8-rasm.Silikat g’isht quyish texnologik sxemasi:
1-qum tashiydigan vagon; 2-qum solib turadigan bunker; 3-mayda ohak solib turadigan bunker; 4-shar tegirmon; 5-tuyilgan ohak bunkeri; 6-qorgich; 7-ohak so’ndiriladigan siloslar; 8-elevator; 9-dezintegrator; 10-qorgich; 11-press; 12-vagoncha-platforma; 13-avtoklavlar; 14-tayyor g’isht ortilgan vagoncha; 15-bug’ qozoni.
Ko’pchilik qurilish ashyolari katta hajmga va o’rtacha zichlikka ega, bu esa ularni tayyorlaydigan yoki olinadigan zavoddan yoki karьerdan qurilish maydonchasiga tashishga katta xarajat sarflanishiga olib keladi. Qurilish tannarxini arzonlashtirish, transport xarajatlarini kamaytirish uchun, mahalliy qurilish ashyolari qum, shag’al, mayda tosh va tabiiy toshlar qo’llaniladi.
Qurilish ashyolarini ishlab chiqarish, xususan, silikat g’ishtni ishlab chiqarishda, asosan, amaldagi zavodlarni takomillashtirish, yangi zamonaviy qurilmalar bilan jixozlash, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va zaxiralardan foydalanish yo’li bilan ko’paytirish kerak.
Silikat g’isht zavodlari - bu yuqori darajada mexanizatsiyalashgan korxonalardir. Avtomat-teruvchilarning joriy qilinishi, olish va joylash jarayonlarini avtomatlashtirishga, qo’l mehnati jarayonlarini bartaraf qilib, ko’pgina ishchilarni og’ir mehnatdan ozod qilishga imkon beradi.
Silikat zavodlarning ish samaradorligini oshirish, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish asosida taьminlanadi. Ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish, mehnat sarflarini pasaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini sezilarli darajada yaxshilash va ilg’or tajribalardan keng foydalanish yo’li bilan erishiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yanada takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqib, zavodlar jamoasi ohakni maydalash bo’limiga va bunker omboriga uzatib taxta va ohak pechlari ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo’yicha, aralashma kompanentlarini o’lchab dozalash bo’yicha, uning namligi va aktivligini nazorat qilish bo’yicha, davriy amal qiluvchi siloslarni yuklash va bo’shatish bo’yicha, shuningdek ular satxini radiozotopli ko’rsatkichli uzliksiz ishlovchi reaktorlar bilan aralashtirish bo’yicha izlanishlarni joriy qilishmokda. Bu va boshqa tadbirlar ishlab chiqarish texnologiyasini avtomatlashtirish, boshqarish sistemasi majmuini tashkil etishdan iborat.
Sovuqqa bardoshlilikka sinalgan silikat g’isht va toshlarning namunalarida siqilishga mustahkamligi oddiy buyumlar uchun 25 % ortiq bo’lmagan darajada, yuzali buyumlar esa 20 % ortiq bo’lmagan darajada yo’qotishga yo’l qo’yiladi. Silikat g’ishtning o’lchamlari: bo’yi-250 mm, eni-120 va qalinligi 65, 88 va 103 mm bo’lishi mumkin. Silikat g’isht og’irligi 5-5,7 kg keladi. G’ishtning shakli va qirralari to’g’ri, darzsiz va boshqa kamchiliklarsiz bo’lishi kerak. Silikat va teshikli g’ishtlar faqat devor, ustun va oraliq devorlar uchun qo’llaniladi. Pechka qurish uchun silikat g’isht ishlatmaslik kerak. Silikat g’ishtni binolarning poydevori va tsokollari uchun tuproq va oqava suvlar ta’sirida bo’ladigan gidroizalyatsiya qatlamidan pastda qo’llanilishi mumkin emas. Bu konstruktsiyalarda faqat sovuqqa bardoshliligi yuqori bo’lgan muz 50 dan yuqori silikat g’ishtlarni qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |