O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari



Download 11,23 Mb.
bet46/133
Sana25.02.2023
Hajmi11,23 Mb.
#914592
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
Bog'liq
portal.guldu.uz-M`ajmua

Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:

  • Xromoplastlar va leykoplastlar hujayra hayotidagi ahamiyati

  • Plastidalarning hosil bo’lish jarayoni

  • Fotozintez jarayonini izohlang

  • Xlorofil pigmentlari umuman mavjud bo’lmagan o’simliklar bormi?



MA’RUZALAR KURSI
MODUL-10 MITOXONDRIYANING TUZILISHI VA VAZIFASI
MAVZU:MITOXONDRIYANING TUZILISHI VA VAZIFASI
REJA:
1. Mitoxondiryalarning kashf etilishi.
2. Mitoxondriyalarning hujayradagi ahamiyati
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:Mitoxondriya, ATF, ADF energya, membrana, DNK, oqsil, xondrioma, matriks, kristalar, uglevod, yog’lar.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Mitoxondiryalarning paydo bo’lishidagi gipotezalardan to’g’ri hulosa chiqarishi
1- savol bayoni: Mitoxondriya dastlab, 1902 yilda Benda tomonidan ochildi. Barcha organizmlarning hujayralarida topilgan. Ularning soni, kattaligi va shakli turli hujayralarda turlicha. Yorituvchi mikroskoplarda yaxshi ko’rinadi, ammo ularning nozik tuzilishlari elektron mikroskop yordamidagina aniqlandi.
Mitoxondriyalar tashqi membrana bilan koplangan. Uni ostida esa ichki membrana joylashgan. Har bir membrana 3 qavatli tuzilishga ega. Tashki va ichki membranalar orasida torgina bo’shliq bo’ladi. Har ikkala membrana mitoxondriyani po’stini tashkil etadi.
Ichki membranadan mitoxondriyaning ichki bo’shlig’iga qaragan o’simtalar chiqadi, bular taroqlar yoki kristlar deb ataladi. Bular ATF hosil qiluvchi yuzani kengaytirish uchun xizmat qiladi. Mitoxondriyaning ichki bo’shlig’i gomogen modda bilan to’lgan bo’lib, u matriks deyiladi. Oxirgi vaqtda mitoxondriyani matrikisida ribosomalar topildi.
Mitoxondriyalar murakkab tuzilishga ega bo’lib, ularning tarkibida oqsillar, lipidlpr va nuklein kislotalari bor. RNK va DNK lar oz miqdorda bo’ladi, va o’zining maxsus fermentlari-oqsillarni sintezida qatnashadi. Bu mitoxondriyalarda DNK sintez qilinishidan darak beradi.
Ohirgi vaqtlarda mitoxondriyaning funksiyasi mufassal o’rganildi. Ularda energiya ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan fermentlar sistemasi borligi aniqlangan. Shuning uchun mitoxondiriyalarni hujayraning “Energetika sistemasi” deb nomlash mumkin. Fermentlar ta’sirida uglevodlarni, aminokislotalarni, yog’ kislotalarini oksidlashdan chiqqan energiyalar hujayra tomonidan bevosita ishlatilmay mitoxondriyalarda sintezlanadigan ATF da yigiladi.
Mitoxondriyalar yangidan kelib chiqmaydi, balki avvalgilardan bo’linish natijasida hosil bo’ladi. Oxirgi ma’lumolarga ko’ra mitoxondriyani hosil bo’lishida yadro qobiqi va nukleoplazmalar ishtirok etadi.
Mitoxondriylar o'simlik va hayvonlar hujayralarida tuzulishi va bajaradigan vazifalariga ko'ra umuman olganda bir xil bo'lib ayrim tomonlari bilan farqlanadi holos. Yorug'likdan foydalanib ishlatiladigan mikroskoplarda mitoxondriylar ko'rinmaydi. Fazo-kontrast mikroskoplarda uni tirik hujayralarda ko'rish mumkin. Ularni kattaligi 2,5-5 mkm, kesmasi esa 0,5-1 mkm keladi.
Mitoxondriylarning shakli, kattaliklari, ularni soni va bu organellalarning sitoplazmadagi holati doimo o'zgarib turadi. ular donador, tayoqcha yoki ip shaklida bo'lib doimo harakatda turadi. elektron mikroskoplarda ular odatda cho'ziq yumaloq yoki kamdan kam hollarda gantelsimon, piyolasimon, tarmoqlangan ko'rinishlarga ega.
Hujayrada mitoxondriylarning soni uning xili, rivojlanish bosqichi va holatiga bog'liq bo'ladi. Odamda bir necha donadan bir necha yuzlab, ko'pincha minglab miqdorda. Ayrim suv o'tlarida bitta mitoxondriy bo'lsa, ajratuvchi hujayralarda juda ko'p. Hujayradagi mitoxondriylarning majmuiga xondrioma deyiladi.
Elektron mikroskop yordamida uning tuzilishi aniqlangan. mitoxondriy qo'sh-tashqi va ichki membrana bilan o'ralgan ularning orasidagi bo'shliq (10 nm ga yaqin) suyuqlik bilan to'lgan. tashqi membrana mitoxondriyni sitoplazmadan ajratib turadi va moddalar almashinuvini boshqaradi. Ichki membrana tashqisidan ximiyaviy tarkibi bilan farqlanadi. Ichki membrana mitoxondriy ichiga yo'nalgan turlicha uzunlikdagi yassi o'simta yoki naycha ko'rinishidagi mitoxondriy kristalari deb ataladigan o'simtalarni hosil qiladi. Kristalar orasi matriks gomogan tuzulma bilan to'lgan.
Kristalar bu organellalarning mahsus faolligi bilan bog'liq. Ular mitoxondriy ichki membranasining yuzasini ancha kattalarshtiradi. o'simliklar mitoxondriylaridagi kristalar ma'lum tartibdagi yo'nalishga ega emas, odatda tartibsiz joylashganday ko'rinadi. Kristalar orasidagi matriksda gialoplazmadagiga nisbatan maydaroq tuzilgan ribosomalar, ingichka iplar-mitoxondriy DNKsining fibrillari bo'ladi.
Mitoxondriylarning asosiy vazifalari-ATFni ADF dan hosil qilish, ya'ni boshqacha aytganda hujayrani energiyaga bo'lgan talabini qondirish hisoblanadi. Mitoxondriylardan ajralgan energiyaga boy ATF molekulalari hujayraning hayotiy faoliyatini ta’minlashda, uni bo'linishida, moddalarni shimish va ajratish yo'li, sintez jarayonlarida foydalaniladi. bu jarayonda ATF yana qaytadan ADF ga aylanadi va u yana mitoxondriylarga qaytadi. Mitoxondriylar xloroplastlar bilan hujayrani energiyaga bo'lgan deyarli barcha talablarini xloroplastlar bo'lmagan hujayralarda yakka o'zlari qondiradi.


Download 11,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish