O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi kurs ishi mavzu: Òsimlik va xayvonot dunyosi



Download 321,57 Kb.
bet8/14
Sana23.04.2022
Hajmi321,57 Kb.
#575895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
ÒSIMLIK VA XAYVONOT DUNYOSI

Tog` cho`l mintaqasi-(300-500m) tog` etaklaridagi adirlarni, yoyilma konuslarni va daryo terrasalarini ishg`ol etgan.
Bu mintaqaning o`simliklari, tog` oldi bo`z tuproqli dashtlarning o`simligi singari asosan efemerlardan iborat bahorda hammadan ilgari ko`karadigan qorabosh va qo`ng`irbosh orasida chuchmoma, lola, gulsafsar va boshqa piyoz ildizlilar rang-barang bo`lib gullab yotadi. Eng so`ng ayiqtovon, lolaqizg`aldoq, turli astragallar gullaydi. Bu paytda o`simlik nihoyatda zich o`sadi, har bir kv.m. ga taxminan bir necha ming tupdan (masalan, qorabosh 2340 tupdan) to`g`ri keladi. Cho`l mintaqasining daryo o`zanlari qalin to`qaylar, terakzor, jiydazor va yulg`unzorlar bilan qoplangan. Bu mintaqa bahorgi va yozgi yaylovlar hisoblanadi. Obikor yerlarda paxtachilik va bog`dorchilik rivojlangan.
Tog` chala cho`l –(500-1500m) mintaqasida yog`in cho`ldagidan bir oz ko`proq yog`adi, shuning uchun unda o`simlik zichroq o`sadi, lekin yer yuzasini sidirg`asiga qoplay olmaydi. Bu mintaqaning asosiy o`simliklari Kopetdog`da, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`larida, Tojikistonning janubi-g`arbidagi Darvoz, Safedkuh, Hazratishox, Mozor, Ko`hitang, Alp tog` tizmalarida, Farg`ona vodiysi atrofidagi tog`larda, Qirg`iziston va Talas tizmalarida, Toshkent va Chimkent yaqinidagi tizmalarda o`sadigan chala cho`l tipidagi turli o`tlar va bug`doyiqdan iborat. Mintaqada efemerlar ham oz emas, biroq shuvoq uchramaydi. Uning o`rniga boshoqli dag`al o`simlik-bug`doyiq o`sadi. Bug`doyiqning ildiz tanachalari bo`lib, bo`yi 40-50 sm, ildizi yo`g`ondir. Boshoqlilardan taktak (yovvoyi arpa) ham uchraydi: uning bo`yi bir metrga yetadi. Bu mintaqada yarongul, tuberoza, liman sorgosi, jasmin, cho`l yalpizlari ham o`sadi.
Tog` quruq dashtlar mintaqasi (1200-1500m dan 2200-3000 m gacha) Kopetdog`dan Torbo`g`atoy tog`lari qadar bo`lgan barcha tog`larda uchraydi. Boshoqlilar ko`p o`sadigan bu mintaqani chalov betaga dashtlari deyish mumkin. Chalov betaga orasida chalovning boshqa turlari, tikanli bodom, na`matak kabi butalar uchraydi. Toshloq yerlarda esa shuvoq oralarida ebalak va izen o`sadi. Tog` chala cho`l va tog` quruq dashtlar mintaqasining janubida Kopetdog`dan to Issiqko`lning g`arbiga qadar bo`lgan yerlarda yovvoyi pistazor va bodomzorlar bor. Farg`onada, janubiy Tojikistonda va ayniqsa Kushka atrofida pistazorlar ko`p. Kushka va Eron bilan Afg`onistonning Kushka yaqinidagi yerlari pistaning haqiqiy makonidir. Tog` quruq dasht mintaqasida yovvoyi anor va boshqa mavali o`simliklar ham bor. Bu mintaqada lalmikor yerlarida g`alla, paxta va beda ekiladi, tok va mevali bog`largina sug`oriladi.
O`rmon o`tlari dasht mintaqasi ancha balandda va yog`in eng ko`p yog`adigan zonadir, shuning uchun bu mintaqaning iqlimi nam va salqin. Tog`larning shimoliy yon bag`irlari mezofit o`tloqlar bilan, janubiy quruq yon bag`irlari va yassi suv ayirg`ichlar esa ko`pincha kserofit dasht o`simliklari bilan qoplangan. Chuqur vodiylarda kotlovinalarda va zaxkash yonbag`irlarida turli tip butazorlar va bargli o`rmonlar o`sib yotadi. Bu mintaqaning bir-biriga ulanib ketgan uloqlaridagi barra o`tlar barq urib o`sadi. O`tloqlar ikkiga shimoliy va janubiy tipga bo`linadi. Birinchi tip o`tloqlar Jung`oriya Olatovidan to Talas Olatovigacha bo`lgan tog`larni, Farg`ona va Oloy tizmalarini, ikkinchi tip o`tloqlar esa O`rta Osiyo tog`li o`lkasining g`arbidagi va janubidagi tog`larni o`z ichiga oladi. Shimoliy tipdagi o`tloq o`simliklari murakkab gullilardan bo`lib, bo`yi 1m ga yetadigan sassiqquvray va baland bo`yga ega bo`lgan shirach-eremusdan iborat.
Ikkinchi tip ya`ni janubiy tip o`tloqlarga xos o`simlik chayirdir, u soyabongullilardan bo`lib, bo`yi 1m ga yetadi. Chayirlar orasida ko`rkam shirach, labgullilar va boshqa soyabongullilar ham o`sadi. O`rmon o`tloq dasht mintaqasining quyi yarusida astragal, kovrak va boshqa o`tlar yer yuzasining yoppasiga qoplab olgan. Tog`larda 2200 m gacha bo`lgan joylarda asosan yong`oq va zarang, archa, nama`tak, uchqat kabi daraxt va butalar o`sadi. O`rta Osiyo tog`lariga xos bo`lgan archa daraxti toshloq yon bag`irlarida 3000 m gacha balandlikda o`sadi. Bular orasida olmazorlar ko`p. Chetan, oq qayin, tog`terak, zarang, qayrag`och, o`rik kabi daraxtlar o`sadi.
Sub`alp tipidagi o`tloqlar mintaqasi o`rmon-o`tloq-dasht mintaqasidan yuqorida joylashgan va tog`larning geografik o`rni, yo`nalishi va namligiga qarab Orqaili Olatovida 1500-1600 m dan, qurg`oqchil Farg`ona tizmasida 2500-2700 m dan va Oloy vodiysida 3100-3200 m dan boshlanadi. Bu mintaqada o`tloqlar bilan bir qatorda yel`-pixta o`rmonlari, archazorlar, tog` dashtlari va qoyalar o`sadigan qo`ng`irbosh, sovuqqa chidamli yaron gul, oq animon va pushti qo`qongul o`tlaridir. Quyi poyas o`simliklaridan qizilquloq, sassiquvray, janubiy tog`li o`lkalarda esa chayir o`sadi. Sub`alp tipidagi o`tloqlar mintaqasida yel-pixta daraxtlaridan iborat igna bargli o`rmon, asosan Tayanshan sharqidagi tog` tizmalarida shuningdek, tog`larning soya salqin shimoliy yon bag`irlarida hamda vodiylardan ko`tarilib turgan tik yon beg`irlarda va tog` daralaridadir.
Alp tipidagi mintaqa sub`alp tipidagi mintaqadan yuqorida bo`lgan tog` tepalarini ishg`ol etadi va ba`zan doimiy qor chegarasidan ham yuqoriga chiqib boradi. Alp tipidagi o`tloq o`tlarining bo`yi subalp tipidagi o`tloqlarnikidan past bo`ladi, barglari esa ko`pincha yer bag`riga yopishib turadi. Namgarchilik ko`p yerlarda qiyoqning bir turi to`ng`izsirt o`sib yotadi. Alp tipida kichik-kichik zaxkash maysazorlarda son-sanoqsiz oq va ola-bula yulduzo`t, sariq ayiqtovon, erbaho, qo`qongul, sarg`ish yovvoyi ko`knor barq urib o`sadi. Alp tipidagi mintaqada o`tlardan tashqari, yostiqsimon chala butalar, chunonchi qizil tikan, toshyorargul va boshqalar uchraydi. Bu mintaqaning eng baland joylarda qor, muz va qoyalar o`lkasida kuchli sovuq va shamollardan toshlar orasida biqinib astragal, skerda, ostrolodochnik va boshqalar ham o`sadi. Alp tipidagi o`tloqlardan yozgi yaylov sifatida 3-4 oy foydalaniladi.
O`rta Osiyo hayvonlarga boy o`lka: bu yerda hayvon turlari ko`p, ular tekislik va tog`larda yashaydi. O`rta Osiyo hayvonlari asosan, dasht, cho`l va chalacho`l sharoitiga moslashgan bo`lib quruq va issiq yozga, sovuq qishga bardosh bera oladi, ular suvi kam o`simligi oz, qumli, gilli va toshli cho`llarda ham yashaydi. Shu sababli tez harakat qilishga, uzoq muddatli suvsiz yurishga odatlangan. Tog` hayvonlari maxsus zoogeografik oblastni tashkil etib, vertikal mintaqalarda yashaydi. O`rta Osiyoda uning o`ziga xos endemik hayvon turlari bilan bir qatorda atrofidagi qo`shni o`lkalardan Eron hamda O`rta dengiz bo`yi mamlakatlaridan va Markaziy Osiyodan kirib kelgan hayvonlarning vakillari ham bor.

Download 321,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish