O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

3.4. Ko’p cho’michli yuklagichlar 
Ko’p 
cho’michli yuklagichlarning ish unumdorligi bir 
cho’michlilarga nisbatan 40 – 60 % ko’p. Ularni ortish-tashish kerak 
bo’lgan sochiluvchan materiallar hajmi ko’p g’isht zavodlarida va 
qurilish detallari zavodlarida qo’llash maqsadga muvofiq. Bundan 
tashqari, uzluksiz ishlaydigan yuklagichlar sochiluvchan materiallarni 
fraktsiyalarga ajratishda ham keng ishlatiladi. Uning uchun maxsus 
titrovchi g’alvirlar o’rnatiladi. 
 
3.4-rasm. Ko’p cho’michli yuklagich. 
1-rama, 2-lentali konveyer, 3-elevator, 4-disk. 
Ko’p cho’michli yuklagichning umumiy ko’rinishi 3.4-rasmda 
ko’rsatilgan. Uning ishchi organi spirali o’ng va chapga yo’nalgan ikki 
shnekli ta’minlagichdan iborat. SHneklar cho’michli elevatorning ikki 
tomonida joylashgan. Ta’minlagich aylanganda materialga botib kirib, 
uni cho’mich tomon surib beradi. SHnekli ta’minlagichni ostiga kurak 
o’rnatilgan. Odatda material elevatordan lentali konveyerga tashlab 
beriladi, ular esa transport vositalari yoki taxlash joylariga yetkazib 
beradi. O’ziyurar ramaning oldiga o’rnatilgan cho’michli elevator 
yordamida sochiluvchan yuklarni botirib olib, qisqa masofaga tashish 
yoki transport vositalariga yuklash uchun ko’p cho’michli yuklagichlar 
ishlatiladi. CHo’michning yukka oson botirilishi va elevatorning kerakli 


32 
mustahkamligi ta’minlansa, ular yordamida donali va o’lchamlari 70 
mm gacha bo’lgan kichik donali-toshli yuklarni tashish yoki biror 
transport vositasiga ortishda ishlatish mumkin.
Ko’p cho’michli yuklagichlarda botiruvchi organ – elevatorning 
cho’michlari hisoblanadi, u strela oldida aylanadigan trubaga yoki 
g’ildirakka o’rnatiladi. Keyingisi rotorli yuklagichlar deyiladi. Ko’p 
cho’michli va rotorli yuklagichlar yordamida sochiluvchan yuklar 
to’g’ridan-to’g’ri transport vositalariga ortiladi yoki konveyerga 
bo’shatiladi. Sochiluvchan yuklarni ortishda kurakchali yuklagichlar 
ishlatiladi. Ularning ish organi kurakchali qisqa konveyerdan tashkil 
topgan. U sochiluvchan yuklarni kurakchalar bilan lentali konveyerga 
to’plab, yuk avtomobiliga bo’shatadi. 
Qurilish va boshqa ishlarda ko’p cho’michli yuklagichlardan 
tashqari rotorli yuklagichlar ham keng qo’llaniladi. 
Ko’p cho’michli yuklagichlarning texnik ish unumdorligi shnekli 
ta’minlagichlarning va cho’michli elevatorlarning ish unumdorligiga 
bog’liq, bu ish unumdorliklari uzluksiz ishlaydigan mashinalarnikidek 
aniqlanadi. 
SHnekli ta’minlagichning ish unumdorligi: 
2
60
,
4
Т
D
П
t n



  
m
3
/soat, 
(3.7)
bu yerda: D – shnekning diametri, m; 
t
– vint qadami, m; 
n
– aylanishlar 
takrorligi, ayl/min; 
φ
– to’ldirish koeffisienti (
φ=
0,6 . . . 0,9); 
CHo’michli elevatorning ish unumdorligi:
1
3600
,
Т
q
П
t
 



m
3
/soat,
(3.8)
bu yerda: 
q
– elevator cho’michining sig’imi, l; 
υ
– cho’michli 
zanjirning tezligi, m/s; 
t
– cho’michlarning joylashish qadami, m; 
φ
1
– 
cho’michlarni to’ldirish koeffisienti (
φ
1
= 0,7...1,1). 

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish