O’zbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti


Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xossalariga ta`sir qiladigan omillar



Download 2,16 Mb.
bet8/9
Sana09.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#647686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH

3.2. Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xossalariga ta`sir qiladigan omillar.
Don etishtirishda uning sifatini hamda don massasining fizik va fiziologik xossalarini aniqlaydigan omillar: donning navi o`simlikning rivojlanish va donning shakllanish sharoiti; hosilni yig’ish sharoiti; hosilni yig’ib olgandan so’nggi dastlabki davrdagi saqlash va qabul qilish korxonalariga tashish sharoiti.
Donning naviga nisbatan o’ziga xosligi. Yangi hosil don massasining sifati va xossalariga uning navi bilan birga urug`ning ekish sifati har ta`sir qiladi.
Navdan bog’liq holda don massasidagi bo’shliq, hamda oquvchanlik xususiyatlari o`zgarishi mumkin. SHuningdek, don massasining tarkibi va xossalari urug`ning ekish sifati – ko’karish energiyasi, aralashmalar miqdori va tarkibi, hamda bakterial va zamburug` kasalliklaridan ham bog’liq. Ekish standarti normalariga qat`iy rioya qilish to’laqon hosil olishga imkon beradi.
Don va urug`ning har bir navi, ko`pgina boshqa xususiyatlari (hosildorlik, vegetatsion davrning uzayishligi, kasallarga chalinishga, zararkunandalarga qarshi chidamliligi va xokazo) dan boshqa har (qaysiki qishloq xo`jaligida hisobga olinadi) turli iste`molbop belgilarga ega. Binobarin, turli bugdoy navlari turlicha unboplik va nonboplik sifatlarini namoyon qiladi; makkajo’xorining ko`pgina navlari va gibridlari erkin aks ettirilgan texnologik va emboplik xossalari bilan ajralib turadi; arpa navlari pivo qaynatish sifati bo`yicha bir-biridan farq qiladi; kanop urug`ining turli navlari turli sifatli moy miqdorini uzida saqlaydi; kungabokar navlari har tarkibidagi moy miqdori bo`yicha bir-biridan farq qiladi; suli, arpa, guruch, tariq donlari navininng u yoki bu xilidan yorma olinganda, ular iste`molbop xossalari bilan farq qilishadi.
Bularning barchasi donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida don partiyalarini naviga qarab va keyingi foydalanilishi bo`yicha aloxida joylashtirish zaruriyati mavjudligiga olib keladi.


3.3 Donni saqlash rejimlarining umumiy tavsiflari.
U oziq-ovqat, furaj va urug’li donlar uchun mo’ljallangan. Ombor don tozalash (birlamchi va ikkilamchi tozalash uchun) va quritish bo’limlaridan iborat. Xirmonlar ikki qator bo’lib, ular orasida o’tish yo’li kengligi 2 m. Don omboridagi jami 22 ta bo’lim bo’lib, ularning 12 tasi oziq-ovqat – furaj doni va 10 tasi urug’lik donlari uchun mo’ljallangan. Oziq-ovqat-furaj doni uchun xirmon hajmi 47 t, urug’lik don uchun esa 17 t atrofida. Oziq-ovqat-furaj doni uchun don omborining umumiy hajmi 620 t va urug’lik don uchun 180 t. Undan tashqari, donni idishlardi saqlash uchun maydoncha mavjud. Кo’chma faol shamollatish agregatlari yordamida quritish mumkin. Ombor bo’limi ikki qavatli don tozalash bo’limi bilan bog’langan bo’lib, unda donni qabul qilish, tozalash va tarqatish amalga oshiriladi. Don tozalash bo’limida birlamchi tozalash uchun xonalar mo’ljallangan, donni ikkilamchi tozalash uchun shuningdek qop, idish, inventar va chiqitlarni to’plashga xonalar mavjud.
Omborga keltirilgan don avtomashinadan qabul bunkeriga to’kiladi, keyin TIJ-2x10 cho’michlari orqali yuqoriga ko’tariladi va don tozalash to’g’ri xirmonga yo’naltiriladi. Don tozalangandan keyin tasmali transporterning yuqori qismi yordamida xirmonga o’tkaziladi. Transporterdan u ko’chma bo’shatish aravachasi yordamida xirmonga yo’naltiriladi. Hozirgi kunda ko’pgina xorijiy mamla-katlarda zamonaviy tipdagi don omborlari qurilmoqda. Ularda avtomashinada keltirilgan don traktorlarga tirkaluvchi maxsus uskunalar yordamida bevosita xirmonga bo’shatiladi.
Xirmonlarni bo’shatish quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Don xirmondan tarnov orqali tasmali transporterning pastki qismiga uzatiladi, va cho’michlar yordamida u yoki bu tarafga yo’naltiriladi. Shuningdek transporter ishlamasa tushirish yoki ortish qo’l aravachalari yoki ko’chma shnek yordamida amalga oshiriladi.
Don tozalash bo’limining ikkinchi kavatida OSV-10 don toza-lash mashinasi, birinchi qavatda esa OS-4,5 o’rnatilgan. Don tozalash mashinalariga don o’z oqimi bilan yo’naltiriladi. OSV-10 dan olingan chiqitlar ko’chma shneklar yordamida chiqitlar bunkeriga to’kilib, u erdan qoplarga qadoqlanadi.
Bunkerdan don birinchi qavatga yo’naltiriladi, u erda qoplarga to’kiladi, tortiladi va mashinalarga ortiladi. Nam donni quritish uchun don tozalash bo’limi yonida quritish xonasi bo’lib, u erda SZPB-2,0 baraban quritgichi o’rnatiladi. Quritilgan don cho’michlari yordamida tasmali transporterning yuqori qismiga, so’ng xirmonga uzatiladi. U erda don 3 metrgacha balandlikda saqlanadi. Xirmonlar shamollatish moslamasi bilan jihozlangan. Shamollatish APE-4 havo elektrodvigatelli 4 ta ko’chma agregatlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu maqsad uchun ombor bo’ylab agregatlar harakati uchun relslar o’rnatilgan.
Don namligi 16% ga pasaygandan keyin, don qatlami 3 martagacha ko’tariladi va quritishni tegishli namlikgacha davom ettiriladi. Hajmi 500 t urug’lik ombori. Ombor don etishtiradigan tumanlar xo’jaliklari uchun mo’ljallangan bo’lib, 6 balldan yuqori seysmik joylar bundan mustasnodir. Omborxona donli, don-dukkakli, moyli ekin donlari va xashaki o’tlar urug’lari uchun mo’ljallangan.
Xirmondan urug’larni bo’shatish uchun omborning ikki tarafida maxsus darchalar bo’lib, ularga tasmali transporter bunker o’rnatiladi. Urug’ omborida 21 xirmon bor. Ular ikki qator joy-lashgan bo’lib, orqa devori umumiydir. Xirmonlar zichlantirilgan taxtalardan tayyorlangan to’siqlardan yig’ilgan. Hamma ustunlar mustahkamligi uchun xirmonlarni bir vaqtda to’ldirish va ularni bo’shatish ishlari turli vaqtlarda o’tkazilishini hisobga olinib, o’zaro bog’langandir. Кemiruvchilardan himoya qilish uchun eshik tagi 500 mm balandlikkacha temir qoplama bilan yopilgan. Omborni to’ldirish donni tozalash, navlarga ajratish va quritishdan so’ng amalga oshiriladi. Hajmi og’irligi 750 kg/m3 va namligi 14% urug’lar qabul qilinadi. Umumiy urug’ miqdoridan 95% yoki 475 t xirmonlarda to’kma holda qolgan miqdor – 5%, yoki 25 t qoplarda saqlanadi. Urug’li qoplar balandligi 6 qavatgacha taglikka taxlanadi. Urug’larni noqulay sharoitda saqlashda 116-2 markali garaj kompressorida donlarni faol shamollatish ko’zda tutiladi. Urug’larni ortish va tushirish T-80 A transporter orqali amalga oshiriladi.
Xulosa
1.Don uyumlarini saqlash davrida har xil tashqi muhit sharoitining tezda ta’sir etishi ularni saqlashga chidamliligini juda pasaytiradi.
2. Donlarni uyumga joylashtirishdan oldingi tayyorgarlik ishlari xam katta ahamiyatga ega. Namlik qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ularni maydonchaga joylashtirishdan avval 80S va undan past haroratgacha sovitilishi kerak. Bunday qilishning sababi uyumda kana va hasharotlarning faol rivojlanishini yo’qotadi shu bilan birga o’z-o’zidan yonib ketish darajasini pasaytiradi.
3. Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini xar xil kemiruvchilar, qushlar zararkunanda hasharotlar hamda kanalardan yaxshi himoyalanishini ta’minlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini zararsizlantirish va changlardan tozalash uchun qulay bo’lishi, mexnat sarfini kamaytirish maqsadida mexanizatsiyalashtirish ishlarini olib borish katta ahamiyat kasb etadi.
4. Don uyumlarida o’z-o’zidan qizish jarayonining rivojlanish tezligi xilma-xil bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda jarayon boshlangandan bir necha kun o’tgach, ba’zida esa juda uzoq davrdan keyin 50°S harorat yuzaga kelishi bilan boshlanadi. Qizish juda ko’p sabablarga bog’liq bo’lib, ularni uch guruhga bulish mumkin: don uyumining xolati; omborlarning holati va konstruksiyasi: don uyumlarining saqlanish sharoiti va ularni ko’zatish usullari.
5. Don qanchalik nam bo’lsa, u shunchalik jadal nafas oladi. Juda ham quruq (namligi 11-12%) bug’doy donlarida nafas olish jadalligi juda kichik va amalda nolga teng bo’ladi. Aksincha, juda ham nam (namligi 14- 30% va undan yuqori), sovitilmagan va havoning oqimi bemalol kelib turadigan donlar sutkasiga 0,05-0,2% quruq modda yo’qotadi.
Saqlashda bug’doy doni massasining o’z-o’zidan saralanishi va uning don sifatiga ta’sirini o’rganish mavzusida bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida ko’p sonli ilmiy adabiyotlar bilan chuqur tanishdim va ularda keltirilgan ma’lumotlarni tahliliy o‘rganib, ishlab chiqarishga quyidagi taklifimni kiritaman.
Don sifatining asosiy ko’rsatkichlari don shakli, kattaligi, donni tekisligi, uning tiniqligi, rangi, oqsilning sifati va miqdori kabilardir. Bu holatni oldini olish uchun don massasining jipslashib qolish darajasi va turini oshiruvchi quyidagi
-omborxona devorlari yakinidagi don massasiga tushadigan katta bosim;
-sovutishda nam donlarning muzlab qolishi;
-o’z-o’zidan qizish;
-aloxida fiziologik jarayonlar va omillarni standart talablariga mosravishda saqlash maqsadga muvofiq.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish