12-rasm. Oddiy tebranma jag’li maydalagich.
Xom ashyoni saralash tasmali konveyerlarda olib boriladi. Bo’lak-bo’lak holdagi xom ashyoni dag’al va o’rtacha holda maydalash uchun jag’li maydalagichlar ishlatiladi, ularda material harakatlanuvchi va qo’zg’almas jag’lar orasida eziladi. Ko’pincha murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagichlardan foydalaniladi, ularda odatda maydalanish darajasi 3-6 ga tengdir (12-rasm). Dastlabki dag’al maydalash bo’limida texnologik jarayonlar quyidagi ketma-ketlikda sodir bo’ladi:
Ombor (250-50 mm)—yuvish—dag’al maydalash—kuydirish (850-900 oS)—saralash—saqlash. Dastlabki dag’al maydalashdan keyin xom ashyo o’rtacha maydalash va dag’al tuyishga yuboriladi. Bunda dala shpati va pegmatit 1,25 sonli (34,6 teshik/sm2) elakdan o’tgunga qadar, chiqit siniqlari, dolomit va kvars esa 09 sonli (64 teshik/sm2) elakdan o’tgunga qadar maydalanadi.
Toshsimon materiallarni o’rtancha maydalash va dag’altuyish chizmasi.
10-jadval.
Toshsimon material ombori (50 mm va undan kichik)
|
Variant 1
|
|
Variant 2
|
|
Variant 3
|
Kvars, dala shpati, pegmatit
|
|
Buyum siniqlari
|
|
Dolomit
|
O’rtacha maydalash (jag’li maydalagich)
|
|
Saralash (qo’l yordamida)
|
|
Dag’al tuyish (choparlar, konussimon tegirmon)
|
Dag’al tuyish (choparlar, konussimon tegirmon)
|
|
Yuvish(shpat yuvgich)
|
|
Elash (64 teshik/sm2)
|
Magnitli separatsiya (elektromagnit)
|
|
Saqlash (bunker)
|
|
Magnitli separatsiya (elektromagnit)
|
Alohida qilib saqlash (bunkerlar)
|
|
O’rtacha maydalash jag’li jaydalagich
|
|
|
Saqlash (bunker)
|
|
|
Dag’al tuyish (choparlar)
|
|
|
Elash (64 teshik/sm2)
|
|
|
Magnitli separatsiya (elektromagnit
|
|
|
Saqlash (bunker)
|
|
Materialni mayda holda bo’lakchalarga ajratish va dag’al tuyish ham eziladi, ham ishqalanadi, natijada maydalangan material tarkibida mayda fraktsiyaning miqdori oshadi. CHoparlarning g’ildiraklari mustahkam granitdan yasaladi, materialdan yasalgan idish esa granit plitalari bilan qoplanadi.
Toshsimon materiallar dastlabki kuydirishdan o’tgan holda, ular o’rtancha maydalanish bosqichini o’tmay, yuqori darajadagi tuyishga yuboriladi. O’rta darajada maydalash va dag’al tuyish bosqichlari 10-jadvalda ko’rsatilgan.
Har qanday materialni tuyish jarayonida uning maydalanishi eng kuchsiz joydan, ya’ni zarrachalarning kesishish nuqtalaridan, g’ovaklikdan va darz joylaridan boshlanadi. Ushbu jarayonlar suvli muhitda jadalroq sodir bo’ladi. Maydalanayotgan materialning yuqori gidrofillik xususiyati natijasida o’lchami 0,14 nm bo’lgan suv malekulalari maydalanish natijasida yangidan hosil bo’layotgan zarracha yuzalarni ho’llab borishlari oqibatida tuyish osonlashadi. Bunda 0,5-1 % miqdorda yuza faol moddalari qo’shilsa, maydalanish jaryonidagi suvning pona sifat ta’siri yanada kuchayadi. SHu sababdan, zoldirli tegirmonlarda ho’l usulda quruq usuldan 35-45 % ga samaradorliroqdir.
Bundan tashqari, ho’l usulda tuyish toshsimon materiallarning reaktsiyaga bo’lgan faolligini oshirib, ulardan noxush aralashmalarni chiqarib ketishi uchun sharoitlar yaratadi va kuydirish jarayonida boradigan fizik-kimyoviy o’zgarishlarni jadallashtiradi. Buning natijasida shisha mullit fazasining hosil bo’lishi kuchayib, erimay qolgan kvarsning miqdori kamayadi va tayyor mahsulotning termik, mexanik xususiyatlari ortadi, oqligi va shaffoflik darajasi yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |