O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

7.7-rasm. Cho’michli elevatorlar. 
a) lentaga kovsh o’rnatilgan elevator; b) zanjirga cho’mich o’rnatilgan 
elevator; v) birlashtirilgan kovshli elevator; g) qiya joylashtirilgan 
elevator; d) donali yuklar uchun kajavali elevator. 
1-etaklovchi baraban, 2-birlashtirilgan lenta, 3-cho’mich, 4-yulduzcha. 
Cho’michli elevatorlar konstruktsiyasining joylanish holatiga ko’ra 
vertikal (7.7 – rasm) va qiya konveyerlarga bo’linadi.
Cho’michli elevator (7.7–rasm) yuritma, harakatlantiruvchi 
baraban 1, yulduzcha 4, ustki qopqoq, tushuriluvchi organ, tortuvchi ish 


98 
organi, cho’mich 3, korpus 7 va taranglovchi 8 hamda yuklovchi 9 
moslamalardan tashkil topadi. Cho’mich materialga botirib to’ldiriladi 
yoki yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to’ldiriladi. 
Tortish organi 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va cho’michlar 
yirik joylashgan hollardagina cho’michni shunday to’ldirish mumkin. 
Cho’michdan yukni to’kish uchun u to’ntariladi (gravitatsion to’kish) va 
yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to’kiladi. Markazdan qochma 
kuch yordamida to’kishda cho’michlari bir-biridan uzoqroq joylashgan 
va tortish organi 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan 
foydalaniladi. 
Bu elevatorlarning afzalligiga ko’ndalang kesimining kichikligi, 
yukni ancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi kiradi. 
Kamchiligiga esa yukni bir xil uzatib turish kerakligi
yuklanishning o’zgartirib turishi kiradi. Cho’michning konstruktsiyasi 
(turi) tashilayotgan yukning tarkibiga va yuklash hamda bo’shatish turi 
bo’yicha aniqlanadi. Elevatorlarda asosan 3 xil cho’mich o’rnatiladi: 
chuqur, sayoz va yo’naltiruvchi. 
Chuqur 
cho’michlar asosan quruq, oson bo’shaydigan, 
changsimon, donali va mayda donali sochiluvchan materiallarni (don, 
qum, mayda ko’mir) tashish uchun, sayoz cho’michlar nam, yomon 
bo’shaydigan, changsimon, donali va mayda donali sochiluvchan 
materiallarni tashish uchun, yo’naltiruvchi bortli cho’mich sekin 
yuruvchi tasmali va zanjirli elevatorlarda yaxshi bo’shaluvchi quruq 
mayda donali materiallarni tashish uchun ishlatiladi. 
Tortuvchi organ. Cho’michli elevatorlarda tortuvchi organ sifatida 
tasma yoki zanjir ishlatiladi. 
Tasma. 
Rezinalangan 
tasma 
ishlatiladi, 
xuddi 
tasmali 
konveyerlardagidek ularning eni kichik (300 mm), bo’ladi. Cho’mich 
tasmaga maxsus kallakli bolt bilan qotiriladi, chunki tasma aylanib 
barabanga borganda bolt xalaqit bermasligi kerak, shuning uchun 
cho’michning orqa devori oz yeyiladi. Tasmaning eni cho’michning 
enidan 25-150 mm ortiq qilib olinadi. 
Zanjirlar bir plastinkali, vtulkali, vtulka-rolikli, vtulka-katokli va 
payvandlangan bo’ladi (diametri 16-28 mm) li po’lat simdan 
tayyorlanib, payvandlanadi. Cho’mich zanjirga burchakli yoki fasonli 
zvenolar yordamida bolt yoki parchin mixlar bilan qotiriladi. Zanjirlar 
asosan ish unumdorligi katta elevatorlarda, ko’tarish balandligi katta, 
og’ir donali shuningdek, issiq yuklarni tashishda, ya’ni rezinalangan 
tasmada tashish mumkin bo’lmagan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. 


99 
Yuritma elektrodvigateli, uzatish mexanizmi, baraban yoki 
yulduzcha, shuningdek, yukli tasma yoki zanjir, o’z-o’zidan orqaga 
harakatlanmasligi uchun to’xtatuvchi qurilmalar bilan ta’min-lanadi. 
To’xtatuvchi qurilma sifatida xropovikli yoki yulduzcha valiga yoxud 
elastik muftaga o’rnatiladi. 
Taranglovchi qurilma. Cho’michli elevatorlarda vintli yoki yukli 
taranglovchi qurilma ishlatiladi. Ular asosan tortuvchi organ turiga, 
yuritmaga va elevatorning balandligiga qarab tanlanadi. Taranglovchi 
qurilma yetaklovchi baraban yoki yulduzcha valiga joylashtirilib
elevator boshmog’ining chetki devorlariga qotiriladi. Taranglash 
masofasi 200…500 mm ni tashkil qiladi.

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish