2. Bankning bo’limlarini o’rganish
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni
boshqarishning bozor uslublarini joriy etish, respublikani rivojlantirishning
maqbul makroiqtisodiy nisbatlarini va barqaror sur`atlarini ta`minlash,
statistiklarning xalqaro me`yorlar va andazalarga muvofiq samarali ishlashini
tashkil qilish maqsadida:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 may 1997 yilgi farmoniga
binoan 1992 yil 5 avgustda tashkil etilgan «O`zbekiston Respublikasi
istiqbolini belgilash va statistika» qo`mitasi o`rniga «Makroiqtisodiyot
va statistika» vazirligi tashkil etildi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari istiqbolni belgilash va statistika bo`yicha
ishlab turgan bo`linmalar negizida;
Qoraqalpog’iston Respublikasi – iqtisodiyot va statistika vazirligi;
Respublika viloyatlari va Toshkent shahrida iqtisodiyot va statistika
bosh boshqarmalari, Respublika shaharlari va tumanlarida iqtisodiyot
va statistika bo`limlari tashkil etildi. Idoralarda, korxona va muassasalarda, tashkilot va vazirliklarda statistika
bilan shug’ullanadigan bo`lim va guruhlar mavjuddir. Ular vazirlik, idora va
tashkilot miqyosidagi statistika ishlarini olib boradi. SHuning uchun ular
ma`muriy statistika deb yuritiladi. Bu statistika ma`muriy jihatdan tegishli
vazirliklarga, metodologik jihatdan esa Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligining tegishli idoralariga bo`ysunadi. Amaliyotda yagona xalq xo`jaligi hisobi joriy qilingan. Bu hisob uch turdagi hisobni o`z ichiga oladi:
operativ-texnika;
buxgalteriya;
statistik hisob.
O’zbekiston Respublikasi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi”
|
Qoraqolpog’iston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vazirligi
|
Respublika shaxarlari va tumanlarida iqtisodiyot va statistika bo’limlari
|
Respublika shaxarlari va tumanlarida iqtisodiyot va statistika bo’limlari
| 2-chizma. O`zbekiston Respublikasida statistikaning tashkil etilishi
Operativ-texnika hisobi korxona ishi ustidan operativ boshqarishni
tashkil etish uchun xizmat qiladi. Korxona ma`muriyatini korxona va ayrim
ishlab chiqarish bo`limlarining (ish joyi, tsex va hokazo) ishi va holati haqidagi
ma`lumotlar bilan ta`minlab turish – bu hisobning asosiy vazifasidir. Operativ
hisobga misol qilib ishchilarning ishga chiqishini qayd qiluvchi kundalik tabel’
hisobi, ish joylaria xom ashyo va materiallarning mavjudligi haqida kundalik
hisob, mahsulotlarni ishlab chiqarish kundalik hisoblarni olish mumkin. Bu
hisob ko`pincha natural o`lchov birliklarida olib boriladi.
Buxgalteriya hisobi korxonaning moddiy va pul resurslari harakatini
hisobga oladi. U korxona mulkini qo`riqlashdagi muhim quroldir. Buxgalteriya
hisobining xususiyati shundaki, u boshlang’ich hujjatlarga asoslanib,
korxonaning moddiy va moliyaviy resurslaridagi har bir o`zgarishni pulda
hisoblab, ikki yoqlama yozuv yo`li bilan hisobda qayd qiladi. Buxgalteriya
hisobi korxonaning xo`jalik faoliyati natijalarini aniqlash va xo`jalik hisobini
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uning eng umumlashgan pirovard natijasi
buxgalteriya balansidir.
Statistik hisob xalq xo`jaligi miqyosidagi hisob bo`lib, undagi
sodirbo`ladigan hodisa va jarayonlarni umumlashtiradi va tegishli
qonuniyatlarni aniqlaydi. U quyidagi tomonlari bilan yuqoridagi hisoblardan
tubdan farq qiladi:hisobga oladigan ob`ekti, qo`llanish doirasi, asosiy hisoblashoperatsiyalari; natijalarni rasmiylashtirish usullari.
Hisobning ob’ekti va vazifalari
|
Hsob turlari
|
Operativ-texnika hisobi
|
Buxgallteriya hisobi
|
Statistika hisobi
|
Hisoba olinadgan ob’ekt
|
Korxona va ayrim ishlab chiqarish bo’limlarining (ish joyi, sex, bo’lim va hokazo) ishi va holati haqidagi ma’lumotlar
|
Korxonaning moddiy va moliyaviy resurslar
|
Ommaviy ijtimoiy hodisa va narsalar to’pami.
|
Qo’llanish doirasi
|
Kundalik operativ boshqarishni tashkil qilish, joriykuzatish va hokazo
|
Korxona faoliyatini tahlil qilish
|
Xalq xo’jaligini yaxlit o’rganish
|
Asosiy hisoblash operatsiyasi
|
Oddiy sanash
|
Ikki yoqlama yozish
|
Statistik kuzatish sifati, muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratish, o’rtacha nisbiy miqdorlarni hisoblash
|
Natijalarni rasmiylashtirish usuli
|
Jamlash
|
Balanslarni tuzish
|
Jadvallarga joylashtrish va grafiklarda tasvirlash
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |