O’zbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti


Dala ekin mahsulotlari sifatini nazorat qilish



Download 2,16 Mb.
bet5/9
Sana09.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#647686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH

2.2. Dala ekin mahsulotlari sifatini nazorat qilish.
Dala ekin mahsulotlariga texnologik, fiziologik va estetik talablar qo’yiladi. Shuning uchun uning sifati ma'lum bir ko’rsatkich bo’yicha baxolanishi unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Sifat kompleks baxolanishi lozim. Mahsulotni ishlatish maqsadiga qarab uning sifatiga qo’yiladigan talablar xam o’zgaradi. Masalan, oziq-ovqatga ishlatiladigan arpaga qo’yiladigan talab bilan yem-xashak maqsadida ishlatiladigan arpaga yoki urug’lik arpaga bo’lgan talab bir-biriga mos kelmaydi. Turli maqsadda ishlatiladigan arpaning sifat ko’rsatkichi uning ma'lum bir xossasiga miqdor jixatidan ta'siri hisoblanadi va ma'lum sharoitda sifatini belgilaydi. Sifat ko’rsatkichlari ma'lum birliklarda ifodalanadi va standartlarda yakka yoki kompleks tartibda o’z aksini topadi .
Mahsulotning namligi, iflosligi, unuvchanligi, ma'lum kimyoviy va organik
moddalarning miqdori (oqsil, kraxmal, uglevod va boshqalar), texnologik, agronomik, iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlari uning bir ko’rsatkichli sifat belgisi hisoblanadi. Mahsulotning tovar navi kompleks ko’rsatkichi xam mavjud bo’lib, bir qator xossalarni o’z ichiga oladi.
Mahsulotning sifatini iqtisodiy jixatdan baxolaydigan ko’rsatkich-integral
ko’rsatkichdir. Integral ko’rsatkich mahsulotning foydali tomonlar yig’indisini ajratish, ishlatish va iste’mol qilish uchun sarf bo’lgan xarajatlar nisbati orqali ifodalanadi. Bu esa mahsulot sifatining rentabelligini, ya'ni sarf qilingan so’ngra tushadigan foydani belgilaydi. Davlat standartlarida don mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarining majmuasini hisobga olgan xolda tovar navlarga va klasslarga ajratiladi.
Mahsulotning tovar navi (sorti) ma'lum sifat ko’rsatkich turlari bo’yicha mahsulotlarning gradatsiyasi hisoblanadi. Mahsulotlarning klassi mahsulot yoki xom ashyolarning sifat guruxidir. Masalan, dala ekin mahsulotlari texnologik ko’rsatkichlar bo’yicha guruxlarga-klasslarga bo’linadi. Mahsulotlarning saqlanuvchanligiga qarab xam guruxlarga ajratiladi, ya'ni uzoq vaqt saqlanadigan va qisqa vaqt saqlanadigan mahsulotlar bo’ladi. Dala ekin mahsulotlarining qayta ishlashga moyilligini bildiruvchi ko’rsatkichlari qayta ishlash sanoatida kam xarajatli xamda to’liq tayyor mahsulot olish bilan aniqlanadi.
Qishloq xo’jaligida nazorat ob'ekti asosan mahsulot yoki xom ashyo hisoblandi. Mahsulot sifatini belgilash uchun uni xolis baxolash lozim. Chunonchi, mahsulot sifatini baxolash uning ishlatish soxasini xam belgilaydi. Mahsulot sifatini nazorat qilish uning miqdor va sifat xosslariga ta'sir etib, bunda ma'lum turdagi o’lchash asbob-uskunalaridan va turli usullardan foydlaniladi. U ishlab chiqarish va ishlatish (ekspluatatsiya) nazorat qilinadi. Mahsulot sifatini ishlab chiqarish mobaynida nazorat qilishda mutaxassislar asosiy o’rin tutadilar. Ular mahsulotni sifatli yetishtirish, o’z vaqtida yig’ishtirib topshirishni ta'minlashlari kerak. Shu bilan birga ular, qayta ishlashni xam to’g’ri tashkil etishlari zarur.
Dala ekin mahsulotlarining sifati ularning davlatga yoki iste'molchiga topshirishda nazorat qilinadi. Bu jarayon mahsulotni qabul qilish joylarida amaldagi standart yoki sinash usullari yordamida amalga oshiriladi. Dala ekin mahsulotlarini qabul qilishda, qabul qilingan mahsulotlarning sifatini tekshirishda inspeksiya nazorati o’rnatiladi. Bunda tayyorlash manzili tomondan mahsulotlar qabul qilinishi, standartdan to’g’ri foydalanish, sinash usullarining standartga to’g’ri kelishi, mahsulotlarning saqlanishi, navlarga ajratilishi, joylashtirilishi, tekshirilishi kerak. Mahsulotning sifatini nazorat qilishda qo’llaniladigan o’lchov vositalariga qarab nazorat turlari quyidagilarga bo’linadi: o’lchash, organoleptik, qayd qilish, hisoblash, sotsiologik va ekspert nazorati.



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish