2- savol bayoni: Xloroplastlarning matriksida 1-2 % karatinoidlar va fermentlar, oz miqdorda DNK va RNK, ribosomalar va yog’ tomchilar bo’ladi. Xloroplastning 75 % suv va 25 % quruq moddadan iborat. Quruq moddani 30-45 % oqsil, 10 % magniy, mis, temir rux birikmalari, 10-15 % zaxira oziq moddalari, 20-40 % lipidlar tashkil qiladi.
Xloroplastlarning yashil pigmenti tilokoidlarni ichida joylashgan , shuning uchun stroma rangsiz ko’rinadi. Xlorofil donachalarining kattaligi 70- 120 A keladigan glabulalardan tuzilgan. Glabulaning ichida kvantosomalar bo’lib ular fotosintezni amalga oshiradi. Xloroplastlar sitoplazma ichida doim harakatlanadi. Yorug’lik ta’sirida ular hujayra ichidagi o’rnini o’zgartirishi mumkin. Kuchli yoruglik xloroplastlarda manfiy fototaksis qo’zg’atib ular hujayraning yon devoriga to’planadi. Va o’zlarining qirralarini yorug’lik manbaiga qaratadi. Kuchsiz yorug’lik xloroplastlarda musbat fototaksis qo’zg’atib ular hujayrani yorug’lik manbaiga nisbatan perpendikulyar jolashgan devoriga to’planadi. Va o’zlarini keng sathini nurga toblaydi.
Xlorofil pigmentlari murakkab strukturali organik moddalar bo’lib tarkibidagi magniy atomi to’rtta pirol halqasiga bog’langan va tusi yashildir. Bularga xlorofil-A, xlorofil-B, xlorofil-S, xlorofil-D va bakterioxlorofil kiradi. Ko’k yashil xlorofil A(S55N72O6N4Mg) va yashil xlorofil (S55N70O6N4Mg) tarkibiga ega. Suv o’tlarining xromotoforida yashil suv o’tlar bilan birga qizil pigment fikoeritin (S35N47N4O8) qizil suv o’tlarida va yashil suv o’tlarida uchraydi. Ko’k pigment fikatsian (S34N42N4O9) ko’k yashil suv o’tlarida va ba’zan qizil suv o’tlarining xromotoforida xlorofil va fikoeritin pigmentlari bilan birga uchraydi.
Suvo'tlaming xromatoforida xlorofill bilan birga qizil pigment fikoeritrin (SasN^Og) qizil suvo'tlarda va ba’zan ko'k yashil suvo'tlarda bo'lib, xlorofillning yashil tusini berkitib yuboradi. Ko'k pigment-fikatsian (Sj^NA) ko‘k-yashil suvo'tlarda va ba'zan qizil suvo'tlaming xromatoforida xlorofill va fikoeritrin pigmentlari bilan birga uchraydi. Bu qizil pigmentlar dengiz chuqurligiga kam boradigan qizil nurning o'miga sariq va yashil nurlami yutish vazifasini bajaradi, yana xlorofillni faollashtiradi. Bu dengizning kuchsiz yorug'lik sharoitida suvo'tlaming oziqlanishida katta rol o'ynaydi.
Karotinoidlaming organizmda o'ynaydigan fiziologik roli hali yaxshi o'ganilgan emas. Lekin, karotinoidlar o'simliklaming o'sishida, jinsiy jarayonlarda, fotosintezda yorug'lik energiyasini yashil pigmcntlarga yo'naltirishda katta rol o'ynaydi. Tuban o'simliklaming ba’zilari, qulay oziqianish va temperatura sharoitida qorong'ida ham normal rivojlanib, yashillana oladi. Masalan, peladiklion yashil bakteriya qorong'ida chiriyotgan organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanadi. Bunday qobiliyatni ko‘k-yashil suvo'tlardan nostokda, ba'zi yashil suvo'tlarda, moxlarda, ayrim paporotniklarda uchratish mumkin. Hatto, ba’zi ninabargli o'simliklarda ham qorong'ida o'stirilganda u qadar kuchli bo'lmasada, har holda yashillanish hollari kuzatilgan. S.I.Lebedev fikricha, bu hoi ochiq urug'lilar evolyutsiya jihatidan, yopiq urug'lilarga qaraganda paporotniklarga yaqin turishini ko'rsatadi. S.I.Lebedevning kuzatishlariga qaraganda, yopiq unig'li o'simliklar etioplantlari stromasida qorong'ida sariq pigmentlar-karotinoidlar sintezlana oladi. Yashil pigmentlaming sintezi uchun esa yorug'lik energiyasi kerak bo'ladi. Tuproqda juda oz niiqdorda bo'lsada, temir birikmalari bo‘lmasa o'simliklar yashillana olmaydi. Bunday temir tanqisligidan o'simlikning rangsizlanishiga xloroz deyiladi. Kasallik tuproqda bir oz temir sulfat tuzini solish bilan davolanadi. Temir ioni plastidlarda xlorofill pigmentlarining sintezida katalizatoriik qiladi.
Xlorofillning kimyoviy tarkibida magniy elementi bo'lgani tufayli o'simlikning yashillanishi uchun uning mineral oziqlari qatori magniy birikmalari ham bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |