur. Osiyo yalpizi - Menthe aziatica
Osiyo yalpizi ko’p yillik o’t. Bo’yi 60-100 sm. Poyasi to’rt qirrali, tik o’suvchi,
shoxlangan va tuklar bilan qoplangan. Bargi lantsetsimon yoki cho’ziq arrasimon
qirrali, o’tkir uchli, bandsiz yoki qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan.
Gullari poya uchida halqasimon to’pgulni tashkil etgan. Mevasi -tuxumsimon silliq,
to’rtta yong’oqcha. Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentyabrda etiladi.
Xalq tabobatida yalpiz qadimdan ovqat hazm bo’lishini yaxshilash, ko’ngil aynishi,
oddiy va qon aralash qusishni to’xtatish, qon oqishini to’xtatish va organizmdan
gijjalarni tushirish uchun qo’llaniladi . Ularning bargini o’z vaqtida Ibn Sino ham shu
va boshqa kasalliklarni (qobirg’alardagi va ichaklardagi og’riqlarni to’xtatish,
me'dani mustahkamlash, qontalashlar, siydik va o’t-safro haydash, bosh og’riqini
qoldirish, terlatuvchi vosita sifatida hamda boshqalarni) davolashda ishlatgan.
Ovqatga yalpiz turlarining bargi ziravor o’simlik sifatida ishlatiladi. Yalpizni yangi
uzilgan holida boshqa ko’katlar bilan birga ovqatdan oldin dasturxonga qo’yiladi.
Ular ovqatga yog’imli, ishtaqa ochuvchi xushbo’y hid beradi va qovurilgan go’shtli
taomlarning ta'mini yaxshilaydi. Yalpiz bargini dimlangan karam, sabzi, ko’k no’xot,
turli meva va sabzavotlardan tayyorlangan suyuq ovqatlarga, marinadlar, garnirlarga
hamda go’sht va baliqli taomlarga yalpiz bargi solinadi.
Yalpiz bargi va uni efir moyidan sovuq ichimliklar, likyor hamda mappasi, kanfet,
pryanik, pechene va boshqa qandolat (konditer) mahsulotlarini tayyorlashda
foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda yalpiz bargidan tayyorlangan qaynatma yoki uning shirasi
tabobatda o’t (siydik va jigarning boshqa kasalliklarida) va siydik (istisqo, buyrak va
siydik yo’llari tosh kasalligida) haydovchi, balg’am ko’chiruvchi (yo’tal va ko’krak
og’riqida), organizmdan gijjalarni tushiruvchi va chanqoqni bosuvchi vosita sifatida
qo’llaniladi. Yalpiz efir moyining kristall qismi - mentolning moyidagi eritmasini
burun yallig’lanishi - tumov (rinit) va burun bitib qolganda (burun bilan nafas olish
qiynlashganda) burunga, quloq shamollab og’riganda quloqqa tomiziladi. Mentolning
moyidagi eritmasi yana tomoq va nafas olish yo’llari hamda tish og’riqiga davo
qilinadi. Mentoldan boshning qattiq og’riqi - migrenni davolashda qo’llaniladigan
migren qalami tayyorlanadi. Mentol nafas yo’llari kasalligida ishlatiladigan ingofen
va stenokardiyani davolashda qo’llaniladigan validol preparati tarkibiga kiradi.
Farmatsevtika amaliyotida yalpiz suvi yordamida ba'zi suyuq dori turlarining
yog’imsiz hid va mazasi yaxshilanadi. Yalpiz bargi tinchlantiruvchi, o’t haydovchi,
me'da kasalliklarida qo’llaniladigan yig’malar - choylar tarkibiga kiradi. Xalq
tabobatida bu o’tning qaynatma va damlamalari melanxoliyada, ovqat hazmi buzilgan
mahallarda, asab sistemasini mustahkamlash va yurak ishini quvvatlash uchun,
shuningdek, siydik el haydaydigan, terlatadigan, og’riq qoldiradigan, talvasalarga
qarshi vosita tariqasida qo’llaniladi .
Turkum. Limono’t - Melissa L.
Do'stlaringiz bilan baham: