3- savol bayoni: Ma'iumki, tirik tabiatda uchraydigan biologik jarayonlar ichida fotosintez o'zining ko'lami va mohiyati bilan asosiy o'rinni egallaydi. Muhit moddalaridan biologik moddalami hosil qilish jarayonlarini birgalikda assimilatsiya nomi bilan birlashtirish mumkin. Assimilatsion jarayonlar natijasida tirik materiyaning asosiy komponentlari tuziladi va ulaming ko'pchiligi uglerodli birikmalardir. Organik moddalaming biologik sintezi assimilatsiyaning eng muhim jarayoni-uglerod assimilatsiyasi deb ataladi. Fotosintezda hosil bo'luvchi organik moddalar o'z ishiga quyosh energiyasi hisobiga o'simlik tomonidan yig'ilgan energiyani va o'zlashtirilgan moddalami oladi. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan energiya biosferadagi tiriklik manbayining asosi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda yashil o'simliklar yerdagi hayotning manbasi bo'Jib xizmat qiladi. Fotosintez jarayoni tufayli planetamizdagi energiyaning eng ko'p miqdori zaxiralanadi. Yashil o'simliklar yil davomida fotosintez natijasida 100 mid tonnadan ortiq organik massani hosil qiladi. F otosintez jarayonida yer sharimizga yetib kelayotgan quyosh energiyasining 45.1013 megakaloriya qismi fotosintezning turli ko'rinishdagi mahsulotlari sifatida jamlanadi. Ushbu jarayonda yashil o'simliklar tomonidan 130 mid t. CO2 va 130 mid t. suv qayta ishlanadi. Bundan tashqari fotosintezlovchi hujayralar ushbu jarayon tufayli o'zlarining har xiI moddalarga bo'lgan talabini qondiradi. Dastlab, fotosintezlovchi hujayralarda uglevodlar sintezlanganligi tufayli ular o'zlarining shu moddaga bo'igan ehtiyojini qondiradi. So'ngra ushbu birikmalardan boshqa organik moddalar, masalan, oqsillar va yog'lar sintezlanadi. Fotosintez jarayonida hosil bo'luvchi birlamchi uglevod bu fruktozofosfatdir. Keyinchalik fruktozofosfatdan boshqa biopolimerlar va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxatidlar, disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo'ladi. Ammo uglevodlaming o'simlik to'qirnalari bo'ylab asosiy tashiluvchi fonnasi saxarozadir. U plazmaning to'rsimon naychalari bo'ylab tashilib o'simlikning boshqa hujayralari tomononidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira holida to'planishi mumkin. Uglevodlaming zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina bo'lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi) yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko’'rinishlarida ham bo'lishi mumkin. Bizning planetamizda sodir bo'ladigan biologik jarayonlar ichida fotosintez asosiy o'rinni egallaydi. Yorug'lik energiyasi ishtirokida anorganik moddalardan, ya'ni suv va karbonat angidriddan organik modda hosil bo'lib, atmosferaga kislorod ajralib chiqadi. Fotosintez jarayonida suvning fotolizi natijasida atmosfera havosiga ajralib chiqadigan O2 tiriklik olamining nafas olishi uchun zarur bo'lgan yagona kislorod manbayidir. Hozirda atmosfera havosining 115 qismini tashkil qilgan kislorod ham avtotrof o'simliklaming o'sishi va rivojlanishi evolutsiyasi mobaynida hosil bo'lgan bo'lishi mumkin. Chunki hozirda mavjud bo'lgan o'simliklar dunyosi, atmosfera havosida deyarli kislorod bo'lmagan sharoitda paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Yashil o'simliklar va suv o'tlari uchun fotosintez jarayonini quyidagi umumiy tenglama orqali ifodalash mumkin.
yorug'lik
6C02 Q 12H20 -> C6H1206 Q 601 Q 6H10
xlorofill
Ushbu tenglik, asosan, fotosintezning ikkita alohida-alohida
qismlaridan iboratdir.
yorug'lik
12H20 -> 12(Hl) Q602
(1)
xloroplastlar
Bu energiyaning o'zgarishi yorug'lik reaksiyasidir.
yorug'lik
6C02 Q 12(H2) -> C6H1206
Q 6H2
0 (2)
xloroplastlar
170
Bu moddalaming o'zgarishi qorong'ulik reaksiyasidir. Biofizik nuqtayi nazaridan fotosintez, energiyalami konversiyasidan iborat, bunda pigment yutgan energiyasini elektronga va asta-sekin kimyoviy bog'lami hosil qilishga sarflaydi. Fotosintezning yorug'lik reaksiyalari barg xloroplastlarining tilakoidlari membranalarida ro'y bersa, qorong'ulik reaksiyalari xloroplastlaming stroma qismida ro'y beradi. Ma'lumki, fotosintez yashil o'simliklaming bargida sodir bo'ladi. Bargning hujayraviy tuzilishi fotosintezga, nafas olishga va transpiratsiyaga moslashgan. Uning ustki va ostki tomoni po'st bilan qoplangan. Qoplovchi to'qima epidermis bir qator zich hujayralardan tuzilgan va ular yorug'likni yaxshi o'tkazadi. Po'stni o'rtalarida barg og'izchalari joylashgan va ular ko'proq barg plastinkasining ostida bo'ladi. Og'izchalar orqali gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. Ustki po'st ostida tayoqchasimon, zich joylashgan hosil qiluvchi hujayralar (mezofil) joylashadi. Ularda xloroplastlar ko'p. Bulami tagida esa dumaloq formadagi hujayralar tarqoq holda joylashib bo'shliqlar hosil qiladi, bu bo'shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi.