2-rasm.An’anaviy ta’lim texnologiyasining sxemasi.
Bu sxema buyicha ta’lim jarayonida darsni tashkil qilish uning davomiyligini ta’minlash. Bosqichlariga amal qilish. O’quvchi olgan bilimlarni o’zlashtirishning yagona vositasi xisoblanadi.An’anaviy ta’lim texnologiyasi so’rash, tushuntirish, mustaxkamlash. Baxolash tartibotidangina iborat va uni amalga oshirishda o’qituvchining pedagogik maxorati va uni amalga oshirishda o’qituvchining pedagogik maxorati yordamga keladi.O’qituvchining uslubi ta’lim texnologiyasiga mos tushmaydi, ya’ni ta’lim olish texnologiyasi jarayonida o’quvchi asosiy obyekt bo’lsa. Metodik xizmat soxasida o’qituvchi asosiy obyekt xisoblanadi.Darsda o’qituvchi bosh figura.O’qituvchi axborot berish, tezroq va kuproq o’qitish bilan ovora, lekin, o’quvchilarning yangiliklarni qabul qilish darajalari xar xil, xohish –istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi.quloq soluvchi, bu xolat ularning o’quv jarayonidagi ma’suliyatini, javobgarlik xissini susaytiradi.Demak. ular mustaqil fikr yuritish, muloxaza qilish xulosa chiqarishdan yiroq.Dars jarayonida ta’lim-tarbiyada o’quvchi asosiy xarakatlantiruvchi kuch. Ta’lim jarayoni subyekti bulishi ya’ni o’qish, o’rganish. Mutolaa qilish o’quvchi zimmasiga o’tishi kerak.O’qituvchi esa o’qitishdan o’qishni o’rgatishga, bilim berishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga kumaklashish kerak.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.Maqsadga yunaltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshirish , ta’limda aloxida o’rgatuvchi qismlarga bulib tashlash jarayonining qirralarini bugungi kunda ta’limni qayta ishlab chiqish g’oyasiga birlashtirish imkonini beradi.U asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ta’limda umumiy maqsadning quyilishi;
tuzilgan umumiy maqsaddan aniq o’quv maqsadariga o’tish ;
o’quvchilarning bilim darajalarini boshlang’ich (tashxisli)baxolash;
bajariladigan o’quv ishlari majmuai;
natijani baxolash;
Ta’limning umumiy maqsadlari jamiyat (davlat )tomonidan umumiy kurilishda beriladi.Fan buyicha berilgan o’quv dastularida va Davlat ta’lim standartlarida o’quv–tarbiya maqsadlari ma’lum darajada aniqlashtiriladi.Jamiyatning umumiy talablaridan ta’limning fanlar buyicha o’quv maqsadlari, uning tematik va xususiy maqsadlariga utishi kerak.
Maqsadning turli didaktik funksiyalaridan eng asosiysi-tizimning tuzuvchanligidir.O’quv- tabiya jarayoni bu yaxlit jarayon bulib,. unda bosh maqsad, boshqa tashkiliy tuzilmalarni birlashtiruvchi asosiy tuzilma sifatida namoyon buladi.
Shu bilan birga maqsadning yana bir funksiyasi-boshqaruvchanlik funksiyasi muxim axamiyatga ega.Maqsad o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishda xamma vosita va usullarni tanlashning asosiy mezoni sifatida chiqadi.Aniq ifodalangan maqsad talabalarning o’quv faoliyatini boshqarish , ta’lim samaradorligini oshirish , natijalar sifatini yuqori darajaga kutarish imkonini beradi.
Maqsadning shaxsiy qiziqish va tarbiyaviy funksiyalari talabaga ushbu aniq xarakatni nima uchun bajarish kerakligi. Ushbu aniq vazifani bajarishi uchun o’qish va kelajak ishi uchun qanday axamiyatga ega ekanligini kursatishi kerak.Boshqacha qilib aytganda maqsadning quyilishi talabada , nafaqat qiziqishni balki unga erishish uchun ongli xoxishni xosil qilishi kerak.
Ta’lim jarayonida o’qituvchiga turli pedagogik muammolarni xal etishga tug’ri keladi: mashg’ulotning mazmunini aniqlash, u yoki bu usul, vositalarni tanlash, talabalarga turli vazifalar berish ularning xatti-xarakatlarini yunaltirish, savollarga javob berish bularning xammasi o’qituvchi tomonidan ta’lim -tarbiya maqsadini. Ushbu mashg’ulotlar maqsadini qanday tassavvur etayotganiga juda bog’liqdir.Aytish mumkinki. Xar bir darsda ta’lim maqsadini fan yoki ma’ruzalar buyicha aniq urgatish uchun u “tashxislanuvchan” holda bo’lishi kerak. Tashxislanuvchi deganda talabalarda shakllanayotgan ma’lum sifat yoki xususiyatlarni ulchash va baxolash tushuniladi.Maqsad tashxislanuvchan tarzda quyilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi mumkin;
1.Shakllanayotgan bilim,kunikma va shaxs sifatlari kerakli darajada aniq va ravshan ifoda etilishi, tavsiflanishi kerak:
2.O’quvchi shaxsida avvaldan ta’riflangan sifatlarni shaklanayotganligini aniqlab oladigan usul yoki “vosita”mavjud bulsa, va ulchash amalga oshirilsa:
3.Ulchash natijalariga tayana oladigan sifatlarni baxolash mezoni mavjud bulsa.
Fan mavzulari buyicha o’qitishning tashxislanuvchan maqsadlarini quyishning bir tomoni tayyorlanayotgan bulajak mutaxassis uchun yaqin 3-5 yil ichida quyilayotgan talablar majmuasi (Davlat ta’lim standartlarida kursatiladi)aniq tasavvur qilinishi, zarur bilim va kunikmalar tarkibini aniq ifodalashi kerak.
Ta’lim maqsadlarini quyishning ikkinchi tomoni, o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish darajasiga qarab aniqlashdan iborat.U yoki bu texnologiyani tanlash rejalashtirilgan darsda qaysi darajadagi bilim va kunikmalarni o’zlashtirish kuzda tutilganligiga bog’liqdir.Pedagogik texnologiya doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirishning boshlang’ich (reproduktiv), algoritmik (rekonstruktiv), evristik va ijodiy xarakterdagi darajalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |