5-ilova
Mashg’ulotning uslubiy ta’minoti:
1. E.Q.Qosimov, T.A.Otaqo’ziev. Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984 yil.
2. L.M.Botvina. Stroitelьnыe materialы iz lessovidnыx suglinkov. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984.-128 s.
3. G.N.Maslennikova i dr. Keramicheskie materialы. M., 1991.
4. L.I.Popov.Qurilish materiallari va detallaridan laboratoriya ishlari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil.
5. Stroitelьnыe materialы /Pod obщey red. V.G.Mikulьskogo. M.: Izd-vo ASV, 2000 g.
6. R.A.Rahimov, L.M.Botvina. Silikat g’isht mustahkamligini oshirish. TAQI, Toshkent, 2002 y.
3 – amaliy mashg’ulot
3-MAVZU
|
Energiya samarador sun’iy tosh materiallari
|
Ishdan maqsad: Talabalarni energiya samarador sun’iy tosh materiallari haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
1. Kerakli ma’lumotlar.
Fasadbop sopol ashyolar. Binoning fasad qismini qurishda sifatli pishirilgan to’g’ri shaklli, bir tekis rangdagi g’isht va sopol toshlar ko’p ishlatiladi. Fasadbop g’isht va tosh-lar shakliga va ishlatilishiga ko’ra bir qatorga va burchaklarga teriladigan xillarga ajra-tiladi. Bunday g’ishtlar 150, 100, 75 markalarda ishlab chiqariladi. Ularning suv shimuv-chanligi 8–14 %, sovuqqa chidamliligi 25 tsikldan kam bo’lmasligi kerak. Fasadbop g’isht va toshlar zinapoya devorlarini, tsexlarning ichki qismini, oshxona devorlarini qoplashda ham qo’llaniladi. Faqat yon tomoni sirlangan g’isht sanuzel va devorlarni qoplashda ko’p ishla-tiladi. Bulardan boshqa fasadbop sopol ashyolar, araqi (karniz)lar, deraza taxtasi sifatida ishlatiladi.
Qoplama sopol taxtachalar. Nodir binolar fasadini pardozlashda juda ko’p sopol qoplama ashyolar ishlatiladi. Masalan, qoplama taxtachalar, toshlar, terrakot va boshqa sir-langan buyumlar shular jumlasidandir. Qoplama sopol buyumlar, asosan, nam usul bilan tayyorlanadi va yuqori sifatli loy qorishmasi bo’lgan takdirda esa nim quruq usul ham ish-latiladi.
Fasadbop qoplama sopol taxtachalar yuqori sifatli loyni yaxshilab pishitib (zichlash usuli bilan) ishlanadi. Ularning qalinligi 20–25 mm, yuzi 250x138 mm o’lchamlarda qatorbop va burchakbop qilib ishlab chiqariladi. Kichik taxtachalar tayyor devor yuzasiga tsement qorishmasi bilan yopishtiriladi.
Terrakot buyumlar deb, sun’iy ravishda bezalgan va rang berilgandan so’ng pishirib olingan qoplama sopol ashyoga aytiladi. Sirlanmagan terrakot haykaltaroshliqda, kichik me’morchilik qismlari, devorbop ashyolar sifatida ishlatiladi.
Kislotaga chidamli sopol taxtachalar
Pardozbop taxtachalar yuzi sirlangan bo’lib, asosan binoning ichki devori va pollarini qoplashda ishlatiladi. Sirli qatlam -eriganda shishasimon holatga o’tuvchi, oson eriydi-gan loyni buyum yuzasiga surtib, keyin pishirganda hosil bo’lgan qatlamdir. Sirlangan tax-tacha yuzasi juda tekis bo’lganligi tufayli unda suv yoki chang ushlanmaydi. Turli ranglar bilan qorishtirib surtilgan sirli taxtachalar devor sirtini bezashda, me’morchilikda va boshqa maqsadlarda ko’plab ishlatiladi. Pardozbop taxtachalar yuqori sifatli loy qorishmasidan nam yoki nim quruq usul bilan tayyorlanadi. Ko’pincha binolarning ichki de-vorlarini qoplashda mayolik va fayans sopol taxtachalar ishlatiladi. Fayans uchun xom ashyo
sifatida kaolin, dala shpati va kvarts qumi ishlatiladi. Mayolik taxtachalar tabiiy kuygan tuproqdan olinadi va ularning yuzasi sirlanadi.
Taxtachalarni tasniflaganda quyidagi turlarga bo’lish mumkin: yuzasining shakliga ko’ra buyurtma tasvirli va fakturali; yuzasidagi sirning xiliga ko’ra yaltiroq, qo’ng’ir, bir xil yoki ko’p rangli xira tasvirli.
Polbop taxtachalar. Kukun bo’lgunga qadar tuyilgan, qiyin eruvchan maxsus loyni nam holatda yuqori bosimda zichlanadi va erigunga qadar pishirilib, polbop taxtachalar olina-di. Tashqi ko’rinishi bo’yicha ular bir qatlamli va ikki qatlamli, shuningdek, sirtiga ras-mlar solingani ham bo’ladi. SHakli kvadrat, to’g’ri burchakli, uch burchakli va olti tomonli bo’ladi. Qalinligi 10–13 mm, tomonlarining o’lchami 50 mm. dan 150 mm. gacha bo’ladi. Bunday taxtachaning kamchiligi, issiqlik o’tkazuvchanligining yuqoriligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |