O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet72/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Asosiy tayanch iboralar




  • tarbiya

  • o’quv tarbiyaviy vaziyat

  • oila

  • o’z-o’zini tarbiyalash

  • madaniyat

  • bilim

  • shaxs

  • muhit




  • Makarenko

  • Milliy udum

  • a’nana

  • oila pedagogikasi

  • oila etikasi

  • ota-ona obro’yi

  • odob

  • axloq


5.1.Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo’nalishlari. O’quv-tarbiyaviy vaziyat tushunchasi.

Tarbiya jarayoninig mohiyati nimadan iborat? Bu oddiy savol bo’libgina qolmay, pedagogika rivojlanishi shu vaqtga qadar ushbu muammoni yechish yuzasidan ko’pgina qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo shu narsani bilib olish lozimki, tarbiya tushunchasi har xil mavzuda qo’llanishi lozim. Masalan, tarbiya deganda, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash deb tushuniladi. Lekin, bu tayyorlash maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshirilishi mumkin.

Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan ikki yoqlama faoliyatni pedagog va talaba faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir.

Psixologik va pedagogik tadqiqotlarga qaraganda shaxsga tashqi omillar ta’siri u xoh ijobiy, xoh salbiy ta’sir ko’rsatsin, tarbiyalanuvchi tarbiyasida ular ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatni belgilab beradi va uning xulqiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishning o’zigina kifoya qilmaydi. To’g’ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbidan paydo bo’ladigan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, his qilishni hamda ulardan o’zi uchun nimalarni maqsad qilish olganligini bilish zarur.

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg’ularini ham o’stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun talabaning ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. Talabani tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko’p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi.Uning xususiyatlari quyidagicha aks ettiriladi.


Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar majmuidan iborat bo’ladi.

Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi – har tomonlama uyg’un, va kamol topgan, yangi tipdagi shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o’zi ham aktivlik ko’rsatishini, taqozo qiladi.

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga kompleks yondashish yo’li bilan eng muvoffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin.

O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma - xil, bevosita va bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. « Hamma narsa: odamlar, ashyolar, voqyealar, avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar».

( A.S.Makarenko )

Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo’lmaydi. Bu narsa ko’pgina sabablarga, o’quvchilarning individual - tipologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozisiyasiga bog’liq. Shuning uchun, bir xil tarbiyaviy ta’sirning o’zi «shaxsning emosional larzaga kelishiga» ( A.S.Makarenko ) sabab bo’lishi, ayni vaqtda bola ma’naviy dunyosining o’zgarishiga olib kelmasligi ham mumkin.

A.S.Makarenko tarbiya jarayonini xarakterlab, atrofdagi voqyelikdan iborat butun murakkab olam bilan bola juda xilma-xil munosabatlarga kirishadi, deb ta’kidlagan edi. Real tarbiya jarayonida bu holatni hisobga olmaslik mumkin emas.

Tarbiya jarayoni uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo’ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan ularning tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama - qarshilikni hal etishga qaratilgandir.

Tarbiya jarayonining harakatlanuvchi kuchi bo’lgan ziddiyatlar tashqi va ichki bo’lishi mumkin.

Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud bo’lgan normalar bilan atrofdagi kishilar yurish-turishi o’rtasidagi nomuvofiqlikda, tafovutda namoyon bo’ladi. Ko’pgina maktab o’quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilarning ijtimoiy normalarga zid hatti-harakat qilganliklarining guvohi bo’ladi. Tarbiya jarayonining tashqi ziddiyatlaridan biri – tashqi talablar bilan o’quvchining o’z xulq atvori o’rtasidagi ziddiyatdir.

Tarbiya jarayonining obyekti bo’lgan bolaning xarakterli xususiyati – uninig real imkoniyatlari bilan jamiyat tomonidan uning xulq atvori va faoliyatiga quyiladigan talab o’rtasida, tarbiyalanuvchining pozisiyasi bilan uning mustaqillikka intilishi o’rtasidagi ziddiyatdan iboratdir.

Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari ( sharoitlari ) o’rtasidagi ziddiyatdir. Agar maktab o’quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat bilan, zarur hajmda qondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartarf etiladi. Amalda esa talab darhol va to’la hajmda qondirilmaydi.

Tarbiya jarayoni bolada o’z-o’zini tarbiyalash – o’z ustida ongli, rejali ish olib borish ehtiyojini hosil qilgan taqdirdagina samarali hisoblanadi. Bola o’zini - o’zi tarbiyalashga tayyorlangan bo’lsa, u o’z istiqboli ustida o’ylay boshlagan va amaliy hayotda muayyan darajada mustaqillik ko’rsata boshlagan bo’lsa, o’z-o’zini tarbiyalash istagi vujudga keladi.

Bolalarda o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni maktab va oiladagi butun tarbiyaviy ishning ta’siri ostida ro’y beradi. Chunki, bola tarbiya jarayonining obyektigina emas, balki subyekti hamdir. Shu sababli o’z-o’zini tarbiyalash o’z ustida faol ish olib boradigan bir paytda (o’z kamchiliklarini anglash, ularni o’z shaxsidagi afzalliklar va kamchiliklar bilan qiyoslash, axloqidagi, xarakteridagi nuqsonlarni tuzatish istagi) shaxs kamolotidagi zarur bosqichdir.

O’z-o’zini tarbiyalash bolaning o’z oldidagi muayyan vazifani qo’ya olishini, uni bajarishga ichki ishtiyoq bo’lishini, bajarish jarayonida shu vazifani bajarish zarurligini anglashni, nima qilingani va hali nimalar qilinmagani yoki yomon qilingani haqida hisobot berishni, o’zini nazorat qilishni va qo’yilgan vazifaning bajarilish natijalariga baho berishni o’z ichiga oladi. O’quvchini tashqi ta’sirlar ham ( jamiyatning ideologik va ma’naviy talablari, kollektiv va ayrim shaxsning talablari ), ichki ta’sirlar ham moddiy va ma’naviy ehtiyojlar, insonning manfaatlari o’zini - o’zi tarbiyalashga undaydi.

Bu prinsipning mohiyati tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarini, qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tadbiq etishdan iborat. Hozirgi sharoitda yoshlarni, o’quvchilarni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga, kasbni asosli tarzda tanlashga tayyorlash o’qituvchilar, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan chuqur anglab olinishi kerak.

Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bog’liqligini tarbiyaviy ish hamda o’quvchilarning unumli mehnati o’rtasida aloqa o’rnatishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. O’quvchilarni mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etilayotganida bu narsani o’quvchilar jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va ma’naviy ne’matlar mo’l – ko’lligi uchun umumxalq kurashining tarkibiy qismi deb, idrok etishlari xaqida g’amxo’rlik qilishlari kerak.

Kollektiv shunday «gimnastika zali» dirki, unda yaxlit shaxsning xilma-xil fazilatlari mashq qilinadi va shakllanadi. Birgalikdagi faoliyatda, bir maqsadni ko’zlab tashkil etilgan kollektiv harakatlarida

o’zaro bog’liqlik va o’zaro mas’uliyat munosabatlari vujudga keladi, bolada kollektiv turmush tajribasi va malakalari to’planadi, shaxsning kollektivchilik xislatlari shakllanadi( Makarenko ). Bu prinsipga amal qilish pedagogika tizimini shunday qurishni taqozo etadiki, uning tarkibiy qismlari va elementlari bir-biri bilan yonma – yon bo’lmasa- da, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. O’quvchilarga nisbatan talablarning turlichaligi tarbiyaga eng ko’p zarar yetkazadi. Afsuski, amalda ko’pincha shunday bo’ladiki, oila maktab talabini qo’llab – quvvatlashi u yokda tursin, balki qarama – qarshi ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilar orasida ham ba’zan talablar birligi ta’minlanmaydi.

Tarbiya ko’plab kishilar ishtirok etadigan uzoq muddatli jarayondir. Shu sababli ularning ichida izchillikka va davomiylikka rioya qilish, o’quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi rivojlanish zonasini o’z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir.

Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan – avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf – odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro’z, o’qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi bayram va marosimlarimizning jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo’lida oqilona foydalanish zarur.

Bugungi kunda milliy an’analarimizni o’rgatish, targ’ib etish bilan bir qatorda to’y – marakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdabozlikka yo’l qo’ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor. Bu urf – odat va an’analarning asosiy qismi oilada va oila a’zolarining bevosita ishtirokida o’tkaziladi. Shuning uchun ham har bir oilaviy an’ana va udum mafkuraviy tarbiyaning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Masalan, insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag’rikeng, mexr – oqibatli odamlarni voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o’rin tutadi. Har bir o’zbek oilasida muqaddas sanaladigan mehmonnavozlik, qiz va o’g’il bolalar tarbiyasi borasida maxsus an’analarning mavjudligi, yil mavsumiga ko’ra barcha oila a’zolari ishtirokida o’tkaziladigan hasharlar, chaqaloqning dunyoga kelishi bilan bog’liq marosimlar hamma – hammasi ezgulikka, ya’ni sog’lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tarbiya – keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning uch xil talqini mavjud:

1. Bolani boqib, voyaga yetkazish.

2. Parvarish, qarov, tarbiyalab o’stirish.

3. Kishining olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish.

Masalan: odob va axloqqa o’rgatish – hunar tarbiyasi: shariat qoidalariga o’rgatish – shariatga asoslangan tarbiya va hokazo. Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning ketidan tarbiya berishdir, ya’ni ta’lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish. Ta’lim va tarbiya tushunchalari o’zaro uzviy bog’liqdir.

Qadimiy ajdodlarimiz insoniy mezon qilib olgan, har bir kishidan talab qilinuvchi bu ijobiy xislatlarni jamlab, ularni tartibga solib chiqsak, quyidagi ijtimoiy sifatlar tizimi gavdalanadi: birinchi o’rinda jasurlik, keyin – bilimdonlik, uddaburonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik, axloq va odoblilik, do’stlik, tejamkorlik va saramjonlik xislatlari turgan. Bunday xislatlarni shakllantirishda ham diniy, ham dunyoviy asarlar muhim o’rin egallagan.

Baqara surasining bilimga da’vat etuvchi 269 – oyatini olib ko’raylik: «U o’zi istagan kishilarga hikmat ( foydali bilim ) beradi. Kimga hikmat berilgan bo’lsa, bas, muxaqqaki, unga ko’p yaxshilik berilibdi» Ol-l Imron surasining 92- oyatini olsak: «Suygan narsalaringizdan infoq – ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka, jannatga yetmagaysiz» . Niso surasining 85 – oyatida: « Kim ( odamlar orasida ) chiroyli – haq taraf olish bilan taraf olsa, o’ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o’zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur».

Shu suraning 112 – oyatida esa: “Kimki biron xato yoki gunohni qilib qo’yib, so’ng uni bir pok odamga tuhmat qilib otsa, muxaqqaki, u bo’hton ochiq gunohni o’z zimmasiga olibdi», - deyilgan.

Ma’naviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan, «Avesto», “Go’ro’g’li”, “Alpomish” dostonlari, Firdavsiyning «Shohnoma», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», va qator boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni, xalqni sevish, or-nomus va do’stlariga sadoqat kabi sifatlariga ularning asosiy ijtimoiy xislatlari, deb qaralgan.

Zardushtiylik ta’limoti talablariga: o’g’rilik va birovning mulkiga xiyonat qilmaslik, ayollarga, ayniqsa homiladorlarga g’amxo’rlik qilish, yer sug’orish, daraxt ekish, o’z vaqtida uylanish va bolalarga g’amxo’rlik qilish kabi masalalar kiradi. «Avesto» da yana yer, suv va havo muqaddas hisoblanib, ularga hurmat va ehtiromda bo’lishga da’vat etilgan.

Sharq ilk jonlanish davri ( 9 – 11 asrlar ) allomalari Islom aqidalarida tarbiyalanib, ularni hayotda bir necha bor sinovlardan utkazib, xikmatli so’zlar orqali bizlarga yetkazishga harakat kilganlar. Jumladan, Abu Rayxon Beruniy: «Barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda», - degan ekanlar. Abu Ali ibn Sino: «Xaqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lishi kerak, lekin xar qanday bilim ham xaqiqatga olib kelavermaydi. O’z bilimining haqiqiyligini bilish uchun mantiqni bilish zarur», - deganlar. O’rta asrlar Markaziy Osiyo allomalari va 19 – asrdagi jadidlar harakati namoyondalari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to’xtalib, komil inson siymosining asosiy belgilari ( xislatlari ) ni ko’rsatganlar. Bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoir va donishmandlarning asarlarida, ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo’lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritilgan.

«Oila yangi avlodning vujudga kelishini taqozo etadi. Shu sababli nikoh ota – onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirib, turadi. Ijtimoiy hodisa bo’lgan oila yashagan davri xususiyatlarini hamisha o’zida aks ettiradi».

Bugungi iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar bo’sag’asida oila vazifasi, mas’uliyati yanada oshdi. Prezidentimiz I.Karimov aytganidek: «Respublikada sobitqadam bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir. Mehnatsevar va badavlat ma’naviy yetuk va madaniyatli oila – shu jamiyatning asosini tashkil etadi».



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish