4.3. Pedagogik muloqotning asosiy shakllari.
Mulokot jarayonida oriyentirovka(muljal olish) kilish. Bu boskichda pedagog mulokotining anglanganligi yuzaga chikadi. Shuningdek, mulokot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniklash xam yuzaga chikadi. Tanikli psixolog Sh.A.Amonashvili bolalarni maktabga kelmasidan avval ularga xat yozgan. Masalan, “salom, kadrli.... Men sening ukituvchingman. Mening ismim Shalva Aleksandrovich. Maktabga kirayotganing bilan tabriklayman. Umid kilamanki, sen bilan dust bulib ketamiz. Seni 35 ta urtoging buladi. Seni sinfda kutaman. ”Demak, bu yerda ukuvchiga oriyentasiya (muljalga olish), ustanovka(kursatma ) berilyapti.
Uz ustida ishlashda pedagogik mulokotning kuyidagi boskichlariga e’tiborni karatish lozim:
— bolada yaxshi taassurot koldirish uchun tashki kurinishingiz xakida uylang;
— bugungi kun talablaridan kelib chikkan xolda mulokotning bu boskichini e’tibordan chetda koldirmang;
— boshkalar bilan mulokotda keskin burilishga yul kuymang;
— bugungi mulokot kungildagidek bulmasa uni tuzatishga xarakat kiling;
— darsda karor kabul kilishda improvizasiya( vaziyatni yaratish, real xayotda bor narsani kursatib vaziyatdan chikish) ga xarakat kiling;
— auditoriya bilan ish boshlashdan avval fakat uzingizning pedagogik masalalaringiz xakida emas, balki bolaning xolati, faoliyatga tayyorligi xakida uylang.
Pedagogik faoliyatning muxim jixati e’tiborni uziga tortish bulib, bola bilan samarali mulokotni amalga oshirish uchun dars jarayonida bolaning dikkati barkaror bulishi kerak. Uziga jalb kilishning kuyidagi usullari mavjud:
— verbal mulokotda bulish(nutkiy);
— tanaffus kilish ;
— xarakatli(doskaga yozish, kurgazmani osish) ;
— aralash usul (yukoridagilarni birgalikda kullash).
Darsda kupincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, 40% (yuz ifodasi) va imo-ishoralar orkali ma’ruzada axborot beriladi.
Obyektning (kishi) kalbini zabt etish boskichi pedagogik mulokotni tashkillashtirishda katta axamiyatga ega. Moxiyati jixatidan bu boskich kommunikasiyani uziga xos izlash boskichidir. Masalan, yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni mulokotga tayyorlab oladi. Ukituvchining ukuvchini tushunishi kasbiy-pedagogik mulokotning kaliti xisoblanadi.
Pedagogik mulokotning yana bir boskichi bu verbal mulokot, ya’ni ukituvchining yangi materialni ukuvchilarga ogzaki bayon kilib berishidir. Pedagog uchun nutk mulokoti juda muxim. Pedagogik mulokot tizimida pedagogning suzi obrazlar kuzgatuvchisi bulib xisoblanadi.
Pedagog bilan tinglovchi urtasidagi uzaro xarakatda xayajonlanishni uzatishning kommunikativ vositalari muxim rol uynaydi. Jumladan, pedagogning nutki jonli, oxanglarga boy, tushunarli, anik, sodda tilda bulishi kerak. Shunda tinglovchilarning idroki tulik, obrazli buladi.
Bu muammo buyicha tanikli psixologlar Yu.P. Azarov, L.D.Yershova, A.A. Leontyevlar tadkikotlar utkazishgan. Kasbiy-mulokot treningi mashklari tizimi ikki boskichni uz ichiga oladi:
a) pedagogik kommunikasiya elementlarini amaliy egallashga karatilgan mashklar;
b) berilgan pedagogik vaziyat asosida mulokotning barcha tizimini egallashga karatilgan mashklar. Trening samarali bulishi uchun bir nechta pedagog birlashgan xolda ish olib borishlari lozim. Yosh pedagoglar uchun birlashgan seminar-treninglar tashkil kilish yaxshi natija beradi. Tajribali pedagog raxbarligida treninglar utkazilishi maksadga muvofik.
1- boskich- xamma uchun yaratilgan sharoitda xarakat kilishni urganish.Masalan, xayolingizdagi auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni tayyorlang, stolga utiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashkariga chiking. Bu xarakatlarni yana bir marta kaytaring, tezda kirish, tezda chikishni urganing.
2-boskich- Pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini shakllantirish. qullaringizni kimirlating, xis kiling, kayerga sizning kuvvatingiz boryapti (buyningizgami, boshka barmogingizgami, kulingizgami); ortikcha ogirlikni(zurikish) yukotishga xarakat kiling, barmogingizni kattik ushlang, buyningizni kuyvoring, keyin yelkangizni bushating, kulingiz erkin xarakat kilsin, kursatgich barmogingiz esa kattik tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni bushatishga xarakat kiling, boshingizdan boshlab to oyok barmoklaringizgacha. Keyin 5 gacha sanab barcha muskullaringizni yana bushatishga xarakat kiling.
Bosimni (zurikish) ushlab turish va olib tashlash. Bir deb, ushlab turing, ikki deb bushating. Barcha a’zolaringizni (kul, oyok, barmok, buyin kabi) navbatma - navbat bushating. Bu mashklarni yurib bajarish mumkin.
Elementar pedagogik xarakatlarni bajarish davomida muskullardagi bosimni olib tashlash. Xayolingizda auditoriyaga kiring, stolga yakinlashing, (ortikcha zurikish olib tashlanadi), stolda utirib yozing, doskaga yozing, kurgazmalarni mustaxkamlang(ortikcha zurikishni olib tashlang).
Auditoriyada xissiy kulaylikka erishish. Auditoriyaga kiring, eshik orkasida barcha teringizni tetikligini xis kiling, kiring, kulay joyni tanlang, kulay yurishni toping, yuring, kulingizni orkangizga kilib yuring, uzingizni yaxshi xis kilishga xarakat kiling.
Kuzatuvchanlik, dikkatni tuplay olish, ixtiyoriy dikkat kunikmalarini rivojlantirish. Xamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida turib suzlashing. Tasavvur kiling, siz tinglovchisiz, buyrukni eshiting, tik xolatda turing, alfavit buyicha familiyada turing, keyin ism buyicha. Endi bir - biringizni sochingizni rangiga karang. Auditoriyaga kirganda dikkatingizni tuplash uchun avval bir tinglovchiga karating, keyin barchaga dikkatingizni karating. Bu mashk dikkatni barkaror bulishiga yordam beradi.
Mulokotning oddiy kunikmasini rivojlantirish. Xayolingizda auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, karash bilan tinglovchilar dikkatini uzingizga karating. Tinglovchiga turli ta’sirlar orkali(iltimos, talab, ogoxlantirish, ragbatlantirish, yumor, savol, buyruk kabilar) murojaat kiling.
Tashabbusni boshkarish(A.A.Leontyev buyicha). Siz bir kishi bilan gaplashyapsiz. Uni siz tinglayapsiz, u gapiryapti, shunday kilingki, tashabbusni kulingizga olib endi siz gapiring. Darsda oxirgi stolda utiradiganlardan kuzingizni uzmang.
Pedagogik mulokotni boshkarish. Tasavvur kiling, siz gurux raxbarisiz, darsdan sung guruxdagilar bilan metallom yigish xakida gaplashing. Guruxdagilar bir-birini xafa kilib kuyishdi, siz ular bilan dildan suxbatlashing.
Imo-ishoralarni tanlash. Xar bir vaziyatda xam imo-ishoralar kerakmi? Gurux a’zolarini bir juftdan kilib bir-biriga karama-karshi kilib utirgizib kuying. Bu usul “kuzgu” deyiladi. Bittasi kuzguga(kuziga) karaydi. Ikkinchisi kuzgu rolini uynaydi. “Kuzgu”rolidagi kishi barcha xarakatlarni takrorlab turadi .
O’qituvchining faoliyatida yeng muhim narsa – bu uning nutqi va talabalar bilan muloqotidir. Nutq - bu og’zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So’zlar yeshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir mohiyatga yega bo’lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.
Odamlar o’rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o’xshatish mumkin yemas. Odamlar munosabatiga aloqa bog’lov’chilarning his - hayajoni ham qonuniy ravishda jalb yetilgan bo’ladi. U kommunikasiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o’zga’cha nutqsiz kommunikasiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikasiya vositalariga qo’l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza, tark - tarovat, kulgu, ko’z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og’zaki kommunikasiya vositalari – so’zlarni to’ldiruv’chi va ku’chaytiruv’chi, ba’zan yesa o’rnini bosuv’chi belgilar sistemasini hosil qiladi.
Og’zaki kommunikasiya ta’sirini ku’chaytirishda munosabatga kiruv’chilarning fazoda joylashuvi muhim ahamiyatga yegadir. Sira o’ylanmasdan tashlangan luqma kommunikasiyaning ya’ni komminkatorning reseptiga aniq munosabatini ifodalaydi. Ta’limning ba’zi turlarida o’qituv’chi talabalarni audiyatoriyada qabul qilinganidek bir - birining orqasidan yemas, balki doira shaklida, bir - birlariga yuzma - yuz o’tkazishini afzal ko’radi.
Nutqsiz kommunikasiyada qo’llanilayotgan vositalarining - axborotning so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og’zaki va nutqsiz kommunikasiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog u’chun juda muhimdir. Forobiy bitta so’zning o’zini goho, buyruq, goho iltimos, goho nasihat va ma’no baxsh yetgan holda turli ohangda, talaffuz yeta bilishi kerak deb ta’riflagan yedi.
Ayni paytda nutqsiz kommunikasiyada imo - ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang – barangligi rivojlana boradi.
A. Jomiy «o’qituv’chining nutq madaniyati talabalarning darsdagi aqliy mehnatining samaradorligini hal qiluv’chi darajada belgilaydi’’, deb ta’kidlagan va bunday madaniyatni shakllantirish o’qituv’chi so’z yordamida hosil qilishga urinadigan va oddiydan murakkablikka, yaqindan olislikka, konkretlilikdan umumliylikka o’tib bo’lmaydigan tushun’chalar tafsilotidagi noaniqlikni sabab va oqibatlarini aniqlash yo’llarini ko’rsatib bergan yedi. YUksak nutq madaniyati - o’qituv’chi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning ^muhim shartidir.
Jamiyatning yangi ijtimoiy ku’chlarini yetishtirishda o’qituv’chi mas’ul hisoblanadi. Jamiyat o’qituv’chining qo’liga yosh avlodnn, ya’ni o’z kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida o’qituv’chining dunyoqarashi, ongi madaniyati hamda nutqi belgilov’chi vosita sanaladi.
Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituv’chi bilan talaba o’rtasidagi muomala-munosabatlar katta o’rin yegallaydi. Bu jarayonda talaba insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarni, axloqiy tajribani yegallab oladi. O’qituvchi pedagogik jarayonda yetak’chi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. S’Huning u’chun ham o’qituv’chiga, uning axloqiy sifatlari, hulqiga, talabalar bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo’yiladi:
O’qituvchi hayotga yendigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar — yoshlar bilan muloqotda bo’ladi. Talabalar ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini) o’zlashtiradi. Talaba muomala odobini asosan o’qituv’chi timsolida anglab oladi. Sevimli o’qituvchi talaba u’chun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi ham mumkin.
Respublikamiz o’qituv’chilari orasida o’z ishining ustasi, Xalq o’qituv’chisi, Xizmat ko’rsatgan o’qituv’chi deb tan olingan, ota-onalar, yoshlar ye’zozlab Ustoz deb ataydigan mo’tabar insonlar ko’plab topiladi. Ular pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, o’qituvchilik bur’chini yuksak darajada bajarib, talabalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go’zallik, haqiqat, odob axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomal bo’lganlari u’chun ham bunday obro’ va hurmatga yerishganlar.
Afsuski, hamma o’qituvchilar haqida ham shunday deb bo’lmaydi. O’zining dag’al muomalasi bilan talabaning ko’nglini o’qishdan sovutib, dilini o’rinsiz ranjitadiganlari ham u’chrab turadi. Pedagogik tajribada bunga misollar ko’plab topiladi. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta’sir yetadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik yetikada ifodalangan. Tarbiyalanuv’chiga ijobiy ta’sir o’tkazish shartlaridan biri talabaga bo’lgan ishon’ch bilan unga nisbatan qo’yilayotgan talablarning birligidadir. Bu qoida pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. O’qituvchilar, talabalar bilan o’tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituv’chilar bilan bir qatorda talabalarga xuda-behuda do’q urib, baqirib muomala qiladigan o’qituvchilar ham u’chraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituv’chilar talabalar orasida obro’ orttira olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |