15.1-rasm. Elektroliz jarayoni sxemasi:
1-oʼzgarmas tok manbai; 2-elektrolit; 3-katod; 4-anod
Xromlashda katod vazifasini detal, anod vazifasini esa elektrod bajaradi. Аnodlar eriydigan (temir, mis va boshqalar) va erimaydigan (qoʼrgʼoshin, koʼmir, platina va boshqalar) xillarga boʼlinadi.
Miqdor jihatdan, elektroliz jarayoni Faradey qonuniga boʼysunadi, yaʼni.
G=cit, (15.1)
bunda G-taʼmirlanadigan detal sirtiga qoplanadigan metall miqdori, g; s-elektroximiyaviy ekvivalent, g/А•soat; i-tok kuchi, А; t-elektroliz davomiyligi, soat.
Аmaliy hisoblarda, qoplanadigan metall miqdorini aniqlash uchun vodorod ajralib chiqishi va boshqa jarayonlarga sarf boʼladigan energiya miqdorini hisobga oluvchi toʼgʼrilash koeffitsienti (a) kiritiladi, u holda
Gf=Ga=acit (15.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |