O’zbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 2,16 Mb.
bet1/9
Sana09.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#647686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI

OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI

FАRGʼONА POLITEXNIKА INSTITUTI

MАGISTRАTURА BOʼLIMI

5А410501 “Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” M19-20 gurux magistranti

ABDURAXIMOV UMIDJON ABDURASHID O`G`LI

KURS ISHI”


FAN NOMI: “Dala ekinlari mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari”


Mavzu: Saturatsiya,sulfinatsiya sharbatlari va tayyor maxsulot sifatini baholashni o`rganish.


3000 t omixta yemishlab chiqarish texnologiyasi.


Fan o’qituvchisi: Ibragimov.O




FАRGʼONА – 2022




Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………………3
I Bob

    1. Dala ekinlarining guruhlarga bo’linishi va kelib chiqish markazlari……. 6

1.2 O’simliklarning o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatini boshqarish ..11
II Bob
2.1 Dala ekin mahsulotlari saqlashning nazariy asoslari va ularga tasir
etuvchi omillar………………………………………………………………….13
2.2 Dala ekin mahsulotlari sifatini nazorat qilish………………………...…18
2.3 Dala ekin mahsulotlari tuplamlarining umumiy ko’rsatkichlari………..20
III Bob
3.1 10 tonna Tovar donni qabul qilish, saqlash va tozalsh……………….….22
3.2. Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xossalariga ta`sir qiladigan omillar…………………………………………………………………………..24
3.3 Donni saqlash rejimlarining umumiy tavsiflari…………………………25
Xulosa………………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….29



KIRISH
Respublikamizda iqtisodiy islohot izchil amalga oshirilayotgan hozirgi davrda aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish va bu sohadadagi ta’minotni tubdan yaxshilash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli xal etishda ayniqsa, dala ekinlari mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlov berishdek muhim vazifaga aloxida e’tibor talab qilinadi.
Odatda dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirish seryog’in bahor va jazirama
yoz fasllariga to’g’ri keladi. Shu boisdan bu mahsulotlarini iloji boricha nes- nobud qilmasdan yigib olish va birlamchi qayta ishlashni to’g’ri tashkil etmasdan turib axolini dala ekin mahsulotlari bilan to’la ta’minlab bo’lmaydi. Dala ekinlari hosilini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash xam takomillashmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, ilmiy asosda tashkil etilsa, ilg’or tajribalarga tayanib ish ko’rilsa dala mahsulotlari isrofgarchiliklari ancha kamayadi. Xalqaro qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda dunyo bo’yicha dala ekinlari mahsulotlarining isrof bo’lishi 6-10 foizdan oshmaydi. Bizda esa hozirgi davrda bu ko’rsatkich ba’zan 15-20 foizni tashkil etayapti. Respublikamizda bu ko’rsatkichni yiliga 1-2 foizga kamaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Hozirgacha dala ekinlarini yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari ilmiy asosda yetarlicha o’rganilmagan. Qolaversa, bu boradagi fan- texnika va ilg’or tajriba yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti. Mavjud omborxona va qayta ishlash korxonalari ob-xavo va iqlim sharoitlarini hisobga olmagan holda ko’rilgan.
Dehqonchilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning ning asosiy obyekti tabiatda anorganik elementlardan organik moddalar yaratish xususiyatiga ega bo’lgan yashil o'simliklardir. Odam yashil o'simliklarni ekib o'stirib, quyosh nurining kinetik energiyasini o’simliklar tarkibidagi organik moddalarning potensial energiyasiga aylantiradi. Dehqonchilikda yashil o’simliklar qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasiga aylanadi.
Insonlar zarur bo'lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini shuningdek oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyoni dehqonchilikdan oladilar.
Dehqonchilikda odam muntazam ravishda o’zgarib turadigan ko'pgina sharoitlarga duch keladiki boshqa bironta tarmoqda bunday sharoit uchramaydi. O’simliklar hayoti dalada doim o’zgarib turadigan muhitda o’tadi. Ularni zarur hayotiy omillar bilan ta’minlash uchun shunga muvofiq ravishda uning tevarak atrof- muhitini ma’lum darajada o’zgartirish kerak.
O’simliklar hayoti uchun qulay sharoit yaratishda dala ishlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi ayniqsa katta rol o'ynaydi. Yerni ishlashdan tortish, ekish, ekinlarni parvarish qilish yoki hosilni yig’ib-terib olishgacha bo’lgan barcha ishlar nihoyatda sifatli qilib va eng qulay agrotexnikaviy muddatlarda bajarilishi kerak. Bu ishlardan birontasining kechiktirib bajarilishi dehqonchilik mahsulotlarining miqdori va sifati kcskin pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Ekinlarni parvarish qilishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni so’ngra to’g’rilash juda murakkab va og’irdir. Ko’pincha ularni tuzatib bo’lmaydi. Shuning uchun dehqonchilikda hosilning taqdirini hal qiladigan barcha shart-sharoitni qat’iy hisobga olish talab qilinadi.
Dehqonchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining boshqa tarmoqlari bilan birinchi navbatda chorvachilik bilan chambarchas bog'liq. Dehqonchilik chorvachilikni dag’al, shirali va konsentrat kuchli oziqalar bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga chorvachilikdan dehqonchilikka zarur bo'lgan go'ng olinadi. Go'ngsiz ayniqsa, kamunum yerlarda ekinlardan muttasil hosil olish ancha qiyin.
Odamlarning foydali o'simliklarni o'stira boshlashining tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Insoniyat yer haydab dehqonchilik qilishni mctalldan ish qurollarini yasash va hayvonlar kuchidan foydalanishni o'rganganidan keyin boshlandi.
Hozirgi vaqtda Yer shari aholisining yarmidan ko'prog'i dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Ekin ekiladigan maydon 1 mlrd gektardan oshadi.
Hozirda Yer yuzida o'simliklarning 500 mingdan ortiq turlari ma'lum bo'lib. shulardan 300 ming turi gulli o'simliklar bo'lib, ulardan 20 ming turi odamlar tomonidan o'stiriladi. Madaniy o'simliklarning soni 1500 taga yetadi. ammo ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lganlari 640 tani tashkil etib, shulardan 90 tasi dala ekinlariga kiradi. Kelajakda yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish va ularni turli mahsulotlar olish uchun ekish hamda biologik xususiyatlarini o'rganish yana davom etadi.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish