15.2-rasm. Аnodlar (a) va ular shakllarining (b) elektrodlarning sochilish xususiyatiga taʼsiri.
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr
1. Yoʼldoshev Sh. U. «Mashinalar ishonchligi va ularni taʼmirlash asoslari» T. Oʼzbyoki ston 1994 y.
2. Аxmadjonov X. M., Nabiev Q.Q.,Fayziev P.R. «Texnologik mashina va jihozlar» yoʼnalish talabalariga «Mashina texnik diagnostikasi va ishlatish» fanidan kurs loyixasini bajarish uchun uslubiy qoʼllanma. FarPI 2003 y.
АMALIY MASHGʼULOT №16
(2-soat)
Mаvzu: Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yoʼli
bilan taʼmirlashni oʼrganish
Elektr yoyi vositasida payvandlash gaz alangasida payvandlash kabi, eritib payvandlashga kiradi.Bunda elektrod bilan detal orʻtasida hosil boʼlgan elektr yoyi taʼsirida detalning metali suyuqlanib, payvandlash amalga oshiriladi.
Elektr payvandchi elektrodni detalga tegizishi bilan elektr yoyi yonganda elektrod uchi bilan detal yuzasi orasida nozik kontakt hosil boʼladi, natijada elektrod uchining detal yuzasiga tegib turgan nuqtasi yuqori temperaturagacha qizib ketadi. Payvandchi elektrodning detaldan ajratgan paytda detal bilan elektrod orasidagi havoli muhit tok oʼtkazuvchi boʼlib qoladi, chunki bu oraliq metall bugʼi va gazlarning ionlashgan zarrachalari bilan toʼyingan boʼladi. Shu sababli, elektrod bilan detal orasidan elektr toki uzluksiz oʼtaveradi va elektr yoyining yonishi uzluksiz davom etadi. Elektr yoyi zaryadi haddan tashqari yorugʼ nurlanishi va yuqori temperaturaga (6000-70000S) ega boʼlishi bilan ajralib turadi.
Elektr yoyidan payvandlashda foydalanish rus kashfiyotchisi N.N. Benardos tomonidan 1882 yilda kashf etilgan va amalda qoʼllanilgan. Payvandlash jarayoni uchun N.N. Benardos tomonidan taklif qilingan sxema 9.1-rasmda koʼrsatilgan. Elektr yoyi elektrodni payvandlanadigan detalga qisqa muddatli tegizish va uni tezda ajratib olish natijasida hosil boʼladi. Koʼmir elektrod 1 va detal 4 orasida elektr yoyi hosil boʼlgandan soʼng payvandlash simi kiritiladi.
16.1-rasm. N. N. Benardos usulida
payvandlash sxemasi:
1-koʼmir elektrod;
2-elektrod tutqich;
3-payvandlash generatori;
4-payvandlanadigan detalь;
5-payvandlash simi.
|
16.2-rasm. N. G. Slavyanov usulida
payvandlash sxemasi:
1-metall elektrod;
2-elektrod tutqich;
3-payvandlash generatori;
4-payvandlanadigan detal
|
N.N.Benardos sxemasi boʼyicha payvandlash usuli koʼmir elektrod bilan elektr yoyi vositasida payvandlash deyiladi.
Hozirgi vaqtda detallarni payvandlashda 1888 yilda injener N.G.Slavyanov tomonidan taklif qilingan usul keng qoʼllaniladi. Ushbu sxema Benardos sxemasidan metall elektrodning qoʼllanilishi bilan farq qiladi. Bunda elektrod bir paytning oʼzida payvandlash simi boʼlib ham xizmat qiladi (2-rasm).
16.3-rasm. Payvandlashdagi elektr yoyining tuzilish sxemasi:
1-katod dogʼi; 2-katodsohasi; 3-yoy usuli; 4-anod sohasi; 5-anod dogʼi.
Bu usulda ham elektro yoyi elektrodni payvandlanadigan detalga qisqa muddatli tegizish va ularni bir-birlaridan tezda 3-4 mm masofaga ajratish natijasida hosil qilinadi. Bunda elektrod va payvandlanadigan detal orasida uzluksiz elektr yoyi taʼminlanadi.
3-rasmda paydlashdagi elektr yoyini tuzilish sxemasi keltirilgan. Katod dogʼi erkin elektronlarning nurlanish manbai hisoblanadi. Katod elektrod materialining qaynash temperaturasiga ( temir uchun 35000S) yaqin boʼladi. Katod dogʼida umumiy issiqlikning 36% qismi ajralib chiqadi.
Yoyning gaz ustuni elektrod va detal orasidagi xajmning kattagina qismini tashkil qiladi, unda elektron va ionlarning koʼchishi sodir boʼladi, temperaturasi esa 6000...70000S ga yetadi. Yoy ustunida umumiy issiqlikning 21% iga yaqini ajralib chiqadi. Аnod dogʼi payvandlanadigan detallar erkin elektronlarning anod yuzasiga kirish va neytrallanish joyi xisoblanadi. Аnod dogʼining temperaturasi taxminan 40000 S atrofida boʼladi. Elektronlar oqimining anodga urilishi payvandlashda anodda katodga qaraganda koʼp issiqlik ajralib chiqishga sabab boʼladi (taxminan yoy umumiy issiqligining 43% ini tashkil qiladi. Issiqlikning katod (36%ga yaqin) va anod (43% ga yaqin) dogʼlarida turlicha taqsimlanishi detallarni oʼzgarmas tok bilan payvandlash amaliyotida qoʼllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |