O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet64/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

4.5.Muloqot vositalari va turlari.

Kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan maqsadlaridan biri-o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir-bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.

Psixologiyada psixologik ta’sirning professor V.Karimovaning fikricha, uch vositasi farqlanadi:

1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so’zlardir. Nutq-bu so’zlashuv, o’zaro muloqot jarayoni bo’lib, uning vositasi-so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o’zidagi barcha so’zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.

2. Paralingvistik ta’sir-bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni ko’chaytiruvchi yoki so’saytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.

3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko’chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formo’lasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.

Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga bog’liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o’rnidan turib kutib oladi, quyuq so’rashadi, keyin maqsadga o’tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.

Nutqning o’ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og’zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o’zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Yekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan yedi. So’zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so’z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan yedi.

Yozma nutq insoniyat tarixida og’zaki nutqdan ancha keyin paydo bo’lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni yetkazishda muhim rol’ o’ynaydi. Nutq o’zining fizologik negiziga ko’ra yeshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo’lgan fikrning ma’naviy o’zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.

Noverbal kommunikasiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo’l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (qo’l - oyoq, tana harakatlari) kiradi.

Jestlar – insonning qo’l harakatlari bo’lib, u orqali insonning ichki holati biror bir obyektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo’lib, u orqali insonning o’ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo’ladi.

Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so’zlar 7 % ni, tovush va intonasiya 38 % ni, nutqsiz muloqot yesa 55 % ni tashkil yetadi.

Noverbal kommunikasiyaning paralingvistik va yekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizasiya tizimi bo’lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig’i, kulgu nutq tempida namoyon bo’ladi.

Muloqotning maqsadga ko’ra 8 ta funksiyasi mavjud: (L.A.Korpenko)

1. Kontakt.

2. Aloqa o’rnatish.

3. Undovchilik.

4. Koordinasion.

5. Tushunish.

6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o’zgartirish.

7. Munosobat o’rnatish o’z o’rnini anglash)

8. Ta’sir o’tkazish.

Pedagogik munosobat deganda pedagog va o’quvchilar kollektivi o’rtasida o’zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan, o’quv tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish va o’zaro hamjihatlikni tashkil yetishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi.

Muomala. Insonning uzini urab turgan olam bilan uzaro birgalikdagi xarakati odamlar urtasida ularning ijtimoiy xayoti va eng avvalo, ishlab chikarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan obyektiv munosabatlar tizimida yuz beradi.

Muloqot-odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir.

Munosabat va muloqot birgalikdagi faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlanishini o’z ichiga oladi. Odamlar muloqotga kirisharkan, muloqotning eng muhim vositalaridan biri sifatidagi tilga murojaat qiladilar.Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti-harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iboratdir. (Masalan, ro’paradan kelayotgan mashina haydovchisiga bormoqchi bo’lgan yo’nalishni ishora qilish har ikkala tomon uchun ham qulay va tejamli ekanligi tushunarli bo’lsa kerak).

Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Suhbatdoshining holatiga, rangi-ro’yiga, ovoziga qarab muomala qilish. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ (axborot uzatish, interaktiv, o’zaro birgalikdagi harakat qilish ) va perseptiv (o’zaro birgalikda idrok etish, har ikkovlonning bir xil ko’rishi, etishishi jihatlarini alohida ko’rsatish mumkin).

Odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi, ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til- munosabatga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi.

Axborot uzatuvchi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (resipiyent) «bitta tilda» so’zlashganlarida maqsadga erishadilar. (Shartli ishora, kod, belgi va b. ).



Og’zaki kommunikasiya. Nutq. Nutq - bu og’zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida muomala qilish jarayoni demakdir. So’zlar ovoz chiqarmasdan yoki eshittirib aytilishi, yozib qo’yilishi, yoki imo-ishora bilan olmoshtirilishi mumkin. (Masalan, daktilologiya- barmoq yordamida ishora -ma’no anglatish ).

Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va og’zaki nutq. O’z navbatida og’zaki nutq - dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi.

Nutq mexanizmi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. Nutq- I.P. Pavlov aytganiday, «signallar signali»dir.

Nutqsiz kommunikasiya. Turli soha mutaxassislari uchun ayniqsa nutqsiz kommunikasiya xossalarini yaxshi bilish juda muhimdir. Odamlar o’rtasidagi muomalani telegraf orqali axborot berishga o’xshatish mumkin emas. Nutqsiz kommunikasiya vositalariga qo’l, barmoq, va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, pauza, turq-tarovat, kulgi, ko’z yoshi qilish va shu kabilar kiradiki, bular og’zaki kommunikasiya vositalari - so’zlarni to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar tizimini hosil qiladi.

Muomala shaxslararo birgalikdagi harakat ekanligi.

Munosabat shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o’zaro bir-birlariga ta’sirining yig’indisi sifatida yuzaga chiqadi.







Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish