5.1-2- rasm Plastidalar tuzilishi
Xloroplastning bunday tartibli tuzilishi uning asosiy funksiyasi - fotostntez protsessi bilan bog’liq.
Fotosintezning birlamchi mahsulotlari- qand va kraxmallar dastlab xloroplastning stromasida qirralar va ularning biriktiradigan plastinalar orasida joylashadi, so’ng o’simlikda tuplanadigan qismlarga tashiladi.
Yashil suv o’tlarida fotosintez protsessi xromatoforalarda amalga oshadi. Ular uz tarkibida kirralarni tutmaydi. Birlamchi sitez mahsulotlari bularda-har xil karbon suvlar bo’lib ular perenoidlar deb ataluvchi maxsus strukturalar atrofida tuplanadi.
Xloroplastlarni rangi xlorofilgagina bog’lik emas; ularda yana sarikdan kizil jigarranggacha bo’yalgan karotin va karotinoidlar, shuningdek fiqobilinlar va boshqa pigmentlar ham bo’lihi mumkin. Keyingilariga qizil va ko’k yashil suv o’tlarida uchrovchi fikotsianin va fikoeritrinlar ham kiradi. Xromoplastlar odatda sarik, ok, kizil yoki kungir ranglarga bo’yalgan bo’ladi.
Xromoplastlar kelib chiqishi jihatidan xloroplastlar taraqqiyotining oxirgi etapi bo’lishi kerak. Bunda xlorofil asta sekin buzila boradi va karotinoidlar yigiladi. Xromoplastlar shuningdek, o’zida karotinoidlarni yiguvchi proplastid yoki leykoplastlardan rivojlanishi ham mumkin.
Plastidlarning navbatdagi xili- leykoplastlar rangsiz bo’ladi. Ular o’simlikni bo’yalmagan qismlarida joylashadi. Leykoplastlarga misol qilib, kartoshka va ko’pgina boshqa o’simliklar tuganaklarida uchrovchi aminoplastlarni olish mumkin. Aminoplastlarda ikkilamchi kraxmalni mono- va disaharidlardan ikkilamchi sintezi bo’ladi. Bundan tashqari plastidlarni oqsillar sintezini amalga oshiruvchi organoid ekanligi ham aniqlangan.
Oqsillarni sintezi xloroplastlarda yaxshiroq o’rganilgan. Bu xloroplastlar stromasida joylashgan ribosomalarda amalga oshiriladi. Bu ribosomalar sitoplazmadagilardan kimyoviy tarkibi, kattaligi va strukturasi jihatidan biroz farq qiladi. Oqsillar sintezi ustidan kontrol xloroplast stromasida bo’ladigan diametri 30-35 oA keladigan ingichka ipsimon DNK tomonidan amalga oshadi. U xloroplastlarni o’zida sintezlanadi. Bundan tashqari na xloroplastlarda RNK ham topilgan.
Fotosintez protsessida xlorofil qanday rol o’ynaydi, va bu protsessda quyosh nurlari spektrining ayrim qismlari qanday ahamiyatga ega degan masalalarni aniqlashda K.A.Timiryazevning xizmati juda katta. Timiryazev xlorofilni “Quyosh bilan hayot o’rtasidagi bog’lovchi zanjir” deb, xlorofil donasini esa, kuyosh nuri kimyoviy energiyaga aylanib, yerdagi butun hayotining manbai bo’lib qoladigan bir fokus, olam bo’shlig’idagi bir nuqta deb qaradi. Timiryazev qizil nurlar (tulqin uzunligi730 dan 68 mm gacha) hammadan ko’p yutilishini, spektrning ko’k binafsha qismidagi nurlar (to’lqin uzunligi 470 mm va undan kamroq) bir muncha kamroq yutilishini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |