O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

12.3. Gidravlik yuritma 
Hozirgi vaqtda foydali ish koeffisientining yuqoriligi, tezlikni 
pog’onasiz rostlash imkoniyatining kengligi, istalgan ish rejimida 
chidamli ishlay olishi, boshqarishning oddiyligi, ish organlarini istalgan 
vaziyatga qo’yish mumkinligi, ixchamligi, katta quvvatlarni uzata olishi 
kabi qator afzalliklari tufayli gidravlik yuritmalar yuk ko’tarish 
mashinalari va qurilmalarida ko’plab ishlatilmoqda.
So’nggi paytda ko’pgina kranlarda ko’tarish-tushirish, harakatga 
keltirish, ilgak qulochini o’zgartirish, burishda gidravlik yuritmalar 
ishlatilmokda. 
1
,
ДВ
н
н
фак
УД
N
N
УД



163 
 
12.5-rasm. Gidravlik yuritmaning printsipial sxemasi. 
Gidravlik yuritmada elektr dvigatel yoki ichki yonuv dvigateli 
harakatlantiradigan nasosda 
mexanik energiya suyuqlik oqimi 
energiyasiga – gidravlik bosimga aylanadi, so’ngra suyuqlik kuch 
tsilindriga yoki gidromotorga keladi, bunda suyuqlik oqimi energiyasi 
mexanik energiyaga aylanadi. Gidravlik yuritmalarning printsipial 
sxemasi 12.5-rasmda tasvirlangan. Ish suyuqligi bak 3 dan dvigatel 1 
harakatlantiradigan nasos 2 vositasida taqsimlagich 5 ga keladi. Bunda 
taqsimlagich gidrotsilindr 6 shtokini surishga, shtokni qaytarishga yoki 
uni ma’lum vaziyatda to’xtatishga imkon beradi. Klapan sistemani o’ta 
nagruzkalardan saqlaydi. 
Ish organi tezligini hajmiy va drosselli rostlab, pog’onasiz 
o’zgartiriladi. Hajmiy rostlashda ish unumdorligi o’zgaruvchan nasos 
qo’llaniladi, bunda nasos harakati tekis o’zgartirilsa, gidromotor 
valining aylanish tezligi yoki gidrotsilindr shtokiniig harakati tekis 
o’zgaradi. Bunday rostlash usuli rostlashning keng diapazonida eng 
katta foydali ish koeffisientini ta’minlaydi. Drosselli rostlashda nasos 
uzatayotgan suyuqlik ikki oqimga bo’linadi: birinchisi gidromotor 
(gidrotsilindr) ga keladi, ikkinchisi bakka qaytadi. Rostlashnnng bunday 
usuli tejamsiz, chunki nasos doimo to’la nagruzkada ishlaydi, bu usul 
faqat quvvatli gidroyuritmalarda qo’llaniladi. 
Gidravlik yuritmaning asosiy organi nasos hisoblanadi, u 
shesternyali, parrakli, aksial yoki radial-plunjerli bo’lishi mumkin. 
Shesternyali nasos eng ko’p tarqalgan. Uning konstruktsiyasi 
oddiy, ishonchli ishlaydi va gidromotor rejimida foydalanishga yaraydi. 
Shesternyali nasoslar ish unumdorligi o’zgarmas (400 l/min gacha) va 


164 
suyuqlik bosimi 15 MPa gacha qilib ishlab chiqariladi. Shesternyali 
nasos (12.6 rasm) bir-biri bilan tishlashadigan ikkita shesternya 1 va 3, 
bu shesternyalar joylashgan korpus 2 dan tuzilgan. Harakat yetakchi 
valga shponka bilan mahkamlangan shesternya 1 orqali yetaklanuvchn 
shesternya 2 ga uzatiladi. Shesternya 1 va 3 tashqi tomondan 
tishlashgani uchun nasosning o’zi ham tashqi tishlashmali shesternyali 
nasos deyiladi. 
So’ruvchi gidrotrubalar shesternyalarga tishlar ajraladigan 
tomondan, bosimli gidrotrubalar esa tishlar tishlashga kiradigan 
tomondan keltirilgan. Tishlarning kallaklari tishlashib, tishlar orasidagi 
botiqlardan moyni siqib chiqaradi, natijada gidrosistemaning bosim 
gidrotrubasida bosim vujudga keladi. So’ruvchi gidrotrubadan 
kelayotgan suyuqlik tishlar botiqlari bilan nasos korpusi devori orasidagi 
bo’shliqlardagi bosim gidrotrubasiga o’tadi. Suyuqlikning shesternyali 
nasosdagi harakati (12.6-rasm) strelkalar bilan ko’rsatilgan. Shesternyali 
nasoslar 
ko’prikli 
kranlarda, 
ko’tarish 
va 
harakatlantirish 
mexanizmlarida ishlatilmoqda. 
Shesternyali nasoslarning FIK boshqa tipdagi nasoslarnikiga 
qaraganda ancha past (kupi bilan 0,7...0,75) va yuqori bosimlarda 
ishlatilganda uzoqqa chidamaydi. Yon tomonlaridagi tirqishlarni 
kamaytirish uchun yuqori bosimli nasoslarda maxsus vtulkalarni 
shesternyalarning yon sirtlariga avtomatik ravishda siqib-siqib quyish 
ko’zda tutiladi. Bunda suyuqlikning ish bosimidan foydalaniladi. Radial
tirqishlarni kamaytirish uchun esa shesternyalar bilan nasos korpusi 
orasidagi zazorni iloji boricha kichraytirish kerak. Konstruktsiyaning 
oddiyligi va arzonligi shesternyali nasoslarning afzalligidir, shuning 
uchun ulardan FIK ning qiymati unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan 
kran gidravlik uzatmalarida foydalanish tavsiya etiladi.
Stator ichida joylashgan parrakli nasos rotori radial o’yiqlarida 
qo’zg’aluvchi 10 – 12 ta parraklar 1 bor. Parraklar minimal masofada 
yotgan nuqtadan o’tmayotganida rotor bilan stator orasidagi 
bo’shliqning hajmi ortadi, natijala bu bo’shliq so’rish kanali A – V 
orqali keluvchi ish suyuqligi bilan to’ladi. Parraklar rotor bilan stator 
orasidagi maksimal masofada yotgan nuqtadan o’tganda parraklar 
orasidagi bo’shliq kichiklasha boshlaydi va ish suyuqligi, haydash 
bo’shlig’iga siqiladi hamda B – G haydash kanaliga o’tadi. Bunday 
nasoslarning ish unumdorligi 200l/min, aylanishlar chastotasi minutiga 
1200 – 1800 da quvvati 15 – 85 kVt bo’ladi. 


165 
Aksial-porshenli nasos 12.6-rasmda ko’rsatilgan. Nasosning diski 
8 payvandlangan harakatlantirish vali 1 tsilindrlar bloki 5 ga nisbatan 
ma’lum burchak ostida joylashgan. Sharnirlar 2 va 7 disk 8 ga 
mahkamlangan. Val aylanganda disk 8 nasoslar 6 orqali tsilindrlar 
blokini aylantiradi, porshenlar esa ilgarilanma-qaytma harakat qiladi, 
natijada kanal 3 dan ish suyuqligi so’riladi, taqsimlash diski 4 uni 
boshqa kanalga haydaydi. Bunday nasoslarning ish unumdorligi 1000 
l/min, aylanishlar soni minutiga 3000 bo’lganda 25,0...30,0 MPa 
bosimni ta’minlab turadi. Ular ixcham, yuqori bosimlarda FIK yuqori; 
inertsiyasi nisbatan kichik bo’ladi. 

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish