O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Siyosiy jarayon mavjudligining tartiblari



Download 425,5 Kb.
bet25/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Siyosiy jarayon mavjudligining tartiblari. Siyosiy jarayon hokimiyatni harakatda o’rganadi. SHu tufayli siyosiy jarayon mavjudligining 3 tarkibi ajratiladi: turg’unlik, rivojlanish, inqiroz tartiblari:
1) Turg’unlik tartibida shakllanib bo’lgan siyosiy munosabatlar odatdagi chegaralarda tutib turiladi. Bu tartibda siyosat sub’ektlari faoliyatida konservatizm va an’analarga sodiqlik yetakchi bo’ladi.
2) Rivojlanish tartibida jamiyat ichidagi va xalqaro munosabatlardagi o’zgarishlarga muvofiq ravishda siyosiy tizimning boshqaruv va amal qilish uslublari o’zgara boshlaydi.
3) Inqirozli tartibi – siyosiy yaxlitlikning yo’qolishi, markazda qochma kuchlarning ortib borishi, hokimiyat qabul qilayotgan qarorlarning bajarilmasligi, siyosiy hokimiyat legitimligi yo’qolib borishini anglatadi.
Siyosiy jarayon turlari: Siyosiy jarayonlarni turkumlashning bir qancha usullari mavjud:
1. Madaniyat turi. Demokratik jamiyatlar uchun madaniyatni o’zlashtirish qiyinchiliklari mavjud.
2. Siyosiy jarayonning ustuvor turi:
1) konsensuslik (kelishuvli) turi;
2) konsensusli, ammo unda muammolarni hal etish turi;
3) davlat muammolarini bayon etish va ijtimoiy guruh turi;
4) muammolarni qo’yishda passiv, lekin dolzarb masalalarni yechishda faol, shuning uchun manfaatli guruhlar qarshiligini yechishga asoslangan turi.
3. O’tish davrini boshidan kechirayotgan jamiyatlarda siyosiy tizim muvozanatini ta’minlash uslublariga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1) Texnokratik turi (qonunchilik va siyosiy an’analar doirasida).
2) Ideokratik turi (an’anaviy jihatlarga xos, umummilliy g’oya asosida birlashtirish).
3) Xarizmatik turi (SHarq madaniyatida siyosiy yetakchi roliga yuqori baho beriladi).
Umuman, siyosiy jarayonlarning ko’rsatib o’tilgan bu turlari sof holda uchramaydi, ular bir-birini to’ldirib keladi.
Siyosiy jarayonlarni qabul qilish jarayoni. Siyosiy qaror – hokimiyat amal qilishi bilan bog’liq vazifalar, bosqichlar, vositalarni belgilovchi jarayon. Siyosiy hokimiyatning xususiyati shundaki, unda siyosiy talab aniq ifodalanmagan bo’lsa va shu talabni ifodalayotgan sub’ektlar doimiy tazyiqi sezilmasa, tizim bunday talab va ehtiyojlar jamiyat hayoti uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lsa ham javob bermaydi. SHuning uchun turli darajadagi siyosiy jarayonlar ishtirokchilarining bosh vazifasi – o’z manfaatlari va talablarini davlat hokimiyati institutlari qilayotgan boshqaruvga doir qarorlar kiritishdan iborat. Siyosiy qarorlar siyosiy hokmiyatni ijtimoiy jarayonlarni boshqarishga aylantirish texnologiyasidir. Siyosiy qarorlarni qabul etishning 3 bosqichi ko’rsatiladi.
1) Tayyorgarlik bosqichi (xalq ommasi faol ishtirok etadi).
2) qarorlarni qabul qilish bosqichi (davlat, uning organlari, partiya).
3) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bosqichi.
Ikkinchi bosqichdagi siyosiy qarorlarni qabul qilishning bir necha usullari mavjud:
1) Kompromiss – o’zaro yonbosishlar natijasida erishilgan bitim.
2) Konsensus (kelishuv) – qaror ovoz berish yo’li bilan emas, kelishuv yo’li orqali qabul qilinadi.
3) Ustunlik – siyosatda biror siyosiy kuch yoki davlatning boshqa siyosiy kuch yoki davlatlarga nisbatan boshqa mavqeini egallashi.
Uchinchi bosqichda hokmiyat qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etadi. Bu qarorlar siyosatning barcha sub’ektlarini qoniqtirmaydi, lekin ularning amal qila boshlashini ta’minlash zarur.
Siyosiy ishtirok – ijtimoiy-siyosiy jamoa a’zolarining ichki siyosiy munosabatlar va hokimiyat tarkibiga jalb etilganligi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish