5-ilova
Mashg’ulotning uslubiy ta’minoti:
1. E.Q.Qosimov, T.A.Otaqo’ziev. Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984 yil.
2. L.M.Botvina. Stroitelьnыe materialы iz lessovidnыx suglinkov. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984.-128 s.
3. G.N.Maslennikova i dr. Keramicheskie materialы. M., 1991.
4. L.I.Popov.Qurilish materiallari va detallaridan laboratoriya ishlari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil.
5. Stroitelьnыe materialы /Pod obщey red. V.G.Mikulьskogo. M.: Izd-vo ASV, 2000 g.
6. R.A.Rahimov, L.M.Botvina. Silikat g’isht mustahkamligini oshirish. TAQI, Toshkent, 2002 y.
4 – amaliy mashg’ulot
4-MAVZU
|
Sanitariya-texnik keramika
|
Ishdan maqsad: Talabalarni sanitariya-texnik keramika haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
Kerakli ma’lumotlar.
Sanitariya-texnik keramika uchga bo’linadi: fayansli, yarimchinni va chinnili. Fayans buyumlar suyuqlik va gazlarni o’tkazmasligi uchun sirlanadi. Sirlanish gigiena maqsadlariga ham muvofiq.
Keramik sanitariya-texnik buyumlarga: rakovinalar, unitazlar, baklar, trubalar, laboratoriyada ishlatiladigan idishlar, elektr izolyatorlar va boshqalar kiradi.
Sanitariya-texnik keramika oq loydan olinadi. Loytuproqli xomashyodan devorbop, sanitar-texnik, chinni va fayans buyumlari, maxsus keramika (kislotabardosh, olovbardosh), shuningdek elektr hamda radiotexnika va boshqa sohalarda qo’llaniluvchi buyumlar tayyorlanadi.
O’zbekistonda binolarga pardoz berish juda qadim zamonlardan urf bo’lgan. Xalq ustalari hamda olimlari rangdor qilib sirlangan guli sopolning badiiy jihatdan g’oyat kata ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib, sirning tarkibini topish va sopol ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirish ustida ko’pgina ishlar olib bordilar.
Milliy ruhda bezalgan sopol hosil qilish bu boradagi ishlarga asos qilib olindi. Nozik, badiiy mukammal ishlangan sopol pannolar xorijdagi qurilishlarni bezatib turibdi. Ishlatilishi jarayonida ko’pga chidaydigan va bezakli pardozlash buyumlarini keramikadan tayyorlash binolarning badiiy-me’moriy ko’rinishini yaxshilaydi, ularni ekspluatatsiya qilish sarflarini kamaytiradi.
Keramik buyumlar yasash uchun optimal nisbatda loysimon va qumsimon zarrachalarning aralashmasi kerak bo’ladi. Yaxshi qoliplanadigan va tez quriydigan bunday aralashmashi «mayin» loyga shirasizlantiriladigan qo’shimchalar-qum,qipiq va hokazolar qo’shib tayyorlanadi.
Loyning suvda sira ho’llanmaydigan, pishirganda tosh ko’rinishidagi holatga o’tish xususiyati quyidagicha tushintiriladi. Pishirganda loyning tuzilishining o’zgarishiga sabab bo’ladigan kimyoviy va fizik-kimyoviy protsesslar (kimyoviy bog’langan suv chiqib ketadi, suvsiz loy oksidlarga parchalanadi va suvga chidamli yangi hamda qiyin eriydigan birikmalar hosil bo’ladi) ketadi.
Suvsizlangan va ko’rinishi o’zgargan loy zarrachalari pishadi, bunda ular butunlay suyuq holatga o’tmay pishadi. Pishish oson suyuqlanadigan aralashmaning suyuqlanishi hisobiga bo’ladi; bu suyuqlanma hamma massani yelimlab tsementlaydi.xalq arga pardoz berish juda qadim zamonlardan urf bo’lgan.
Keramik sanitariya-texnik buyumlarga quyidagilar: rakovinalar, unitazlar, baklar, trubalar, tajribada ishlatiladigan idishlar, elektr izolyatorlar va boshqalar kiradi.
Murakkab shaklga ega bo’lgan ko’pgina sopol buyumlar (chanoq, unitaz, radiator va vannalar) suyuq loy qorishmasini qolipga quyish yo’li bilan tayyorlanadi. Qolipga quyish uchun kaolin, o’tga chidamli loy, kvarts, dala shpati kabi jinslarni suvda kukun holatigacha tuyiladi va elektrolit qo’shilmalar (soda, eruvchan shisha) bilan qorishtirib suyuq xom ashyo tayyorlanadi.
Ichki qismi bo’shliqdan iborat bo’lgan buyumlar quyidagicha tayyorlanadi. Tashqi qismi radiator shakliga o’xshash gipsli qolipga suyuq qorishma quyilib, bir necha soat tinch holatda saqlanadi. Gips qolipning sirtida zich qatlam hosil bo’lgandan keyin ortiqcha suyuq qorishma qolipda qoldirilgan teshikdan to’kiladi va qolipning tashqi qismi sindiriladi. Tayyor bo’lgan radiator quritiladi, so’ng sirlanadi va kuydiriladi.
Xumdonda 1250-1300 oS haroratda (botirib olish yoki purkash usuli bilan) buyum sirtiga qoplangan sir erib, uning yuzasida yupqa tekis shishasimon qatlam hosil qilinadi. Quyma usul ko’pincha sanitariya texnika buyumlari ishlab chiqarishda ko’p qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |