1.Bankning tashkil etilishi va faoliyatini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq
bo`lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish,
soliqqa tortish ob`ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning
yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma`lumotlarga ehtiyojlar paydo
bo`lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo`layotgan o`zgarishlar ustidan
kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan
sari ular bilan bevosita bog’liq bo`lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib
borgan. SHuning uchun tug’ilish, o`lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni
yozib borish tartibi o`rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan
ikkinchisiga ko`chib yurishi bilan bog’liq bo`lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd
qilish tartibi belgilangan. Qishloq xo`jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik,
sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo`jalikka
oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo
etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish
va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan
va rivoj topgan. «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib,
hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» -
davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida
muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan. Hozirgi kunda statistika deyilganda o`z ob`ekti va usuliga ega bo`lgan mustaqil fanni;
amaliy faoliyatdagi mustaqil tarmoqlarni, ya`ni Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi, viloyatlarda iqtisodiyot va statistika bosh
boshqarmalari, tumanda iqtisodiyot va statistika blimlarini;
ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ta`riflaydigan umumiy ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi.
Statistika ko`p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra,
eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro`yxati) o`tkazilgan. Rossiya
(Moskva)da ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro`yxati o`tkazilgan.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil fan sifatida
shakllana boshladi. Bu davrda endigina feodalizm o`rnini kapitalizm tuzumi
egallayotgan edi. Kapitalistik tuzumning barqaror bo`lishi ko`pgina fanlarning,
shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XVII asrda
Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari
ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo`lganlar.
U.Pettini o`z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma`lum darajada statistikaning
ixtirochisidir, deb atashgan. Evropada statistikaning asoschisi bo`lib bel’giyalik olim A.Ketle (1796-1874) hisoblangan. O`sha davrda Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi
marta «statistika» so`zini qo`llagan. Angliyada esa A.Bouli (1869-1957)
statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Umumiy nazariya statistika
|
Ijtimoiy statistika
|
Iqtisodiy statistika
|
Makroiqtisodiy statistika
|
Mikroiqtisodiy statistika
|
1.Statistika tarixi.
2.Statistika nazariyasi..
3.Matematik statistika.
|
1. Aholi statistikasi.
2.Jinoyat va sud statistikasi
3.Sog’liqni saqlash statistikasi
4.Mehnat statistikasi
5.Maorif statistikasi va hikazo
|
1.Mintaqaviy (hududiy) statistika
2.Xalqaro statistika
3.Moliya statistikasi
4.Bozor iqtisodiy statistikasi va hokazo
|
1.Sanoat statistikasi
2.Qishloq xo’jaligi statistikasi
3.Savdo statistikasi
4.Qurilish statistikasi
5.Transpoort va aloqa statistikasi
6.Kommunal xo’jalik statistikasi
7.Kichik qo’shma korxona, fermer xo’jaligi statistikasi va h.k.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |