5-ilova
Mashg’ulotning uslubiy ta’minoti:
1. E.Q.Qosimov, T.A.Otaqo’ziev. Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984 yil.
2. L.M.Botvina. Stroitelьnыe materialы iz lessovidnыx suglinkov. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984.-128 s.
3. G.N.Maslennikova i dr. Keramicheskie materialы. M., 1991.
4. L.I.Popov.Qurilish materiallari va detallaridan laboratoriya ishlari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil.
5. Stroitelьnыe materialы /Pod obщey red. V.G.Mikulьskogo. M.: Izd-vo ASV, 2000 g.
6. R.A.Rahimov, L.M.Botvina. Silikat g’isht mustahkamligini oshirish. TAQI, Toshkent, 2002 y.
5 – amaliy mashg’ulot
5-MAVZU
|
Nafis keramika buyumlari
|
Ishdan maqsad: Talabalarni nafis keramika buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
Kerakli ma’lumotlar.
Mayda donador tuzilishga ega bo’lgan, zich pishgan va sirti shishasimon sirning yupqa qavati bilan qoplangan buyumlar nafis keramika buyumlari deb ataladi. Hozirgi zamonda keramika buyumlari asosan ishlab chiqarish sohalariga va tavsiyalanishiga ko’ra turli guruhlarga turkumlanadilar. Nafis keramika buyumlari materialning pishish darajasiga qarab 2 ta guruhga bo’linadi:
zich pishgan sopolakka ega buyumlar;
g’ovakli, qisman pishgan sopolakka ega buyumlar.
Birinchi guruhga kirgan buyumlarning siniqlari chig’anoqsimon yaltiroq bo’lib, suyuqlik va gazlarni o’tkazmaydilar, oq yoki barobar tarzda bo’yalgan bo’lib, chertilganda uzoq vaqt so’nmay turadigan jarangdor tovush chiqaradilar. Ularning suv yutuvchanligi 5 % dan yuqori bo’lmaydi. Ular sirlangan va sirlanmagan bo’lishi mumkin.
Ikkinchi guruhga kirgan buyumlar sinig’i mayda donador tuzilishga ega bo’lib, bo’zargan ko’rinishga ega bo’ladi hamda suyuqlik va gazlarni o’tkazib yuboradi. Ularning suv yutuvchanligi 5 % dan ortiq bo’ladi. Bunday buyumlarni chertganda tezda so’nuvchi past tovush chiqadi. Buyumlar yupqa bo’lishi mumkin. Zich pishgan buyumlar tarkibiga chinni, nafis tosh buyumlari va issiqlikka bardoshli buyumlar kiradi.
G’ovakli qisman pishgan buyumlar qatoriga yarimchinni, fayans va sopol kiradi.
Nafis keramika buyumlari qatoriga birinchi navbatda sopol va chinni buyumlari kirishi ko’pchilikka ma’lum. Sopol buyumlari juda qadim zamonlarda ham ishlatilgan. Bu fikrni arxeologik va geologiya – qidiruv ishlari natijasida topilgan pishiq turli rang berilgan, usti sirlangan yoki sirlanmagan, uy ruzgorda ishlatiladigan buyumlarning qoldiqlari tasdiqlaydi.
Bu topilmalarni chuqur taxlil qilinganda ularning tarkibi tuproq, qum va boshqa birikmalardan tashkil topganligi ma’lum bo’lgan. Ko’p mablag’ va ishlov talab etmaydigan, ba’diiy bezakli, sopol buyumlariga bo’lgan extiyoj juda katta. SHuning uchun bu sohani yanada rivojlantirish, yanada ko’rkam mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Nafis keramika buyumlari qatoriga bir tarkibli va zich strukturali pishgan yoki mayda zarrachali (mayda g’ovakli) sopolakka ega bo’lgan va keramika texnologiyasi asosida olingan buyumlar kiradi. Bunday buyumlar «qo’pol» keramika buyumlaridan sopalagining kesimiga ko’z ilg’ab oladigan ko’p tarkibli strukturaning yo’qligi bilan farqlanadi.
Buyumlarning rangi yoki sopalakning massivligi nafis keramika bilan «kupol» keramikani ajratuvchi faktor bo’la olmaydi. Masalan, rangli chinni va cherepitsa, steatitli buyum va shamot g’ishti keramika sohasi turli guruxlarining vakillari bo’lishiga qaramasdan bir xil ranga ega bo’lishi mumkin.
SHu bilan birga bir guruxga kiruvchi buyumlar ishlatilayotgan xom – ashyo va maqsadga ko’ra oq rangli (tajriba idishi) yoki turli ranglarga bo’yalgan (maishiy idish –tovoq, dekorativ buyumlar) bo’lishi mumkin.
Nafis keramika buyumi ishlab chiqarishda xom ashyo tozaligiga qo’yilgan talablar kuchli bo’ladi. Xom ashyolarni qayta ishlash jarayoni ham murakkab o’tadi. Xaridorning estetik talablaridan kelib chiqqan holda qoliplangan buyumlar yuzasiga ishlov berish ham murakkab kechadi.
Nafis keramika materiallari va qo’rg’oshinli billur buyumlari ishlab chiqarishda mahsulotlarga badiiy ishlov berish muhim jarayondir. CHinni va sopol buyumi util va politoy kuydirishdan so’ng rasm chizish tsexixa jo’natiladi. U yerda buyumlarga dekolkomaniya yoki qo’l kuchi bilan rasm chiziladi va rasmni mahkamlash maqsadida qayta kuydirishga jo’natiladi. Mufel pechlarida bo’yoq 650-700 S li haroratda mahkamlanadi. Qo’rg’oshinli billur qoliplanganidan so’ng badiiy ishlov berish tsexiga yuboriladi. U yerda olmos qirrali stanoklarda ularning yuzasiga naqsh yoki rasm chiziladi.
Ilmiy izlanishlar natijasida yadro energetikasi, mashinasozlik, elektron va raketa texnologiyalariga mos xossalarga ega bo’lgan maxsus sopol buyumlar ishlab chiqarilmoqda.
Barcha nafis keramika buyumlari ikki katta gruppaga ajraladi:
Yumshoq sopolakka ega bo’lgan, g’ovak va yetarli darajada pishmagan buyumlar;
Sopolagining kesimi qattiq va yaltiroq bo’lgan hamda pishgan buyumlar
Do'stlaringiz bilan baham: |