Yaylov mintaqasi.Yaylov mintaqasi 2700—2800 m dan balandda joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi.Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o‘sadi.Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiðchoq, binafshalaro‘sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan —sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan. O‘zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog‘orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho‘rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruqbalig‘i noyob tur bo‘lib, «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Mamlakatimizning janubi-sharqida, Amudaryo sohilida noyob to‘qay qo‘riqxonalari mavjud. Baday-To‘qay qo‘riqxonasi shular jumlasidandir. Ushbu hudud 70-yillarda Amudaryo sohilidagi to‘qay o‘rmonlarini muhofaza qilish va Buxoro bug‘ularining yashash joylarini tiklash uchun yaratilgan edi.
Baday-To‘qay qo‘riqxonasining maydoni 6462 gektarni tashkil etadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosi
Qo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va dasht yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.
Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.
Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.
Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.
Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.
Xulosa
O`rta dengiz bo`yidagi mamlakatlar Kavkaz, Eron, Sibir, hatto Shimoliy Afrika uchun xos bo`lgan endemik o`simlik va hayvon turlari ham oz emas. O`rta Osiyoda hammasi bo`lib 9000 ga yaqin o`simlik turi bor. Ammo bu o`simliklar hududning hamma yerida barobar o`savermaydi. O`rta Osiyoning ko`p qismi cho`l va chalacho`l bo`lsada, lekin barcha o`simlikning 10%gina bu zonada o`sadi, qolgan 90% tog` o`simliklaridir. Demak asosiy landshaft tiplariga qarab O`rta Osiyoni 3 ta geografik o`lkaga-chalacho`l, cho`l va tog`lar.
Chalacho`l dasht bilan cho`l o`rtasidagi oraliq zona bo`lganidan uning o`simliklari dasht va cho`l tipidagi o`simliklardir. Chalacho`l shuvoqli o`tlar o`sadigan dashtlarda bo`lsada, lekin uning shimolida boshoqli o`simliklar ko`pdir. Boshoqli o`simliklar janubga tomon tobora kamayib, shuvoq o`tlar ko`paya boradi, sho`ra ham ancha ko`p uchray boshlaydi. Chalacho`lning shimolida betaga, qiltanoq, chalov kabi boshoqli o`simliklar va turli o`tlar o`sadi. Betaga shu qadar ko`pki, bu yerni betaga shuvoqzor chalacho`l deyish ham mumkin.
Bahorda chalacho`lda yog`in ko`p bo`lganidan bir yillik efemerlar, ko`p yillik efemeroidlar barq urib o`sadi, lekin quruq va vegetatsiya davri tugaydi. Lola, chuchmoma, gulsafsar, ayiqtovon, ravoch, tangabarg va boshqalar ana shu efemer va efemeroid o`simlikladandir. Bir yillik efemerlar bir poyali pakana o`simlik bo`lib, yam-yashil barglari va poyalari yoz boshida tez so`lb qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Alibekov L. A. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Samarqand, 2006.
Babushkin L.N. Klimatografiya Sredney Azii. Tashkent, 1981
Babushkin L.N.,Kogay N.A.Fizicheskaya geografiya Sredney Azii. Tashkent., 1978
Qoriyev M. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi, Toshkent. 1968
G`ulomov P.N. Geografiya va tabiatdan foydalanish “O`qituvchi” T., 1985.
Hasanov I. A.,P.N.G`ulomov O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |