1-rasm Pedagogik sistemadagi funksional bog’lanishlar
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi ” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq ta’lim mazmunini isloh qilish kadrlar sifatini,respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohatlar talablariga , ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining jaxon darajsiga mosligini ta’minlash ijtimoiy buyurtma sifatida qabul qilingan. Ushbu buyurtmani lokal emas balki, sistemali bajarish hozirgi davrning asosiy vazisi bo’lib qolmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichida pedagogik sistemaning elementlarini o’zgartirishda lokal yondashishlar ro’y berib, ta’lim –tarbiya mazmuni didaktik jarayonlar va ularning tashkiliy shakllariga yetarli e’tibor berilmaganligi, qator kamchiliklar va xatolar paydo bo’lishiga olib keldi.
Ijtimoiy buyurtma asosida pedagogik sistemaning bir elementi o’zgartirilishi bilan boshqa elementlari eskicha qolsa, ziddiyat paydo bo’ladi. Natijada sistema ishlamaydi yoki yangi o’zgartirilgan element sistemadan chiqib ketadi va u avvalgi holatiga kelib qoladi. Kadrlash tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichiga nazar tashlasak, pedagogik sistemaga lokal yondoshishlardan biri baxolashning reyting tizimini mag’lubiyat bilan tugaganini ko’rsatish mumkin. Ta’lim jarayoni tarixida pedagogik sistemalarda, lokal o’zgarishlar kiritishda muvaffaqiyatsizligi bilan tugagan misollardan “Dasturlashtirilgan ta’lim” , “Muammoli ta’lim” kabi g’oyalarni ham esga olish mumkin. Nega an’anaviy pedagogik sistema shunchalik turg’unlikka ega? Nima uchun , yangi pedagogik g’oyalarning amalga oshishi qiyin kechmoqda? Ushbu savollarga javob berish uchun dasturlashgan ta’lim tizimini kiritishdagi xatolarni kurib utaylik .Dasturlashgan ta’lim- pedagogik sistemaning 6- elementi(didaktik jarayon)ning uzgartirishdan iborat. Ushbu elementning uzgarishi 1.3 va 5 elementlarni uzgarishiga olib kelishi kerak edi.Bu uzgarish , ta’lim-tarbiya maqsadlari aniq quyilishini, ular “tashxislanuvchan ”xolda bulishi taqoza etadi.Tashxislanuvchi deganda uquvchilarda shakllanayotgan ma’lum sifat yoki xususiyatlarni ulchash va boxolash tushuniladi.[ N .Saidaxmedov] Ta’limning tashkiliy shakllari (5-element )dars sinf shakliga nisbatan erkinroq va moslanuvchan bulishi. O’qituvchilar saviyasi (3-element)- an’anaviy tizimdagiga nisbatan ancha yuqori bulishi kerak.Ma’lum darajadagi o’zgartirishlar 2-elementga xam kiritilishi zarur(o’quvchilar mustaqil bilim olishga yaxshiroq tayyorlanishi kerak), ta’lim mazmuni(4-element)xam aniq belgilangan bulishi kerak.Ushbu uzaro bog’liq elementlardagi uzgarishlar amalga oshirilmagani va usha davrdagi moddiy texnik bazaning yetarli bulmagani tufayli”Dasturlashgan ta’lim ”g’oyasi amalga oshmadi.
Ta’lim tarbiya jarayonining samarali bulishini ta’minlash, uni yanada yuqori bosqichga kutarish, bugungi kunda o’qituvchidan ta’lim jarayonining borishini qayta-qayta taxlil qilishni talab qiladi.Ta’lim jarayonida kup yillar davomida qullanilayotgan an’anaviy ta’lim texnologiyasi quyidagi sxema buyicha tuzilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |