Ta’limni quyidagi yo’nalishlarda isloh qilish vazifalari belgilab olindi:
umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan tuyg’usi asosida o’zgartirish va takomillashtirish;
ta’lim samaradorligini tinmay oshirish, jahon andozalari darajasiga olib chiqish;
variativ o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish;
bilimdonlik va iste’dodni qo’llab-quvvatlash;
ilg’or tajribalarga, ijodkor ustozlar tajribasiga suyanish;
ta’lim-tarbiyada bosh islohotchi bo’lgan pedagog, tarbiyachilarpning yangi avlodni tayyorlashga kirishish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika asosini mutahkamlash, ta’limni kompyuterlashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani olib kirish;
ta’lim tizimini, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
isloh g’oyalarini iloji boricha viloyat, tuman, ukuv muassasasi pedagogik jamoalariga tezroq yetkazish, singdirish, amalga oshirish:
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, qayerda ta’lim va tarbiyaga e’tibor katta bo’lsa, o’sha yerda taraqqiyot, yuksalish bor. Shuning uchun respublikamizning istiqboli uzluksiz ta’limni qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |