Tuzuvchi: dots.M.A.Mirzajonov.
dots. B.A.Otaqulov
Tashqi taqrizchi:
“SUPERFAR” MCHJ
rahbari: J.X. Murodov
MUNDARIJA
|
So’z boshi
|
7
|
1-amaliy mashg’ulot
|
Qurilish materiallarining asosiy xossalari
|
9
|
2-amaliy mashg’ulot
|
Qurilish keramikasi mahsulotlari
|
12
|
3-amaliy mashg’ulot
|
Energiya samarador sun’iy tosh materiallari
|
16
|
4-amaliy mashg’ulot
|
Sanitariya-texnik keramika
|
18
|
5-amaliy mashg’ulot
|
Nafis keramika buyumlari
|
22
|
6-amaliy mashg’ulot
|
Sopol buyumlari va ularning turlari
|
25
|
7-amaliy mashg’ulot
|
Chinni ishlab chiqarish jarayoni
|
28
|
Amaliy mashg’ulotlarga ko’rsatmalar
Talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha taqdimotlar va ko’rgazmali qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg’ulot jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitish-ning interfaol usullarini qo’llangan holda talaba tomondan olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi..
1 – amaliy mashg’ulot
1-MAVZU
|
Qurilish materiallarining asosiy xossalari
|
Ishdan maqsad: Talabalarni qurilish materiallarining asosiy xossalari haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
1. Ishning nazariy asoslari
Qurilish materiallarining barcha xossalari asosan uchta gruppaga bo’linadi: 1) Fizikaviy xossalar. 2) Ximiyaviy xossalar. 3) Mexanik xossalar.
Fizikaviy xossalarga – materiallarining zichligi, o’rtacha zichligi, materiallarni suvga nisbatan munosabati, materiallarni issiqlikka nisbatan munosabati hamda materi-alni tashqi muhit ta’siriga chidamliligi kiradi.
Ximiyaviy xossalarga – materialning kislotalar, ishqorlar, gazlar va har xil tuzlar eritmalari ta’siriga chidamliligi kiradi.
Mexanik xossalarga -materialning siqilishi, cho’zilishi, urilish, ishqalanish kuchlari-ga bardosh bera olish qobiliyati va ularning qattiqligi, plastikligi, elastikligi, mo’rtligi kiradi.
Materialning fizikaviy xossalari
Z i ch l i k – (solishtirma massa) deb, materialning massasini absolyut zich (g’ovaklar va bo’shliqlarsiz) hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi va quyidagicha ifodalaniladi:
O’rtacha zichligi deb materialning massasini uning tabiiy (g’ovaklari va bo’shliqlarini hisobga olgandagi ) hajm birligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
G’ ov a k l i k – deb, material hajmida joylashgan g’ovaklar miqdoriga aytiladi.
Materialning suvga nisbattan munosabatini namlik gikroskopiklik suv shimuvchanlik suv o’tkazuvchanlik xossalari bilan xarakterlanadi. Suv shimuvchanlik suvni holatiga qarab (suv bu g’i yoki suvnikiga) bo’linadi:
G i d r o s k o p i k s u v sh i m u v ch a n l i k – deb materialning havodagi suv bug’larini o’ziga shimishi va uni o’z g’ovaklarida saqlash xossasiga aytiladi.
Materialning gigroskopik suv shimuvchanligi havoning namligi va temperaturasiga, g’ovaklarining o’lchamlari, miqdori va turlari hamda jismlarning (moddalarning) tabiati-ga bog’liq.
Suv shimuvchanlik deb, materialning suv shimishi va uni o’zida saqlash xossasiga aytila-di.
Materialning oddiy suv shimuvchanligi massasi bo’yicha va hajmi bo’yicha bo’ladi.
Massasi bo’yicha suv shimuvchanlik quyidagicha aniqlanadi:
Hajmi bo’yicha suv shimuvchanlik:
Bunda m2 –namunaning suvga to’la to’yingan massasi g, kg.
S u v o’ t k a z u v ch a n l i k –materialning bosim ostida o’zidan suv o’tkazish qobiliyatiga aytiladi. Suv o’tkazuvchanlik 1 m2yuzaga ega bo’lgan materialning 1 soat davomida qaysi bo-sim ostida o’zidan suv o’tkazish bilan xarakterlanadi.
M a t ye r i a l n i n g yu m sh a sh k o e f f i ts i ye n t i ko’pgina materiallar suv ta’sirida o’z mustahkamligini kamaytiradi.
Materialning suvga to’la to’yingan holatdagi mustahkamligini uning quruq holatdagi mustahkamligini uning quruq holatdagi mustahkamligiga nisbati yumshash koeffitsienti deb ataladi.
I s s i q l i k o’ t k a z u v ch a n l i k . Materialning bir yuza-si (sirti) issiq, ikkinchi yuzasi (sirti) sovuq bo’lsa, undan issiq oqim o’ta boshlaydi.
Materialning bu xususiyati issiqlik o’tkazuvchanlik koef-fitsienti orqali ifodalanadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik koefftsienti temperaturalar farqi 1˚S ga teng bo’lgan holda qalinligi 1 m yuzi 1 m2 ga teng bo’lgan namunaning 1 soat da-vomida yuzasi sirtidan ikkinchi yuzasi (sirti) ga o’tkazilgan issiqlik miqdoriga teng
C bo’lsa u holda S=0 bo’ladi. Demak issiqlik yutuvchanlik ko-effitsenti 1 kg materialni 10Sga isitish uchun ketgan issiqlik miqdori bilan o’lchanadi.
O l o v g a ch i d a m l i l i k . Qurilish materiallari o’tga chidamliligiga qarab, yonuvchi, qiyin yonuvchi va yonmaydigan bo’lishi mumkin.
Olov yoki yuqori temperatura ta’sirida alangalanuvchi va o’t manbai yo’qotiogandan so’ng ham yonaveradigan materiallarga yonuvchi materiallar deb ataladi (yog’och qamish, jun smala bitum va boshqalar).
Olov ta’sirida qiyin alanga oluvchi tutaydigan yoki yonmay ko’mirga aylanuvchi, olov manbai yuqotilganda alangalanmay so’nib qoladigan materiallar qiyin yonuvchi materiallar deb ataladi. Masalan organik –mineral materiallardan fibrolit, ksilolit shular jumla-sidandir.
Yonmaydigan materiallar olov ta’sirida alangalanmaydi, tutamaydi, ko’mir holatiga ham o’tmaydi (masalan g’isht cherepitsa, beton va boshqalar).
Yonmaydigan materiallar o’z navbatida yana issiqlikka chidamli materillarga bo’linadi.
Issiqqa chidamlilik materiallarning qizil cho’g’ holatiga keltiruvchi temperaturada uzoq vaqt saqlanganda o’z mustahkamligini yo’qotmasligi yoki oz miqdorda o’zgarishi uning issiqqa chidamliligi deb ataladi.
O l o v t a ‘ s i r i d a q i y i n a l a n g a o l u v ch i , tutaydigan yoki yonmay ko’mirga aylanuvchi, olov manbai yuqotilganda alangalanmay so’nib qoladigan materiallar qiyin yonuvchi materiallar deb ataladi. Masalan, organik mineral materiallardan fibrolit, ksilo-lit shular jumlasidandir.
Agar material 1580 0S dan yuqori, temperatura ta’sirida uzoq vaqt qolgandaerimasa va deformatsiyalanmasa bunday materialni o’t ta’sir etmaydigan materiallar deb ataladi.
S o v u q q a ch i d a m l i l i k . Materialni suvga to’la tuyingan holatda bir necha marta muzlatib (10 –17 0S da )va qaytadan eriganda (15 –20 0S da) mustahkamligi 25%, og’irligi 5% dan ortiq kamaysa, shuningdek namunadanbuzilish nuqsonlari paydo bo’lmasa, bu mate-rial sovuqqa chidamli deb hisoblanadi. Mrz=15; Mrz=25; Mrz=35; Mrz=50; Mrz=100;
Mrz=150; 200; 300;
O b – havo ta‘siriga chidamlilik . Material bir necha bor (25 va undan ko’p marta) namlanib quritilganda uning shakli va mustahkamligi o’zgarmasa, bunday material ob – havo ta’siriga chidamli deb yuritiladi (pribor bezerometr).
X i m i ya v i y ch i d a m l i l i k – materiallarning kislotalar, ishqorlar va gazlar ta’siriga qarshilik ko’rsatish ximiyaviy chidamlilik deb ataladi. Turli ximiyaviy reaktiv-lar ta’sirida materialning buzilishi uning korroziyalanishi deb ataladi.
Materialning ximiyaviy chidamliligini aniqlash uchun uni kukun holatida yoki namu-11nalar tayyorlab agressiv muhit ta’siriga quyiladi va ma’lum vaqtdan so’ngetalonga nisba-tan tarkibiy og’irligi mustahkamligi va shaklning o’zgarishiga o’arab chidamlilik darajasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |