O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Sun’iy qurilish keramikasini o’zlashtirilishi



Download 1,7 Mb.
bet23/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

5.4. Sun’iy qurilish keramikasini o’zlashtirilishi
Sun’iy qurilish keramika mahsulotlarini kim yaratgan? Bu savolga aniq javob berish amri mahol.SHuningdek, tarix sahifalarida xom g’ishtlar ilk marta kuhna SHarq mamlakatlarida ishlatilgan degan taxminlar ham uchrab turadi. Bunday taxminlarni asosida haqiqat yotadi. Bu so’z yuritilayotgan mamlakatlarda o’rmonlarning kamligi, iqlimning yil bo’yi issiq va quruq kelishi inshoatlar qurilishida xom g’ishtning qo’llanilishiga sababchi bo’lgan bo’lsa ajab emas. Bunday g’ishtlardan yasalgan uy –joylar, shaharlar hozirgi kunda xam ko’plab uchrab turadi.
Oftobda quritilgan g’isht Markaziy Osiyo shaharlari qurilishida ham uchrab turadi. Termiz, Qarshi, Buxoro, Qizil – Arvat kabi shaharlarda undan ko’plab uy – joylar qurilgan. Bunday uylar namlikdan devorining pastki qismida yuqori tsokol va sifatli gidroizolyatsiya qurilmalari o’rnatil­ganligi sababli yillar davomida o’z xossa va xususiyatlarini saqlab kelmoqda. 
Bunday g’ishtlar tannarxi pishiq g’ishtlar tannarxiga nisbatan 3-4 barobar arzon, termoizolyatsiya qobiliyati esa o’ta yuksak. SHu sababli uni bir qavatli uylarda ishlatish masalasi hozirgi kunning ham aktual masalasidir. Xom g’ishtdan qurilgan bino va inshootlar kamchiliklardan xoli emas, albatta. Xom g’ishtdan qurilgan uylar suvoq qilishni talab kiladi. Xom g’isht zilzila, suv toshqini, dovul, jala kabi tabiiy ofatlarga ham ojiz.
Kitobxonda, albatta g’ishtsozlik Markaziy Osiyo, jumladan bizning serquyosh respublikamizda qay tarzda rivojlangan degan xaqqoniy savol tug’ilishi muqarrar. Tarixiy va ashyoviy dalillar o’rta asrlarga kelib, bu soha u yerda rivojlanibgina qolmay, xattoki, Markaziy Osiyo dunyo g’ishtsozligining markazi bo’lganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyolik ustalar g’ishtdan Buxoro, Xiva va Samarqanda uy – joy, ko’rinishxona, maqbara, zarbxona, masjid, minora, karvonsaroy, qal’a, saroy, ark, aslahxona, ustaxona, ko’shk, xammom kabi binolarni devor va poydevori, xoshiya va tokchasi, gumbaz va peshtoqi, ustuni, aylanma zinapoya, yo’laklar barpo etishgan. 
Jumladan, IX asr oxiri, X asr boshlarida Buxo­roda bunyod etilgan samoniylar maqbarasi, XII asrda karvon yo’li chetiga qurilgan balandligi 30 metr, aylanasi 17 metrli salobatli Jarqo’rg’on minorasi ham sifatli pishiq g’ishtdan qurilgan. SHu xildagi o’rta asr qurilish va arxitekturasiga oid obidalar ko’rki, salobatli va naqshinkor mahobati bilan xanuzgacha kishilarni lol qoldirib kelmokda, betakror me’morchilik san’ati dovrug’ini olam uzra yoymokda.
XVIII-XIX asrlarda g’isht ishlab chiqarish korxonalari soni yanada ortdi. SHu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni ham takomillashdi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida g’isht yuzasini hosil qiluvchi munshtukning kashf etilishi, tuproqqa ishlov beruvchi shnekli presslarning yaratilishi, tuproqni qorib beruvchi bulg’alagichlarning o’rnatilishi g’isht sanoatida haqiqiy texnika revolyutsiyasiga olib keldi.
Tabiatda nihoyatda ko’p kimyoviy birikmalar, mahsulotlar borki, ularga shunchaki ko’nikib qolganimizdan hatto hayotimizda tutgan rolini ko’pincha o’ylab xam ko’rmaymiz. Ana shunday oddiy, lekin jamiyatimiz taraqqiyotidagi o’rnini tasavvur etib bo’lmaydigan yog’och, ko’mir, tsement, shisha va chinni kabi kimyoviy mahsulotlar qatoriga g’isht ham kiradi. Quvurchilar g’isht bilan tsement eritmasini «qurilish noni» deb atashlarining boisi ham ana shunda. Qurilish keramikasi mahsulotlari ichida tuproq asosida yasalgan qurilish g’ishti muhim o’rinni egallaydi.
Oddiy mahsulot hisoblanmish g’ishtning qimmati nimada? Bu savolga javob bermoq uchun mamlakatimizning tashqi qiyofasini Toshkent, Samar­qand, Buxoro, Xiva kabi go’zal va dilrabo shaharlar, hayotimizni esa qulay, shinam va ko’rkam turar – joy binolarisiz tasavvur qila olmasligi­miz esga olish kifoya.
Xo’sh, g’isht haqida nimalarni bilasiz? G’ishtning qattiq anorganik modda ekanligi, pishiqligi, sovuq va issiqni yaxshi o’tkazmasligi, kimyoviy moddalar bilan aktiv reaktsiyaga kirishmasligi ma’lum. G’ishtdan yaxlit panelь va bloklar yasash mumkinligi xam aniqlangan.
Hozir g’ishtning o’ta pishiqlik, izolyator va yarimo’tkazuvchanlik, radiatsiya va har xil muhitga chidamlilik, serg’ovaklik, issiqlikni kam o’tkazish, tovushni yutuvchanlik singari xususiyatlari aniqlanib, texnika maqsadla­rida foydalanilmoqda.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish